Koinot, Quyosh va Yer necha yoshda? (Infografika)

Koinot, Quyosh va Yer necha yoshda? (Infografika)

koinot quyosh va yer necha yoshda infografika 660ef31cb6e46Koinot, Quyosh va Yer necha yoshda?
(Infografika)

Koinot o’zidagi milliardlab galaktikalar, yulduzlar va sayyorlar bilan to’xtovsiz kengaymoqda. Biz bilgan bizga ma’lum fizika qononlari asosida o’rganilga Koinotning yoshi taxminan 13,7 milliard yil deb baholanadi. Taxminlarga ko’ra, shuncha yil muqaddam, Ulkan Portlash natijasida hozirgi Koinot paydi bo’lgan. Zamonaviy fizika shunday hisoblaydi harholda. Koinot yangi yulduzlar va galaktikalaring hosil bo’lishi uchun sarflanadigan gaz modda tugab bitmaguncha, ya’ni, yana taxminan 100 trillion (yuz trillion!!!) yil mavjud bo’ladi va termodinamika qonunlariga muvofiq, oxir oqibatda issiqlik o’limi deb ataluvchi jarayonga yetib kelib, mutlaq nol darajagacha soviydi va… keyin nima bo’lishini hech kim bilmaydi…
Odam o’rtacha umri bilan qiyoslaganda Koinot hozir atiga to’rt kunlik go’dak chaqaloq kabidir.

koinot quyosh va yer necha yoshda infografika 660ef31f29233

Quyosh taxminan bundan 4,7 milliard yil avval gaz-chang bulutining markazlashishi va zichlashishi natijasida paydi bo’lgan deb qaraladi (Shmidt nazariyasi). Quyoshda to’xtovsiz termoyadro reaksiyasi boradi va bu reaksiyada vodorod elementi asosiy o’rin tutadi. Quyoshning umri aynan termyadro yoqilg’ining qachon tugab bitishiga bog’liq. Taxminlarga ko’ra Quyoshda vodorod zahiralari batamom tugagach, yulduzimiz qizil gigantga aylanadi va o’z tizimidagi barcha sayyorlarni yutib yuboradi.

Odam o’rtacha umri bilan taqqoslansa, Quyosh hozir 38 yoshni urib qo’ygan o’rta yoshlardagi kishi singari yoshda…

koinot quyosh va yer necha yoshda infografika 660ef32051768

Ona sayyoramiz Yer esa, taxminan 4,5 milliard yildan buyosh yulduzimiz Quyosh atrofida aylanmoqda. Yerning taqdiri to’laligicha Quyoshga bog’liq. Quyosh o’z termoyadro yoqilg’isini tugatib borar ekan, borgan sari kattalashib, qattiqroq qiziy boshlaydi va arrofdagi sayyoralarni ham mislsiz ravishda qizdirib yuboradi. Avvaliga Yerdan barcha suv moddasi bug’lanib ochiq koinotga tarqalib ketadi. Keyin esa, Yerni Quyosh gravitatsiyasi yengadi va Yer Quyosh qa’riga kirib erib ketadi. Bu paytgacha esa sayyora tirik organizmlar yashashi uchun allaqachon yaroqsiz bo’lib qolgan bo’ladi. O’sha paytgacha oldingan hali yana taxminan 1,4 milliard yil vaqt bor va agar insoniyat shu vaqt ichida boshqa, yashashga yaroqli sayyoralarni qidirib topib, o’zlashtirsa balki hayot keyin yana boshqa sayyoralarda davom etar…
Qiyosan olganda Yerimizning yoshi hozirda 61 yoshga to’lgan mo’ysafid misolidir…

koinot quyosh va yer necha yoshda infografika 660ef3216b71d

Infografika
KOINOT, Quyosh va Yer necha yoshda? (Infografika)

Manba:orbita.uz