Vatt

Vatt

Vatt

vatt 660ef0e581339

Vatt — o‘zbekcha belgilanishi Vt, xalqaro belgilanishi W bo‘lgan, Xalqaro Birliklar Tizimi — SI dagi quvvat fizik kattaligining o‘lchov birligidir. Bundan tashqari, vatt o‘lchov birligi bilan, issiqlik oqimi, tovush energiyasi oqimi, doimiy elektr toki quvvati, o‘zgaruvchan tokning aktiv, reaktiv va to‘liq quvvatlari, nurlanish oqimi, ionlanuvchi nurlanishlar oqimi fizik kattaliklari o‘lchanadi. Ushbu o‘lchov birligi shotland-Irland ixtirochi-mexanigi, bug‘ mashinasi ixtirochisi Jeyms Uatt (Vatt) sharafiga uning familiyasi bilan nomlangan.

SI qoidalariga ko‘ra, biror olim sharafiga qo‘yilgan hosilaviy birlik nomi matn ichida yozilganida, kichik harflar bilan yoziladi. Lekin, birlikning belgilanishi katta harflar bilan yoziladi. Shu sababli, quvvat birligi haqida gap ketganda, matn ichida vatt deb yozish to‘g‘ri bo‘ladi. Olimning o‘zi haqida gap borganda esa, Vatt, yoki, Uatt deb katta harflar bilan yozish kerak. Xuddi shu qoidalar, vatt orqali keltirib chiqariladigan boshqa hosilaviy birliklar uchun ham tadbiq etiladi. Masalan, energetik yorqinlik birligi matn ichida «vatt taqsim steradian-kvadrat metr» tarzida yoziladi, birlik tarzida esavatt 660ef0e6412f3tarzida yoziladi.

Quvvat fizik kattaligi uchun birlik sifatida Vatt o‘lchov birligini ilk bora 1882-yilda Britaniya Ilmiy assotsiatsiyasining Ikkinchi Kongressida qabul qilingan. Bungacha esa, ko‘plab hisob-kitoblarda ot kuchi, shuningdek, fut-funt taqsim daqiqa birliklari qo‘llanilgan. XBT ga vatt birligi 1960-yilda o‘lchov va Tarozilar Bosh Konferensiyasining XI konferensiyasida, SI tizimining o‘zi bilan bir vaqtda qabul qilingan.

Elektr uskunalarining eng asosiy tavsiflaridan biri, ularning qancha elektr energiyasi iste’mol qilishidir. Shu sababli, deyarli barcha elektr qurilmalarining yo‘riqnomalarida va yorliqlarida, uning iste’mol quvvati haqidagi axborotni uchratish mumkin va bu quvvat vatt bilan ifodalanadi.

Ta’rifi:

1 vatt bu — 1 soniya mobaynida 1 joul ish bajaradigan quvvatga tengdir. Shu tarzda, vatt — SI dagi hosilaviy birlik bo‘lib, boshqa birliklar bilan quyidagicha bog‘liqlikka ega:

vatt 660ef0e6cc577

Vattning yuqorida keltirilgan ta’rifi mexanikaga oid bo‘lib, bundan tashqari, issiqlik va elektr quvvatlari uchun alohida boshqa ta’riflari mavjud.

Boshqa quvvat birliklari bilan nisbati.

Vatt, quvvat fizik kattaligining boshqacha birliklari bilan quyidagicha bog‘liqlikka ega:

1 Vt= 107 erg/soniya;

1 Vt≈0,102 (kgk·m)/soniya;

1 Vt 1,36·10−3 ot kuchi;

1 Vt= 859,8452279 kaloriya/soat.

Karrali va ulushli birliklari.

Quvvat bilan bog‘liq hisob-kitoblarda vattning o‘zini qo‘llash har doim ham qulay bo‘lavermaydi. Ba’zan, o‘lchanayotgan, yoki, hisoblanayotgan kattalik juda katta yoki, juda kichik bo‘lganida, o‘lchov birliklarining karrali, yoki, ulushli birliklari va ularning maxsus umumqabul qilingan old qo‘shimchalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu esa, hisob-kitoblarni birmuncha yengillashtiradi hamda o‘ta katta, yoki, o‘ta kichik sonlar bilan ishlashdagi noqulayliklarni bartaraf qiladi. Katta quvvat bilan ishlovchi elektr qurilmalarini loyihalashda va ulardan foydalanishda, vattning karrali birliklari va old qo‘shimchalaridan foydalaniladi. Masalan, radarlar va radioqabulqilgich qurilmalarining quvvati pVt yoki nVt karrali birliklarida ko‘rsatilishi mumkin. Kam quvvatli qurilmalar, masalan, EKG, EEG kabi tibbiy uskunalarning quvvati mkVt da ko‘rsatiladi. Elektr energiyasi ishlab chiqarishda, shuningdek, temiryo‘l lokomotivlari ishlab chiqarishda megavatt (MVt), yoki, gigavatt (GVt) lardan foydalanish mumkin. Xonadonlardan maishiy iste’mol qilingan elektr energiyasi hisob-kitobi uchun esa, kilovatt (kVt) birligi qulayroq. Shuningdek, ko‘plab maishiy elektr uskunalar, xususan, oddiy chiroq, dazmol, muzlatgich kabilarning ham iste’mol quvvatini kilovattlarda ifodalagan afzal.

Karrali va ulushli birliklari va ularning old qo‘shimchalari.

Karrali birliklar

Ulushli birliklar

Kattalik

Nomi

Belgilanishi

Kattalik

Nomi

Belgilanishi

o‘zbekcha

xalqaro

o‘zbekcha

xalqaro

101 Vt

Dekavatt

daVt

daW

101 Vt

Detsivatt

dVt

dW

102 Vt

Gektovatt

gVt

hW

102 Vt

Santivatt

sVt

cW

103 Vt

Kilovatt

KVt

kW

103 Vt

Millivatt

mVt

mW

106 Vt

Megavatt

MVt

MW

106 Vt

Mikrovatt

mkVt

?W

109 Vt

Gigavatt

GVt

GW

10−9 Vt

Nanovatt

nVt

nW

1012 Vt

Teravatt

TVt

TW

10−12 Vt

Pikovatt

pVt

pW

1015 Vt

Petavatt

PVt

PW

10−15 Vt

Femtovatt

fVt

fW

1018 Vt

Eksavatt

EVt

EW

10−18 Vt

Attovatt

aVt

aW

1021 Vt

Zetavatt

ZVt

ZW

10−21 Vt

Zeptovatt

zVt

zW

1024 Vt

Yottavat

YVt

YW

10−24 Vt

Yoktovatt

yVt

yW

Tabiatda va texnikadagi ayrim kattaliklarga nisbatan qo‘llanishiga misollar.

Kattalik

Tavsifi

10−9 Vt

Ko‘rinadigan yulduz kattaligi +1,4 bo‘lgan yulduzdan Yerning 1 m2 maydoniga taxminan shuncha energiya (ya’ni, 1 nanovatt) kelib tushadi.

5·10−3 Vt

Odam ko‘zi uchun nisbatan xavfsiz bo‘lgan o‘yinchoq lazer ko‘rsatkichlarining nurlanish quvvati taxminan shunday bo‘ladi.

1 vatt

Oddiy mobil telefonining uzatish qurilmasi quvvati taxminan shuncha bo‘ladi.

103 Vt

Quyosh zenitda tik bo‘lgan paytdagi 1 m2 yer maydoniga tushadigan Quyosh nurlari energiyasi. o‘rtacha isitgich qurilmasi ham shunga yaqin quvvat iste’mol qiladi.

6·104 Vt

Dvigatel quvvati 80 ot kuchi bo‘lgan yengil mashina.

1,2·107 Vt

«Yevrostar» elektropoyezdi.

8,212·109 Vt

Jahondagi eng yirik atom elektrostansiyasi — «Kasivazaki-Kariva» AESining (Yaponiya) quvvati.

2,24·1010 Vt

Jahondagi eng kuchli gidroelektrostansiya bo‘lishi kutilayotgan, Xitoyning Sansye provinsiyasida qurilishi boshlangan «Uch dara» GESining loyihaviy quvvati.

1012 Vt

Chaqmoq urgandagi quvvati

1,9·1012 Vt

Insoniyatning 2007-yilda iste’mol qilgan o‘rtacha elektr energiyasi quvvati

1,5·1015 Vt

1999-yilda AQSHning Livermor laboratoriyasidagi «Nova» lazer qurilmasida erishilgan, lazerlarning rekord impulsiv quvvati. Impuls energiyasi 660 J ni tashkil etgan. Impuls davomiyligi 440·10?15 soniya.

1,74·1017 Vt

Yer sirtining Quyosh nurlaridan o‘rtacha nurlanishi ko‘rsatkichi 1,336 kVt/m2 ekanini inobatga olsak, Quyosh nurlanishining Yer sirtiga kelib tushadigan umumiy oqimining quvvati taxminan 174 PVt ni tashkil etadi. Agar Yer ushbu energiya miqdorini koinotga qayta nurlantirmaganida, sayyoramiz har soniyada 1,94 kg qo‘shimcha massa orttirib borgan bo‘lardi.

3,828·1026 Vt

Quyoshning to‘liq nurlanish quvvatini olimlar 382,8 YVt deb baholaydilar. Bu Yer sirtiga kelib tushayotgan nurlanishlar quvvatidan milliard marta kattaroqdir. Boshqacha aytganda, Quyosh markazida kechayotgan ulkan miqyosli termoyadro reaksiyalari natijasida, Quyosh har soniyada 4260000 tonna massa yo‘qotmoqda.

Kilovatt va kilovatt-soat tushunchalarining farqi.

Nomlanishi bir-birga o‘xshash bo‘lgani uchun, kilovatt va kilovatt-soat birliklarini ko‘pchilik adashtirib yuboradi. Ayniqsa bu elektr uskunalarining iste’mol quvvati haqida gap borganda ochiq namoyon bo‘ladi. Lekin, shuni e’tiborga olish lozimki, kilovatt va kilovatt-soat umuman boshqa-boshqa birliklar bo‘lib, boshqa-boshqa fizik kattaliklarga taaluqlidir. Vatt va kilovattlarda quvvat o‘lchanadi. Uning ma’nosi, energiyaning o‘zgarish tezligi, ya’ni, uzatilishi, iste’mol qilinish, boshqa turdagi energiyaga aylantirilishi nazarda tutiladi. Vatt-soat va kilovatt-soat birliklari bilan esa, energiyaning (ishning) o‘zi o‘lchanadi. Kilovatt-soat bilan, muayyan vaqt birligi ichida iste’mol qilingan, uzatilgan, yoki, o‘zgartirilgan energiya miqdori o‘lchanadi. Agar, elektr asbobining, yoki, uydagi maishiy elektr jihozining iste’mol quvvati doimiy (o‘zgarmas) bo‘lsa, unda, u iste’mol qilgan, o‘zgartirgan, uzatgan energiya miqdori, uning quvvati bilan ishlagan vaqtining ko‘paytmasiga teng bo‘ladi.

Masalan, quvvati 100 Vt bo‘lgan lampochka 1 soat yonib tursa, u 100 Vt·soat energiya iste’mol qilgan bo‘ladi (kiruvchi energiya), hamda, shuncha miqdorda chiquvchi energiyani yorug‘lik va issiqlik ko‘rinishida o‘zgartirib, qayta chiqarib yuborgan bo‘ladi (chiquvchi energiya). Xuddi shu ishni 40 Vt lik lampochka 2,5 soat davomida bajaradi. Ushbu aytilganlar, elektr energiyasining ishlab chiqarilishi uchun ham o‘rinlidir. Masalan, elektrostansiyaning quvvati kilovatt (megavatt) bilan o‘lchanadi. Lekin, uning iste’molchilarga muayyan vaqt davomida yetkazib berayotgan elektr energiyasi miqdori, uning quvvati va ushbu vaqtning ko‘paytmasiga teng bo‘ladi va ushbu energiya kilovatt-soat birligida ifodalanadi.

Ushbu aytilganlar energiyaning istalgan turi uchun, elektr energiyasi uchun ham, issiqlik, mexanik, elektromagnit energiyalari uchun ham to‘g‘ridir.

SI ning hosilaviy birliklari
VATT

Manba:orbita.uz