Etvyosh gravitatsion gradiometriyasi

Etvyosh gravitatsion gradiometriyasi

Etvyosh gravitatsion gradiometriyasi

etvyosh gravitatsion gradiometriyasi 660eead4ea800

1848-1919 yillarda yashab o‘tgan vengr alpinisti va fizigi Lorand fon Etvyosh ikkita massaning o‘zaro gravitatsion tortishishini o‘lchash uchun burama tarozidan foydalangan. Bunday tarozilar ipning chirpirak bo‘lib aylanishi evaziga, juda bo‘sh, zaif kuchlarni ham o‘lchash imkonini beradi. Garchi, Etvyosh bunday tarozidan foydalanib gravitatsion tortishuvni o‘lchashga uringan birinchi olim bo‘lmasa-da, lekin u mazkur tarozini takomillashtirib, uning sezgirligini yanada orttirishga erishganligi bilan nom qozongan. Etvyosh gravitatsion tarozisi Yer sirtida gravitatsion kuchlarni o‘lchash uchun ishlatiladigan eng yaxshi vositalardan biriga aylangan. Shuningdek, uning vositasida nafaqat Yer sirtidagi gravitatsiya, balki, yer ostidagi turli strukturalarni aniqlash ham mumkin bo‘lgan. Garchi, Etvyoshning o‘zi asosan fundamental tadqiqotlarga ko‘proq e’tibor qaratgan bo‘lsa hamki, lekin u takomillashtirgan mazkur asbob keyingi geologik qidiruv ishlarida, ayniqsa, neft va tabiiy gaz konlari ochilishida o‘ta muhim ahamiyat kasb etdi.

Lorand fon Etvyosh (1848-1919)Etvyosh tarozisi — gravitatsion gradiometriyani aniqlash, ya’ni, hududlarda mahalliy gravitatsiya maydonini o‘lchash uchun mo‘ljallangan ilk asbob bo‘lgan. Etvyoshning ilk gravitatsion tadqiqotlari o‘z ish kabinetining turli qismlarida gravitatsiya potensialini o‘lchab, mahalliy xaritasini tuzishdan iborat bo‘lgan. Keyingi bosqichda esa, u butun bino bo‘ylab turli joylardagi tortishish kuchi potensialini o‘lchab, xaritalashtirishga kirishgan. Albatta, bunda Etvyosh kabinetida mavjud qo‘l ostidagi buyumlar va ularning massasi tajriba natijalariga ta’sir ko‘rsatgan. Etvyosh tarozisini shuningdek gravitatsiya maydonining o‘zgarishlarini kuzatish uchun ham qo‘llash mumkin. Bunda o‘ta katta massali jismlar va suyuqliklarning sekin harakatini kuzatish evaziga aniq qiymatlarni olish mumkin bo‘ladi. Masalan, Etvyosh Dunay daryosi tubidan ham 100 metr chuqurroqda joylashgan yerto‘ladan turib, Dunaydagi suv sathining o‘zgarishini atiga 1 sm xatolik bilan aniqlay olgan.

Etvyosh o‘tkazgan tajribalar va u qayd etgan natijalar orqali, jismlarning butun olam tortishish qonuni F=g·m1m2/r2 dan kelib chiquvchi gravitatsion massasi va Nyutonning ikkinchi qonuni F=ma dan kelib chiquvchi inert massasi o‘zaro muvofiq kelishi aniqlandi. Boshqacha aytganda, jismga berilgan kuchning tezlanuvchan harakatiga qarshilik qilish kattaligi, ya’ni, inert massasi ushbu jismning vaznini tashkil qiluvchi gravitatsion massasi bilan aniq aynan bitta narsa ekanini ko‘rsatib berdi. Uning mazkur natijasi keyinchalik XX-asrning eng buyuk ilmiy kashfiyotlaridan bo‘lgan Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi tarkibida ham qo‘llangan. Eynshteyn o‘zining 1916-yilda e’lon qilgan maqolalarida Etvyoshning mazkur tadqiqotlariga bir necha marta murojaat qilgan va uning ishlarini manba sifatida ko‘rsatgan.

etvyosh gravitatsion gradiometriyasi 660eead4ea800

NASA tomonidan orbitaga chiqarilgan sun’iy yo‘ldoshlar orqali o‘tkazilgan GRACE nomli tajribada Amerika materigi bo‘ylab gravitatsiya maydonining o‘zgarishlari o‘rganilgan. Qizil rang bilan ajratib ko‘rsatilgan hududlarda gravitatsiya, ya’ni, tortish kuchi kuchliroqdir.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Fizika
Etvyosh gravitatsion gradiometriyasi

Manba:orbita.uz