Nyuton (birlik)

Nyuton (birlik)

Nyuton (birlik)

Nyuton – Xalqaro Birliklar Tizimida kuchning o‘lchov birligi. O‘zbekcha belgilanishi N, (кирилл алифбосида Н); xalqaro belgilanishi ham N.

Nyuton – hosilaviy birlik. U Nyutonning ikkinchi qonunidan kelib chiqqan holda:

Massasi 1 kg bo‘lgan jismga yo‘nalish bo‘yicha 1 m/s2 tezlanish beruvchi kuch sifatida aniqlanadi. Demakki, 1 N = 1 kg ∙ m/s2.

SI tizimi qoidalariga ko‘ra, olimlar sharafiga nomlangan hosilaviy birliklarning nomi kichik harflarda yoziladi (ya’ni, «1 nyuton kuch» tariqasida); lekin, formulalar va tenglamalar tarkibida birlik belgisi doim katta harf bilan, ya’ni, «N» tariqasida yoziladi (N∙m).

 

Yuqoridagi ta’rifiga ko‘ra kuch fizik kattaligining birligi sifatida nyuton O‘TXQ ning 1960-yildagi XI-Bosh konferensiyasida qabul qilingan. Ungacha ham, aynan ushbu ta’rif bilan boshqa sistemalarda, xususan, MKS tizimi tarkibida keng ishlatilgan. Ushbu ta’rif ham aslida dastavval MKS tizimida 1946-yilda qabul qilingan edi va u 1960-yilda shunchaki, SI tarkibiga o‘zgarishsiz o‘tkazilgan.

Birlik mashhur ingliz olimi Isaak Nyuton sharafiga nomlangan. Bu bejizga emas albatta. Chunki, harakat qonunlarini ochgan, hamda, massa, kuch va tezlanish orasidagi bog‘liqlik jihatlarini eng birinchi bo‘lib ilmiy asoslab bergan olim aynan Nyuton bo‘lgan edi. Biroq, qizig‘i shundaki, Nyutonning o‘zi kuch uchun biror o‘lchov birligidan foydalanmagan va uni mavhum hodisa sifatida qaragan.

Kuchning boshqa turdosh birliklari bilan nyuton birligi orasida quyidagicha bog‘liqlik mavjud:

  • 1 N=105 din;
  • 1 N≈ 0,10197162 kgk;
  • 1 N=10−3 sten;
  • 1 N= 8,262619⋅10−45 Fp.
  • 1 N ≈ 0,224808943 funt-kuch.
  • 1 N ≈ 7,233013851 paundal.

Karrali va ulushli birliklari va ularning old qo‘shimchalari.

Karrali birliklar

Ulushli birliklar

Kattalik

Nomi

Belgilanishi

Kattalik

Nomi

Belgilanishi

O‘zbekcha

xalqaro

O‘zbekcha

xalqaro

101 N

Dekanyuton

daN

daN

10−1 N

Detsinyuton

dN

dN

102 N

Gektonyuton

gN

hN

10−2 N

Santinyuton

sN

cN

103 N

Kilonyuton

KN

kN

10−3 N

Millinyuton

mN

mN

106 N

Meganyuton

MN

MN

10−6 N

Mikronyuton

mkN

μN

109 N

Giganyuton

GN

GN

10−9 N

Nanonyuton

nN

nN

1012 N

Teranyuton

TN

TN

10−12 N

Pikonyuton

pN

pN

1015 N

Petanyuton

PN

PN

10−15 N

Femtonyuton

fN

fN

1018 N

Eksanyuton

EN

EN

10−18 N

Attonyuton

aN

aN

1021 N

Zetanyuton

ZN

ZN

10−21 N

Zeptonyuton

zN

zN

1024 N

Yottavat

YN

YN

10−24 N

Yoktonyuton

yN

yN

Misollar:

  • Vodorod atomi yadrosi tomonidan elektronga ta’sir qiladigan kuch qiymati 3,6967⋅10−10;
  • 102 gramm massaga ega bo‘lgan buyumning Yer sirtiga ko‘rsatadigan ta’sir kuchi (ya’ni, uning og‘irlik kuchi) 1 N;
  • Massasi 70 kg bo‘lgan odamga ta’sir qiluvchi og‘irlik kuchi 686 N.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

SI ning hosilaviy birliklari
Nyuton (birlik)

Manba:orbita.uz