Ozoda Nursaidova — Bemor qiz nolasi

Ozoda Nursaidova — Bemor qiz nolasi
ozoda nursaidova bemor qiz nolasi 65ca853f7697c

1587945008 1587945000

Ozoda Nursaidova — Bemor qiz nolasi

DO`STLARGA ULASHING:

Ozoda Nursaidova — Bemor qiz nolasi 

Siz keltirib dunyoga, nima ko`rdim, onajon?
Jonni tutib jafoga, gina ko`rdim, otajon.
Bir qiz bo`lib silkinib, yerda yayrab yurmadim,
Mehringizga intilib, oyog`imda turmadim. {x2}
Oyog`imda turmadim…

Otalarni oridan judo qilma, Xudoyim,
Farzand bersang, mehrga gado qilma, Xudoyim.
Onalarni oridan judo qilma, Xudoyim,
Farzand bersang, mehrga gado qilma, Xudoyim.

Siz ham, biz ham omonat, oy osmonda boqiydir,
Qilmas sira xiyonat, quyosh nurga soqiydir.

Yerda qolgan qushmasman, don kerakmas, otajon,
Go`sht ko`rmagan tishmasman, non kerakmas, otajon.
Yerda qolgan qushmasman, don kerakmas, onajon,
Go`sht ko`rmagan tishmasman, non kerakmas, onajon.

Otalarni oridan judo qilma, Xudoyim,
Farzand bersang, mehrga gado qilma, Xudoyim.
Onalarni oridan judo qilma, Xudoyim,
Farzand bersang, mehrga gado qilma, Xudoyim.

Qizim, degan shonimni qidirib yashayabman,
Men jismimdan jonimni sidirib yashayabman.

Ko`changizdan tobutda yulduz bo`lib o`tarman,
Otasidan or qilgan-ey bir qiz bo`lib o`tarman.
Ko`changizdan tobutda yulduz bo`lib o`tarman,
Onasidan or qilgan-ey bir qiz bo`lib o`tarman.

Otalarni oridan judo qilma, Xudoyim,
Farzand bersang, mehrga gado qilma, Xudoyim.
Onalarni oridan judo qilma, Xudoyim,
Farzand bersang, mehrga gado qilma, Xudoyim.

Ado qilma Xudoyim, gado qilma Xudoyim,
Judo qilma Xudoyim, gado qilma Xudoyim.

Ozoda Nursaidova — Bemor qiz nolasi