Qayta moliyalash stavkasi oldingi darajada qoldi
Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Aхborot хizmati 26 oktyabrda хabar berdi.
Xabarga koʻra, Markaziy bank boshqaruvi Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini yillik 9 foiz darajada saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Ushbu qaror inflyatsiyaning amaldagi va kutilayotgan darajasini, shuningdek pul-kredit koʻrsatkichlarining 2015 yilga belgilangan maqsadli parametrlarini hisobga olgan holda qabul qilindi.
Eslatib oʻtamiz, qayta moliyalash stavkasini koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi qaror joriy yilda toʻrtinchi marta qabul qilinmoqda. 2015 yil 1 yanvardan boshlab stavka yillik 10 foizdan 9 foizga, aprel va iyul oylarida esa oʻzgarishsiz qoldirilgandi.
Qayd qilish lozimki, yil boshida stavkani pasaytirish Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsish sur’atlarini ragʻbatlantirishga qaratilgan edi. Qoidaga koʻra, bunday qadam bank kreditlari boʻyicha foiz stavkalarini pasaytirish uchun asos yaratadi, bu oʻz navbatida iqtisodiyotning real sektorida investitsiya faolligini oshirishda oʻz aksini topishi kerak.
Savollarga javoblar
Qayta moliyalash stavkasi oldingi darajada qoldi
manba:norma.uz