SSP tarmoqlar boʻyicha eksportyorlar bilan uchrashuvlar jadvalini ishlab chiqdi
Tadbirlarda koʻrsatilgan sohalardan vakil kompaniyalar, shuningdek davlat organlari vakillari ishtirok etadi. Oʻzbekiston mahsulotlari eksportini oshirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni oʻrganish va tahlil qilish, shuningdek ularni hal qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish ularning maqsadi hisoblanadi.
Demak, yaqin bir necha oy mobaynida quyidagi uchrashuvlar rejalashtirilgan:
- 27 mart – Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari-eksportyorlari ishtirokida davra suhbati;
- 14 aprel – Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari-eksportyorlari ishtirokida davra suhbati;
- 13 may – Charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari-eksportyorlari ishtirokida davra suhbati;
- 17 iyun – Elektroteхnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari-eksportyorlari ishtirokida davra suhbati;
- 14 iyul – Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari-eksportyorlari ishtirokida davra suhbati.
SSP хabarida ta’kidlanishicha, jadvalga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Savollarga javoblar
SSP tarmoqlar boʻyicha eksportyorlar bilan uchrashuvlar jadvalini ishlab chiqdi
manba:norma.uz