Shanba ish kuni, dushanba dam olish kuni deb e’lon qilindi
Dam olish kuni 18 martdan 20 martga koʻchirildi, tegishincha 18 mart ish kuni hisoblanadi. 20 mart dushanba dam olish kuni deb e’lon qilindi.
Hujjatda koʻrsatilishicha, dam olish kunini koʻchirish umumхalq Navroʻz bayramining yurtimiz ma’naviy hayotidagi katta oʻrni va ahamiyatini e’tiborga olib hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilgan.
Mazkur hujjatning toʻliq matni va u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz
Savollarga javoblar
dushanba dam olish kuni deb e’lon qilindi, Shanba ish kuni
manba:norma.uz