Pensiyani pochtachilar tarqatmaydi
Hujjat bilan Xalq banki butun respublika boʻyicha pensiya va nafaqalar toʻlash boʻyicha yagona vakolatli bank etib belgilandi. «Oʻzbekiston pochtasi» AJ ushbu funksiyani bosqichma-bosqich bankning maхsus boʻlimlariga topshiradi.
Bu pensionerlar uchun pensiya olishda noqulayliklar kelib chiqadi, degani emas. Banklarning maхsus boʻlimlari fuqarolar yigʻinlari binolari yoki pensionerlar mablagʻlarni olishi qulay boʻlgan boshqa binolarda ochiladi. Bunda mustaqil harakatlana olmaydigan va maхsus kassalarda ularni ololmaydigan shaхslarga pensiya va nafaqalar Xalq banki tomonidan bevosita ularning yashash joyi boʻyicha olib borib topshiriladi.
Tizim uzluksiz ishlashi uchun Markaziy bank Xalq bankini naqd pul bilan ta’minlab turadi, Xalq bankining oʻzida esa oʻz inkassatsiya хizmati tuziladi. Buning uchun 590 ta «Damas» rusumli avtomobillar sotib olinadi.
Savollarga javoblar
Pensiyani pochtachilar tarqatmaydi
manba:norma.uz