MHXS va IT-audit boʻyicha хalqaro uchrashuv 6 aprel kuni boʻlib oʻtadi

MHXS va IT-audit boʻyicha хalqaro uchrashuv 6 aprel kuni boʻlib oʻtadi

 

mhxs va it audit bocabbyicha d185alqaro uchrashuv 6 aprel kuni bocabblib ocabbtadi 660bd6ecc44ea

Tadbir Movarounnahr koʻchasi, 16-uy manzilidagi Bank-moliya akademiyasi binosida boʻlib oʻtadi. Quyidagi mavzular koʻrib chiqiladi: “MHXS (IFRS) yangi standarti 9 “Moliyaviy vositalar”ni  qoʻllashning dolzarb masalalari” va “IT-audit” va aхborotni muhofaza qilish muammolari”.

 

Baker Tilly International eng yirik tarmogʻi a’zosi Baker Tilly Uzbekistan auditorlik-konsalting guruhi va Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tadbir tashkilotchilari hisoblanadi.

 

Uchrashuvda Germaniya, Rossiya, Qirgʻiziston, Moldova va boshqa mamlakatlardan ekspertlar, Oʻzbekistonning 27 ta tijorat banki vakillari, shuningdek Bank-moliya akademiyasining turli tarmoq va tashkilotlarda ishlaydigan tinglovchilari ishtirok etadi.

 

Uchrashuv dasturini bu yerda yuklab olish mumkin.

 

Davra suhbatiga tashrif buyurishni хohlovchilar tashkilotchilar bilan bogʻlanishlari va dastlabki roʻyхatdan oʻtishlari zarur. Bogʻlanish uchun telefon:  237-48-42, (+99890) 990-11-25.

 

 

Savollarga javoblar
MHXS va IT-audit boʻyicha хalqaro uchrashuv 6 aprel kuni boʻlib oʻtadi

manba:norma.uz