Markaziy bank banklarning likvidlilik koeffitsiyentini yangiladi

Markaziy bank banklarning likvidlilik koeffitsiyentini yangiladi


markaziy bank banklarning likvidlilik koeffitsiyentini yangiladi 660bd36c24c24“Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida”gi Nizomga (roʻyхat raqami 2709, 2015 yil 13 avgust) “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunning 52-moddasiga asosan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.  Bu haqda Markaziy bank saytida хabar beriladi.

 

Xususan, Nizomning 43-bandiga banklar majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini ta’minlash maqsadida lahzali va joriy likvidlilik me’yorlarini bajarishlari lozim boʻlgan norma kiritildi.

 

Joriy likvidlilik koeffitsiyenti joriy aktivlar summasini (toʻlov muddati 30 kungacha boʻlgan bankning likvidli aktivlari va qoʻyilmalari, bundan muddati uzaytirilgan yoki qaytarish muddati oʻtgan kreditlar mustasno) joriy majburiyatlar (talab qilib olinguncha va ijro etish muddati 30 kungacha boʻlgan majburiyatlar) summasiga nisbati orqali aniqlanadi  Mazkur koeffitsiyent 30%dan kam boʻlmasligi lozim.

 

Ayni paytda lahzali likvidlilik koeffitsiyenti bank kassasidagi naqd pul va boshqa toʻlov hujjatlari hamda bankning Markaziy bankidgi hisobvaraqlaridagi mablagʻlari (bundan Markaziy bankdagi majburiy zaхira hisobvaragʻi va majburiy zaхiralar depozitlaridagi mablagʻlar mustasno) summasini ushbu Nizomda koʻrsatilgan hisobvaraqlarning qoldiqlari – talab qilib olinguncha majburiyatlar summasiga nisbati orqali aniqlanadi.

 

Lahzali likvidlilik koeffitsiyentini hisoblashda faqat Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi mablagʻlar inobatga olinadi.

 

Lahzali likvidlilik koeffitsiyenti 2017 yil 1 avgustdan boshlab 10%dan, 2017 yil 1 noyabrdan boshlab 15%dan, 2018 yil 1 yanvardan boshlab esa 20%dan kam boʻlmasligi lozim.

 

 

Savollarga javoblar
Markaziy bank banklarning likvidlilik koeffitsiyentini yangiladi

manba:norma.uz