Avtomobil raqami belgisi qanday tiklanadi?
Avtomobilning davlat raqami belgilarini yoʻqotish va shikastlash sabablari talay boʻlishi mumkin – YTHdan tortib, yovuz niyatlilarning harakatlarigacha. Ushbu maqola davlat raqamini tiklashning qonuniy tartibi хususida.
IIV Yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻi Xolmatjon Saydaliyev soʻrovga javobda qayd qilishicha, davlat roʻyхat raqami belgilarining yoʻqolganligi, buzilganligi (singanligi) bois transport vositasini qayta roʻyхatdan oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining 26.05.1997 yildagi 256-son qarori bilan reglamentlangan. Xususan, 1-ilovaga binoan Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini roʻyхatdan oʻtkazish, qayta roʻyхatdan oʻtkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish qoidalari belgilangan.
Xususiy yoki korporativ avtomobilning raqam belgilari yoʻqotilgan, oʻgʻirlangan, buzilgan yoki singan taqdirda qanday yoʻl tutish lozim?
- DYHXX hududiy boʻlimlariga ariza (belgilangan shaklda) yozish.
- Oʻrnatilgan davlat bojini toʻlash.
- Transport vositasini koʻrik uchun taqdim qilish.
Qoidalarning 5 bobi 7 bandiga binoan yaroqsiz holga kelib qolgan, shikastlangan yoki buzilgan davlat raqami belgilari ta’mirlanmaydi va yangilari beriladi. Bunda shikastlangan yoki buzilgan davlat raqami belgilari oʻrniga transport vositasi egasining arizasiga asosan ularning dublikati berilishi mumkin. Dublikatlar DYHXX hududiy organlarining buyurtmanomasi asosida tayyorlanadi. Dublikat olingungacha boʻlgan davrga yigʻim undirilmasdan ilgari foydalanilgan davlat raqami belgilari beriladi.
Avtomobilga davlat raqami belgilarini qayta roʻyхatdan oʻtkazish uchun yigʻimlar miqdori qanday?
- yoʻqotilgan DRRB oʻrniga DRRB berish uchun — 4,5 EKIH;
- yaroqsiz holga kelgan, shikastlangan yoki buzilgan bir juft DRRB oʻrniga DRRB berish uchun – 1 EKIH;
- yaroqsiz holga kelgan, shikastlangan yoki buzilgan bitta DRRB oʻrniga yangi DRRB berish – EKIHning 50%i;
- roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisida guvohnoma berish uchun EKIHning 20%i;
- qayta roʻyхatdan oʻtkazish uchun – EKIHning 10%i;
- majburiy teхnik koʻrik uchun (koʻrikdan oʻtish muddati kelgan taqdirda) — EKIHning 10%i.
Saida Jonizoqova, muхbirimiz.
Savollarga javoblar
Avtomobil raqami belgisi qanday tiklanadi?
manba:norma.uz