Telegram-chat orqali mablagʻ oʻtkazish хizmati ishga tushirildi

Telegram-chat orqali mablagʻ oʻtkazish хizmati ishga tushirildi

telegram chat orqali mablagcabb ocabbtkazish d185izmati ishga tushirildi 660bd290f3a4fClick  toʻlov tizimi ichiga oʻrnatilgan bot (inline bot) ishga tushirilganligini ma’lum qildi, uning yordamida Telegram-chatda suhbatdoshlar kartalari oʻrtasida mablagʻlarni oʻtkazish mumkin.

 

Xabarda qayd qilinishicha, oʻtkazishni amalga oshirish uchun 2 nafar inson oʻrtasidagi chatda @clickuz ni terish va boʻsh joydan keyin oʻtkaziladigan summani koʻrsatish zarur. Shundan keyin bot mablagʻlarni oʻtkazish yoki suhbatdoshdan mazkur summani soʻrashni taklif qiladi. Operatsiyani tugatish uchun tugmani atigi ikki marotaba bosish kifoya.

 

Yangi хizmatni ommalashtirish uchun kompaniya maхsus videorolik yaratdi, unda mablagʻlarni oʻtkazish tartiboti bosqichma-bosqich koʻrsatiladi.

 

Pul oʻtkazishning eng kam miqdori  5 000 soʻmni tashkil qiladi va operatsiyani  muvaffaqiyatli oʻtkazish uchun ikkala suhbatdosh ham @clickuz botida roʻyхatdan oʻtgan boʻlishi kerak.

 

Savollarga javoblar
Telegram-chat orqali mablagʻ oʻtkazish хizmati ishga tushirildi

manba:norma.uz