8 sentyabr kuni Toshkent shahri markazida koʻchalar toʻsiladi

8 sentyabr kuni Toshkent shahri markazida koʻchalar toʻsiladi

Oʻzbegim milliy qadriyatlari festivali oʻtkazilishida yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahrida barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanadi.

 

Soat 10.00 dan 20.00 gacha quyidagi koʻchalar toʻsiladi: 

 

— A.Temur — Shahrisabz koʻchasidan Navoiy koʻchasiga qadar;

— Shevchenko — Shahrisabz koʻchasidan I.Karimov koʻchasiga qadar;

— I.Karimov — Sh.Rashidov koʻchasidan Shahrisabz koʻchasiga qadar;

— Matbuotchilar — Sh.Rashidov koʻchasidan Zarafshon koʻchasiga qadar; 

— Buyuk Turon — Navoiy koʻchasidan I.Karimov koʻchasiga qadar; 

— Zarafshon — Navoiy koʻchasidan I.Karimov koʻchasiga qadar;

— Oloy — Shahrisabz koʻchasidan Istiqlol koʻchasiga qadar; 

— Mustaqillik — Shahrisabz koʻchasidan Amir Temur хiyoboniga qadar; 

— Mahtumquli — Shahrisabz koʻchasidan Amir Temur koʻchasiga qadar; 

— Istiqbol — Shahrisabz koʻchasidan Amir Temur хiyoboniga qadar.

 

8 sentyabr kuni toshkent shahri markazida kocabbchalar tocabbsiladi 660bd0dbb0863

 

Tadbir oʻtkaziladigan vaqtda koʻchalarga yondosh boshqa koʻchalarda ham transport vositalari harakati cheklanishi mumkin, deb хabar beradi IIBB.

 

Savollarga javoblar
8 sentyabr kuni Toshkent shahri markazida koʻchalar toʻsiladi

manba:norma.uz