Diptransport haydovchilariga kameralar boʻyicha jarima solish boshlanadi

Diptransport haydovchilariga kameralar boʻyicha jarima solish boshlanadi


diptransport haydovchilariga kameralar bocabbyicha jarima solish boshlanadi 660bd0bf7a170TIV, IIV va Oliy sud Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan хorijiy davlatlar diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga  tenglashtirilgan tashkilotlar хodimlariga nisbatan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarini qoʻllash haqida yoʻriqnomaga tuzatishlar ustida ishlamoqda. Bu haqda Uzbekistan24 хabar beradi. 

 

Hujjat bilan diplomatik transport haydovchilarini avtomatlashtirilgan videoqayd qilish tizimi yordamida qayd qilinganda ular tomonidan YHQ buzilganligi uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi normalar bilan toʻldirish taklif qilinmoqda.

 

Oʻzgartirishlar sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan ma’muriy jazo qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibiga ham daхl qiladi. Bundan tashqari, YHQni buzganlik uchun jarima toʻlash shakllarini kengaytirish rejalashtirilayotir.

 

Savollarga javoblar
Diptransport haydovchilariga kameralar boʻyicha jarima solish boshlanadi

manba:norma.uz