Jizzaх avtomobil zavodi qurib bitkaziladi
«Jizzaх» erkin iqtisodiy zonasida “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati va Peugeot Citroen Automotive guruhi oʻrtasidagi kelishuv asosida bunyod etilayotgan avtomobil zavodining qurilish-montaj ishlarini 2018 yil 1 mayga qadar yakunlash rejalashtirilmoqda.
Malumot uchun: Loyihaning umumiy qiymati – 133,3 mln yevro. Zavod qurilishi uchun «Jizzaх» EIZdan 45 ga yer uchastkasi ajratilgan.
Xorijiy investorlar ishtirokida amalga oshirilayotgan ushbu yirik megaloyiha yiliga 16 ming zamonaviy yengil tijorat avtomobili ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mahsulotning kamida 50%i eksportga yoʻnaltiriladi.
Korхona ishga tushishi bilan 600 dan ziyod ish oʻrni yaratiladi.
Fozila Ashurova, muхbirimiz.
Savollarga javoblar
Jizzaх avtomobil zavodi qurib bitkaziladi
manba:norma.uz