Homiladorlikda ko’z qurushi Kasalliklar haqida

Homiladorlikda ko’z qurushi Kasalliklar haqida

homiladorlikda koz qurushi kasalliklar haqida 65cce4112486e


Mobil ilovani yuklab oling

Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.


Quruq ko’z sindromi ko’zlardagi namlik yetishmasligidan kelib chiqadigan ko’z qurushi holati bo’lib, u ayollarda ko’pincha gormonal o’zgarishlar davrida, masalan, homiladorlik yoki emizish paytida namoyon bo’ladi. Homiladorlikda quruq ko’z sindromi odatda birinchi trimestr oxirida katta gormonal o’zgarishlar tufayli «avj oladi».

Homiladorlik davri davomida kuzatiladigan gormonal o’zgarishlar ko’z quruqlashishiga sabab bo’lishi mumkin.
Odatda homladorlikda quruq ko’zlar bezovta qiladigan holat, ammo zararsiz. Tug’ruqdan keyin 1 necha hafta o’tgach, garmonlar darajasi muvozanatlashganda bu holat ko’pincha yo’qoladi.

Homiladorlikda ko’z qurushi belgilari

Homiladorlikda quruq ko’zlar sizga juda ko’p turli xil alomatlar bilan namoyon bo’lishi mumkin, shu jumladan, alomatlar ikkala ko’zingizda ham rivojlanishi mumkin. Bu belgilar quyidagilardan iborat:

  • qizarish;
  • ko’z yoshlanishi (bu kutilmagandek tuyulishi mumkin, lekin bu tana muammoni hal qilishga harakat qilganda sodir bo’ladi)
  • ko’zlarda qichishish, achishish yoki sanchiqli og’riq hissi;
  • ko’zlaringiz xiralashishi yoki unda nimadir bordek his qilish;
  • uyg’onganingizda yopishib qolgan ko’z qovoqlari;
  • kontakt linzalarni taqishda qiynalish;
  • yorug’likka sezgirlik;
  • kechasi yaxshi ko’ra olmaslik;
  • charchagan ko’zlar.

Foydali: Homiladorlikda qorinda bo’ladigan o’zgarishlar

Homiladorlikda ko’z qurushi sabablari?

Quruq ko’zlar sindromi har qanday insonda paydo bo’lishi mumkin bo’lgan keng tarqalgan kasallikdir. Bu odatda ko’zlaringiz nam va yengil bo’lishi uchun yetarlicha ko’z yoshlar chiqarmaganda sodir bo’ladi.
Ko’z yoshlar shunchaki suv emas. Ular suv, shilimshiq va yog’lardan tashkil topadi. Bu nozik aralashma ko’zlaringizni nam va toza saqlashga yordam beradi. Homiladorlikda odatda bu holat garmonlaringiz darajasida o’zgarishlar sodir bo’lishi natijasida rivojlanadi.

Gormonal o’zgarishlar sog’lom homiladorlik uchun muhim, ammo ular ko’zni qurishi kabi nojo’ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Agar siz homilador bo’lsangiz va to’satdan ko’zingiz qurish holatini sezsangiz, bu odatiy holdir, chunki homiladorlik garmonlari tanangizni kamroq ko’z yoshlari ishlab chiqartirishiga sabab bo’ladi.

Homiladorlikda ko’z qurishiga sabab bo’luvchi boshqa xavfli omillar:

  • allergiya;
  • kontakt linzalar taqish;
  • suvsizlanish;
  • issiq uyda bo’lish;
  • quyosh nurida ko’p tashqarida qolish;
  • sovuqda yoki shamolda tashqarida bo’lish;
  • autoimmun kasalliklar;
  • A vitaminiga boy oziq-ovqatlarni iste’mol qilmaslik;
  • kompyuter yoki telefon ekranlaridan uzoq vaqt foydalanish.

Muhim: Homiladorlikda nafas qisishi

Quruq ko’zlar uchun homiladorlikda xavfsiz vositalar

Quyidagi usullar homiladorlikda ko’z quruqlashishini oldini olishga yordam beradi:

  • ko’p suv ichish, ayniqsa toksikoz, qayt qilayotgan bo’lsangiz;
  • ko’p miqdorda meva va sabzavotlar bilan bir me’yorda ovqatlanish;
  • prenatal vitamin qabul qilish (va ginekologingiz tavsiya qilgan bo’lsa, boshqa qo’shimchalar);
  • quruq havoni bartaraf etish uchun uyda namlangichdan foydalanish;
  • havoni nam va toza saqlashga yordam berishi uchun uyingizda o’simliklarni saqlash;
  • ochiq havoda bo’lganingizda ko’zingizni shamol va quyoshdan himoya qilish uchun ko’zoynak taqish;
  • ekranga uzoq vaqt tikilishdan saqlanish;
  • retseptsiz sotiladigan sun’iy ko’z yoshlarini qo’llash.

Foydali: Homiladorlikda ishtaha yo’qolishi va uni yengillashtirish usullari

Davolash

Homiladorlikda ko’zdagi ba’zi o’zgarishlar ko’z qurishidan ko’ra jiddiyroq bo’lishi mumkin. Homiladorlikda quruq ko’z holatini bartaraf etish bir qancha profilaktik tadbirlar bilan bir qatorda, oftalmolog tomonidan ko’rsatiladigan tibbiy muolajalar orqali olib boriladi.

Ko’zdagi ba’zi alomatlar preeklampsiya kabi jiddiy holat borligini ko’rsatishi mumkin. Ko’zingizda ushbu alomatlar bo’lsa, shifokorga murojaat qiling:

  • ko’rishning xiralashishi;
  • rangni farqlashda o’zgarishlar;
  • ko’rish sohasidagi qora dog’lar, miltillovchi yorug’lik, suzuvchi tashvir va noodatiy barcha ko’rish o’zgarishlari;
  • diqqatni jamlay olmaslik;
  • vaqtinchalik yoki qisqa fursatda ko’rlikni boshlanishi.

Agar sizda quyidagi sog’lik muammolaridan birortasi bo’lsa, homiladorlikda ko’zda jiddiy o’zgarish sodir bo’lish xavfi bor:

Shu sababdan, homiladorlikda ko’z qurishi holati bezovta qilsa, albatta, oftalmolog ko’rigidan o’ting. Chunki quruq ko’zlar yoki ko’zdagi boshqa o’zgarishlar yuqorida aytib o’tganimizdek, turli patologik holatlarning ilk alomatlari bo’lishi mumkin.

Ushbu maqola www.aoa.org va www.healthline.com nashri ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.

Kasalliklar