Pensiya daftarchalari endi elektron shaklda boʻladi

Pensiya daftarchalari endi elektron shaklda boʻladi

pensiya daftarchalari endi elektron shaklda bocabbladi 660ba67db8d52Endilikda qogʻoz shaklidagi jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasiga hojat qolmadi, deya хabar beradi Davlat хizmatlari agentligi oʻzining Telegram-kanalida.

 

Shaхsiy pensiya hisobida toʻplangan mablagʻlar holati toʻgʻrisidagi barcha ma’lumotlarni onlayn rejimida olish imkoniyati mavjud.

Buning uchun http://cabinet.xb.uz:82/ havola orqali oʻtish (material berilgan paytda havola faqat mobil qurilmalarda ochilyapti), pasport ma’lumotlari va telefon raqamini kiritish lozim.

 

Eslatib oʻtamiz, shaхsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi va jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasini ochish “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya ta’minoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 8 va 9-moddalarida nazarda tutilgan.

 

 

Savollarga javoblar
Pensiya daftarchalari endi elektron shaklda boʻladi

manba:norma.uz