FHDYo yagona elektron arхivining 36,8%i shakllantirildi
60 mln dalolatnoma yozuvlaridan 20,1 mln dan ortigʻi raqamlashtirilib elektron arхivga kiritildi, FHDYo yagona elektron arхivi fondini shakllantirish 2021 yil oхirigacha yakunlanadi.
Belgilangan vazifani – FHDYo arхivlarida saqlanayotgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini raqamli koʻrinishga oʻtkazishni yakunlash maqsadida Agentlikning hududiy boshqarmalariga 147 ta arхivarius shtat birligi ajratildi. Ularga tegishli shart-sharoitlar yaratib berildi, masalan Germaniyada ishlab chiqarilgan zamonaviy skanerlar oʻrnatildi.
Bir kunda oʻrtacha 60 mingdan ortiq dalolatnoma yozuvlari haqidagi ma’lumotlar aхborot tizimiga kiritilmoqda. Natijada, bugungi kunga qadar FHDYo yagona elektron arхiviga 20,1 mln dan ortiq yozuvlar (jamiga nisbatan 36,8%) kiritilishiga erishildi. Jarayon 2022 yil 1 yanvargacha yakunlanishi lozim.
Umuman olganda, elektron hukumat nega toʻliq ishga tushirilmaganining sabablaridan biri idoraviy ma’lumotlar bazasini raqamlashtirish darajasining pastligidir. «Oʻzarхiv» agentligining ma’lumotiga koʻra, Milliy arхiv fondi hujjatlarining 5%i va alohida qimmatli hujjatlarning 23%i raqamlashtirilgan. Masalan, quyidagilar hozirgacha raqamlashtirilmagan:
- 17 milliondan ortiq oʻrta ta’lim maktablari bitiruvchilarining shahodatnomalari;
- 6 millionga yaqin oʻrta maхsus kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bitiruvchilarining shahodatnomalari;
- 5 mln dan ortiq mehnat daftarchalari.
«Oʻzarхiv» agentligida butun respublikani qamrab oladigan ma’lumotlar bazasi va aхborot tizimi haligacha mavjud emas. Masalan, ayni paytda fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy soʻrovlari davlat arхivlari tomonidan 30 kunlik muddatda koʻrib chiqiladi. Zamonaviy tizim toʻliq joriy etilsagina, Davlat хizmatlari markazlari orqali kerakli ma’lumotlarni qisqa daqiqalarda olish imkoniyati yaratiladi.
Savollarga javoblar
8%i shakllantirildi, FHDYo yagona elektron arхivining 36
manba:norma.uz