Qayta moliyalashtirish stavkasi oʻzgarmadi

Qayta moliyalashtirish stavkasi oʻzgarmadi

 

qayta moliyalashtirish stavkasi ocabbzgarmadi 660ba5966e4e7Markaziy bank Boshqaruvi 20 iyuldagi qarori bilan qayta moliyalashtirish stavkasini yillik 16% darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi.

 

Qaror iqtisodiyotda inflyatsion хatarlarning saqlanib qolayotganligi hamda kreditlar uchun resurslar manbalarini shakllantirishda davlat mablagʻlaridan an’anaviy bozor instrumentlariga oʻtish zaruriyati yuzaga kelgan sharoitida banklardagi uzoq muddatli jamgʻarmalar va ular ulushining oshishi sur’atlarini mustahkamlash vazifalaridan kelib chiqib qabul qilindi.

 

2019 yilning I yarim yilligida avval e’lon qilingan ikkita press-relizlarda nazarda tutilgan ayrim inflyatsion хatarlarning yuzaga kela boshlaganligini inobatga olib, inflyatsiya prognozi 13,5-15,5% oraligʻida oʻzgarishsiz qoldirildi.

 

Markaziy bank inflyatsiyaning ichki va tashqi omillari ta’sirini, iqtisodiyot holatini diqqat bilan kuzatib boradi, banklarning moliyaviy barqarorligi monitoringini amalga oshiradi hamda iqtisodiyotda noaniqliklar va tarkibiy shoklarning bosqichma-bosqich kamayishidan kelib chiqib tegishli choralar koʻrib boradi.

 

MB Boshqaruvining qayta moliyalashtirish stavkasini koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi majlisi 2019 yil 20 oktyabrga rejalashtirilgan.

 

 

Savollarga javoblar
Qayta moliyalashtirish stavkasi oʻzgarmadi

manba:norma.uz