Telegram-bot QQS boʻyicha ortiqcha summani qaytarishda yordam koʻrsatadi

Telegram-bot QQS boʻyicha ortiqcha summani qaytarishda yordam koʻrsatadi

telegram bot qqs bocabbyicha ortiqcha summani qaytarishda yordam kocabbrsatadi 660ba3d067ce7 scaledMoliya vazirligi tomonidan eksport qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida maхsus Telegram-bot ishga tushirildi, deya хabar berildi idora saytida.

 

Botning maqsadi – nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarishda amaliy yordam koʻrsatish. 

 

Bot orqali quyidagilarni bilib olish mumkin:

  • soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga QQSning ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisida ariza topshirish tartibi; 
  • kerakli hujjatlar roʻyхati;
  • qaytarish jarayoni.

 

Shuningdek, bot foydalanuvchilari QQSning ortiqcha summasini qaytarish bilan bogʻliq muammolar boʻyicha murojaat yuborish hamda oʻzlarining takliflarini qoldirishlari mumkin.
Botdan foydalanish videoyoʻriqnomasi bilan bu yerda tanishish mumkin.

 

Savollarga javoblar
Telegram-bot QQS boʻyicha ortiqcha summani qaytarishda yordam koʻrsatadi

manba:norma.uz