OTM kontraktini 15 oktyabrgacha toʻlash mumkin

OTM kontraktini 15 oktyabrgacha toʻlash mumkin

 

otm kontraktini 15 oktyabrgacha tocabblash mumkin 660b9f8047c37Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi 2019/2020 oʻquv yilida kontrakt uchun toʻlov oʻtkazishning belgilangan muddati uzaytirilishi haqida e’lon qildi.

 

Toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 2019 yil 15 oktyabrga qadar toʻlov haqini oʻtkazishlari hamda talabalar safiga qabul qilinishlari mumkin.  Toʻlov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan yuqori kurs talabalari uchun kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddatlari OTM rektori (filial direktori) tomonidan uzaytiriladi.

 

Eslatib oʻtamiz, umumiy qoidalarga koʻra, belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50%i – ta’limning birinchi yilida — 15 sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi yillarda — 1 oktyabrgacha oʻtkaziladi. Qolgan summa 1 martgacha toʻlanadi.

 

Talabalar stipendiya olish yoki olmaslikni tanlash huquqiga ega ekanliklari ilgari хabar qilingan edi. Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha kontrakt miqdorlari – bu yerda.

 

Savollarga javoblar
OTM kontraktini 15 oktyabrgacha toʻlash mumkin

manba:norma.uz