Qayta moliyalashtirish stavkasi ilgarigi 16% darajasida saqlab qolindi
Mazkur qaror inflyatsiyaning pasayib borayotgan prognoz trendiga toʻliqroq ishonch hosil qilish uchun ma’lum muddat zarurligi hamda tartibga solinadigan narхlarning oshirilishi boʻyicha ayrim noaniqliklarning mavjudligi bilan izohlanadi.
Bu haqda Markaziy bank oʻz saytida ma’lum qildi. Bunda keyingi yigʻilishlarda asosiy stavkani biroz pasaytirish tomonga qayta koʻrib chiqish ehtimoli mavjud. Markaziy bank 2020 yil uchun inflyatsiyaning bazaviy prognozini belgilangan 12-13,5% darajasida saqlab qolmoqda.
Transport infratuzilmasi va bozorlardagi raqobatni rivojlantirish, iqtisodiyotning turli sohalarini gaz va elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash borasida zaruriy tarkibiy islohotlarni amalga oshirish inflyatsiyaning barqaror sekinlashishining asosiy omili hisoblanadi.
Bunda Markaziy bank inflyatsion omillar хususiyati va хatarlarni diqqat bilan oʻrganib boradi, inflyatsiyaning prognoz dinamikasiga nisbatan mustahkam ishonch hosil boʻlgan sharoitda asosiy stavkani pasaytirish boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi.
Savollarga javoblar
Qayta moliyalashtirish stavkasi ilgarigi 16% darajasida saqlab qolindi
manba:norma.uz