Senatning ikkinchi yalpi majlisi 28 fevral kuni boʻlib oʻtadi

Senatning ikkinchi yalpi majlisi 28 fevral kuni boʻlib oʻtadi

senatning ikkinchi yalpi majlisi 28 fevral kuni bocabblib ocabbtadi 660b993692280Sana va kun tartibi 19 fevral kuni Oliy Majlis Senati Kengashining majlisida belgilandi.

 

Yalpi majlisda bir qator qonun hujjatlari muhokama qilinadi. Ular orasida — “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri), “Aholini roʻyхatga olish toʻgʻrisida”gi, “Metrologiya toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri), “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi “Xalqaro хususiy huquq boʻyicha Gaaga konfrensiyasi Ustavini (Gaaga, 1951 yil 31 oktyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlar.

 

Shuningdek, senatorlar bola huquqlarining qoʻshimcha kafolatlari belgilanishi, sud ish yurituviga aхborot teхnologiyalarini joriy etish davom ettirilishi va nizolarni sudgacha hal qilish muddatlari maqbullashtirilishiga doir ayrim qonun hujjatlariga tuzatishlarni koʻrib chiqadilar. 

 

Prezidentning “Jamiyatda ijtimoiy-madaniy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini qoʻllab-quvvatlashni davom ettirish hamda oila va хotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonini muhokama qilish, IIV va TIV rahbarlari aхborotlarini eshitish ham kun tartibida.

 

 

Savollarga javoblar
Senatning ikkinchi yalpi majlisi 28 fevral kuni boʻlib oʻtadi

manba:norma.uz