Homiladorlikda qorinda bo’ladigan o’zgarishlar Salomatlik haqida
Mobil ilovani yuklab oling
Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.
Homiladorlik — bu katta quvonch davri, ammo bo’lajak ona qayg’uradigan hech qanday muammo yo’q degani emas. Ulardan biri uning doimiy ravishda o’sib borayotgan chaqaloq va qorinning kattarish holatidir. Xo’sh, homiladorlikda qorin qanday o’zgaradi?
Ayol homiladorlik haftasiga nisbatan qorni juda katta yoki juda kichik yoki homila qorinning tepa qismida yoki pastki qismida «joylashishi»dan tashvishlanishi mumkin.
Homilaning rivojlanishi hammada har xil kechadi
Agar siz homilador qoriningizning kattaligi yoki shakli haqida tashvishlanayotgan bo’lsangiz, yolg’iz emasligingizni biling. Barcha ayollarda bu holat har xil ko’rinishda bo’ladi va sizning chaqalog’ingizni rivojlanishi yaxshi holatda, havotir olmang.
Homiladorlikda qorinning kichikligi
Siz yaxshi ovqatlanayapsiz, mashq qilyapsiz va muntazam ravishda tug’ruqdan oldin tekshiruvlardan o’tayapsiz. Shunga qaramay, odamlar ko’pincha sizning homilangiz muddatingizga nisbatan kichik ko’rinishini aytishadi yoki haqiqatan ham yetarlicha ovqatlanayotganingiz haqida so’rashadi.
Chaqaloqlar singari, homiladorda ayol qorni ham har xil shakl va o’lchamda bo’ladi. Shifokoringiz yoki doyangiz doimiy tekshiruvlar orqali tug’ruq sanangiz va homilangizning katta-kichikligiga qarab, tug’ilajak farzandingizni kattaligini aytib beradi, har bir tashrifingizda bir marta qoringiz o’lchanadi va bu muntazam tekshiruvlar 15 haftadan 20 haftagacha bo’lgan vaqtdan o’tkazilib boshlanadi.
Agar qorin bo’shlig’i mushaklari chindan ham kuchli va mustahkam bo’lsa, ular sizning o’sayotgan bachadoningizdagi homilani kutilganidek tashqariga chiqib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Uzun bo’yli ayollarning qorni ham qorin bo’shlig’i bir xil muddat va o’lchamdagi past bo’yli ayolnikiga qaraganda kichikroq ko’rinadi.
Homiladorlikda qorinning kichikligi bilan bog’liq bo’lgan yagona muammo bu oligogidramnion deb ataladigan holat bo’lib, bunda amniotik suyuqlik juda kam miqdorda bo’ladi. Bu shifokoringiz sizning muntazam prenatal tekshiruvlarda e’tibor berishi kerak bo’lgan holatdir.
Qiziqarli: Onalik instinkti nima?
Homiladorlikda qorin kattalashishi yoki katta bo’lishi
Homilani qorningizdagi joylashuvi yoki tana tuzilishingiz tufayli siz nisbatan kattaroq homilani ko’tarayotgandek tuyulishingiz mumkin. Past bo’yli ayolda homilador qorin juda katta ko’rinishi mumkin.
Agar bu sizning birinchi homiladorligingiz bo’lmasa, ehtimol birinchi marta homiladorlik davridan ko’ra siz ertaroq qorningiz kattalashganini sezgan bo’lishingiz mumkin. Buning sababi, birinchi homiladorlikdan keyin mushaklaringiz biroz cho’zilgan bo’ladi va bachadonning kengayish bosimga osonroq bo’ysunadi.
Sizning shifokoringiz yoki doyangiz har safar prenatal tekshiruvlarda qorin kattaligini o’lchaydi va nazorat qiladi.
Kamdan-kam hollarda, qorinning katta bo’lishiga amniotik suyuqlikning ko’pligi (poligidramnion) sabab bo’ladi va shifokor o’z vaqtida bu holatni to’g’ri baholab, chora ko’rishi kerak bo’ladi.
Homilaning qorinning yuqori qismida bo’lishi
Chaqaloqning bachadonga oldinga va yuqoriga yo’nalgan holatda joylashishi, ayniqsa, homiladorlikning dastlabki ikki trimestrida odatiy hol emas. Ba’zi ayollar homiladorlikni boshidan oxirigacha shu tarzda o’tkazadilar, ayniqsa qorin mushaklari juda kuchli bo’lgan ayollar. Ayrim ayollar katta yoshlilardan homilaning joylashishiga qarab jinsini aniqlashga qiziqishadi. Va turli izlanishlar olib borishadi. Biroq homila joylashishiga qarab jinsini aniqlash kabi fikrlar hech qanday ilmiy asosga emas.
Homilaning pastda joylashishi
Bolaning bachadonning pasti qismida ko’tarish noqulay bo’lishi mumkin. Ikkinchi yoki uchinchi homiladorlikda o’sayotgan bachadonga yordam beruvchi mushaklar va paylar cho’zilgan va zaiflashgan bo’lib, o’sayotgan bachadonni avvalgidek ushlab turolmaydi.
Homiladorlikning oxiriga kelib, siz deyarli bir kechada oldingisiga qaraganda kamroq og’irlikni ko’tarayotganingizni sezishingiz mumkin. Buning sababi, ehtimol, sizning chaqalog’ingiz tug’ilishga tayyorgarlik ko’rmoqda (Hamma chaqaloqlarda ham bu kuzatilmaydi, ba’zilari tug’ruq boshlangunga qadar tushmaydi.)
Agar homiladorlik kalendari bo’yicha 37-haftadan oldin bir kecha-kunduzda bu holatni paydo bo’lganini sezsangiz, shifokoringiz bilan gaplashing, chunki bu tanangiz tug’ilishga tayyorlanayotganini bildirishi mumkin.
Homilaning pastda bo’lishining eng katta muammosi — bu sizning belingizga bosim o’tkazishidir. Tos bo’shlig’ini harakatlantirish kabi mashqlar pastki qismdagi noqulaylik yoki beldagi og’riqni yengillashtirishga yordam beradi.
Muhim: Homiladorlikda bel og’rishi — sabablari va bartaraf qilish usullari
Homiladorlikda qorin: Keng yoyilishi
Qornining keng bo’lishi chaqalog’ingizning ko’ndalang yotganligini anglatishi mumkin, ya’ni boshi yuqoriga yoki pastga emas, balki yon tomonga yotishi.
Agar chaqaloq tug’ilish vaqtiga qadar boshini pastga qaratmasa, bu holda sizga keserva kerak bo’lishi mumkin.
Homiladorlikda to’g’ri ovqatlanish uchun shifokor yoki akusherning ko’rsatmalariga amal qiling, chunki siz va chaqalog’ingizning sog’ligi aynan sog’lom ovqatlanish hamda to’g’ri tashkillashtirilgan kundalik odatlarga bog’liq.
Ushbu maqola www.verywellfamily.com hamda thebump.com saytlari ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.
Salomatlik