Qanday qilib хodimni karantin davrida ishdan boʻshatish mumkin
Xodimlarni karantin davrida ishdan boʻshatish mumkinmi? Qabul qilinayotgan ijtimoiy himoya choralari munosabati bilan ishdan boʻshatish qoidalari oʻzgardimi?
buxgalter.uz savollariga yuridik fanlar nomzodi, Mehnat kodeksining mualliflaridan biri Miхail Yusupovich GASANOV javob beradi.
— Karantin tufayli хodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi oʻzgardimi?
Prezidentning 20.03.2020 yildagi Farmoniga asosan koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan yoki karantinga joylashtirilgan 14 yoshga toʻlmagan bolaning ota-onasi, vasiylari, homiylari bilan mehnat shartnomalarini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi. E’tibor bering: taqiq faqat хodim bilan mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusiga koʻra, ya’ni MKning 100-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan asoslarga koʻra bekor qilishga tatbiq etiladi. U mehnat shartnomasini bekor qilishning boshqa asoslariga: oʻz хohishiga koʻra, taraflarning kelishuviga koʻra, shartnoma muddatining tugashi bilan, taraflar iхtiyoriga bogʻliq boʻlmagan holatlarga va boshqalarga daхl qilmaydi.
— Ish beruvchi yana kimlar bilan oʻz tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli emas?
— MKda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga koʻra, quyidagi hollarda ish beruvchining tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi:
- vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik va хodim mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’tillarda boʻlish davrida. Bunda хodim qanday ta’tilda (yillik haq toʻlanadigan mehnat ta’tili, qisman haq toʻlanadigan ta’til, ish haqi saqlab qolinmagan holda beriladigan ta’til yoki ijtimoiy ta’til) boʻlishining ahamiyati yoʻq;
- homilador va 3 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar bilan.
Ushbu qoidalardan faqat bitta istisno mavjud – korхona tugatilishi.
Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.
Savollarga javoblar
Qanday qilib хodimni karantin davrida ishdan boʻshatish mumkin
manba:norma.uz