Mastit kasalligi Kasalliklar haqida

Mastit kasalligi Kasalliklar haqida

mastit kasalligi kasalliklar haqida 65cce22eaa2ae


Mobil ilovani yuklab oling

Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.


Mastit bu — bir yoki ikkala ko’kraklardagi sut bezi to’qimalarida infeksiya paydo bo’lishi bilan kechadigan kasallik. Bu odatda emizikli ayollarda kelib chiqadi.

Ko’krakda ko’pincha qattiq, og’riqli soha bo’lishi mumkin. Bu holat sut kanalining bekilib qolishi yoki bakteriayalarning teri orqali ko’krakka kirishi natijasida yuzaga keladi. Ko’pincha bu holat bola tug’ilgandan boshlab dastlabki 3 oy ichida rivojlanadi, lekin 2 yildan so’ng o’z belgilarini yuzaga chiqaradi.

Ba’zi onalar o’z chaqaloqlarini sutdan noto’g’ri ajratishlari natijasida ham ularda mastit kelib chiqadi. Ko’pigina holatlarda, mastit paytida emizishni davom ettirish kerak. Mastit odatda, faqat bitta ko’krakda bo’ladi.

Muhim: Homiladorlikda ko’krakdagi o’zgarishlar

Mastit belgilari

Mastit belgilari tezkorlik bilan rivojlanishi mumkin. Bular quyidagilar:

  • Ko’krak sohasida qizarish va shish;
  • Ko’krakning ta’sirlangan sohasiga tekkanda og’riq hissi;
  • Ko’krakning ta’sirlangan sohasiga tekkanda issiqlik hissi bo’lishi;
  • Ko’krakdagi achishish hissi, u doimo mavjud bo’lishi mumkin yoki aynan emizish paytida;
  • Grippga o’xshash alomatlar.

Quyidagi alomatlar mavjud bo’lishi mumkin:

Davolash

Davolashning birinchi yo’nalishi bu o’z-o’zidan yordam beradigan vositalardir, masalan, ovqatlantirish paytida ko’krak to’g’ri drenajlanishi ta’minlanadi.

Shifokor infeksiyani davolash maqsadida antibiotiklarni buyurishi mumkin. Ular shuningdek, agar sababi shu bo’lsa, tiqilib qolgan sut yo’llarini davolash usullarini ham tavsiya qiladilar.

Ba’zi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, bunda antibiotiklar yordam bermaydi va ularni emizish paytida qo’llash man etilgan bo’lishi mumkin. Dastlab dorivor bo’lmagan vositalarni qo’llab ko’rish kerak.
Agar asoratlar yuzaga kelsa va vaziyat tez rivojlansa, va bu jiddiyroq bo’lib ko’rinsa, kasalxonaga yotqizish va antibiotiklar bilan davolash tavsiya etiladi.

Foydali: Bolalarni ko‘krak suti bilan uzoq vaqt oziqlantirishning foydali va zararli tomonlari

Mastit sabablari

Mastit, qachonki emizishda odatda, sut yo’lining bekilib qolishi yoki tiqin paydo bo’lishi natijasida yuzaga keladi. Bloklanish sut turib qolishiga sabab bo’ladi, qachonki, ishlab chiqarilgan sut ovqatlantirish paytida chiqmay qoladi va ko’krakda qoladi.
Bunday vaziyatda chaqaloqda quyidagi holatlar yuzaga kelishi mumkin:

  • Ko’krakka to’g’ri yopishmaydi;
  • Ko’krakdan sutni so’rishda qiynaladi;
  • Emish holati kamayadi.

Sut kanallari masalan, qattiq kiyim tufayli ko’krakdagi bosim sabab ham bekilib qolishi mumkin. Ko’pincha, onalar ko’krak bolaning burun yo’lini bekitib qo’ymasligi uchun har kuni bir xil joyiga barmoq qo’yishadi. Bu soha keyinchalik tiqilib qolgan kanalga aylanadi.

Qiziqarli: Bola rivojlanish bosqichlari: Eshitish va tovush chiqarish

Sutning to’g’ri chiqarilishiga to’sqinlik qiladigan har qanday narsa odatda sutning turib qolishiga va bu ko’pincha sut yo’llarining tiqilib qolishiga olib keladi. Umuman olganda, bakteriyalar yangi ona sutida ko’paymaydi. Biroq, agarda sut yo’llari bekilib qolsa yoki ularda sut turib qolsa, shu yerda infeksiyalar ko’payish ehtimolligi yuqori bo’ladi.

Teri yuzasidagi bakteriyalar ko’krakka kichik yoriqlar yoki teshikchalar orqali kirishi mumkin.

Mastit kabi kasalliklarning yuzaga kelishida birlamchi omil sifatida yosh onaning bolani to’g’ri emizish haqidagi bilim va ko’nikmalarining yetishmasligi yotadi.
Bu kabi muammolarni osonroq va zararsiz hal etish uchun «Lalu» jamoasi yosh onalar uchun zarur bo’lgan foydali bilimlarni tayyorlab kelmoqda.

Mastitni uy sharoitida davolash

Quyidagi o’z-o’zini parvarish qilish usullari ko’pincha emizish paytida bekilib qolgan sut yo’lini ochish uchun qo’llaniladi:

  • To’g’ri emizish bo’yicha bilim olish;
  • Ko’p suyuqlik ichish va yetarlicha dam olish;
  • Tez-tez emizib turish, agar ovqatlantirish imkoni bo’lmasa ko’krakdagi sutni sog’ib tashlash;
  • Ta’sirlangan ko’krak bilan ovqatlantirishni boshlash, bu uning ko’proq drenajlanishiga olib keladi;
  • Oziqlantirib bo’lgandan so’ng, qolgan sutni sekinlik bilan sog’ib tashlash;
  • Mutaxassis bilan birgalikda kichkintoy ko’krakdan to’g’ri oziqlana olayotganligini tekshirish va maslahat olish;
  • Turli oziqlantirish usullarini sinab ko’rish, ko’krakdagi sutni tugatadigan eng samarali usulni topish;
  • Holatni tez-tez o’zgartirish;
  • Oziqlantirishdan oldin ko’krakni isitilgan kompress bilan isitib olish, chunki bunday qilish ba’zan chaqaloq sut qabul qilishini osonlashtirishi mumkin.
  • Oziqlantirilganadan so’ng, salqin kompresslarni qo’llash;
  • Keng kiyim kiyish;
  • Drenajni osonlashtirishning eng yaxshi yo’li bu bolaning iyagini tiqin paydo bo’lgan kanalga qaratish;
  • Og’riqni yo’qotish maqsadida ko’krakka iliq suv bilan namlangan mato qo’yish.

Foydali maqola: Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi

Kasalliklar