Egizak homiladorlik ehtimolligi nimalarga bog’liq? Salomatlik haqida
Mobil ilovani yuklab oling
Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.
Qanday qilib egizak farzandli bo’lish ehtimolini oshirish haqida ko’plab afsonalar mavjud. Ayolda egizak homiladorlik bo’lishi ehtimolligini oshirishning isbotlangan usullari mavjud bo’lmasa-da, bunday homilador bo’lish foizini oshiruvchi ma’lum omillar mavjud.
Ba’zi omillar egizaklar tug’ilish foizlarini oshirishi mumkin, bular quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- Ayolning yoshi;
- Oilada egizaklar borligi;
- Bepushtlikni davolash;
Homiladorlikda embrion hosil bo’lishi uchun sperma tuxumni urug’lantirishi kerak. Agar bachadonda ikkita tuxum hujayra bo’lib, ular urug’lantirilsa yoki urug’langan tuxum ikkita alohida embrionga bo’linsa, ayolda egizak homila paydo bo’lishi mumkin.
Ikki xil turdagi egizaklar mavjud:
Aynan o’xshash bo’lgan egizaklar: homiladorlikning ushbu turi urug’langan tuxum ikkita alohida embrionga bo’linganida sodir bo’ladi. Bu embrionlar monozigotdir, ya’ni ular aynan bir xil genga ega bo’ladilar. Aynan o’xshash bo’lgan egizaklar bir xil jinsli va bir-biriga juda o’xshash bo’lishadi.
O’xshash bo’lmagan egizaklar: homiladorlikning bunday turi urug’lanish paytida bachadonda ikkita tuxum mavjud bo’lganda va sperma ikkalasini ham baravar urug’lantirganda sodir bo’ladi. Bu embrionlar dizigotikdir, ya’ni ular bir-xil genlarga ega emas va bir jinsli bo’lmasligi mumkin.
Tegishli maqola: Homiladorlik belgilari: ilk va ikkilamchi alomatlari
Nima egizaklar ehtimolini oshiradi?
Bir necha omillar ayolda egizak homila bo’lish ehtomilligini oshirishi mumkin. Bularga quyidagilar kiradi:
Oila tarixi
Agar oilada egizaklar bo’lgan bo’lsa, ayolda egizak farzand ko’rish ehtimolligi biroz yuqoriroq bo’ladi. Ota tomondan oila tarixida egizaklar borligiga qaraganda, ona tomondan oila tarixida egizaklar borligi egizak homiladorlik ehtimolini oshishiga olib keladi. Biroq bu faraz faqat bepushtlikni davolash usullaridan foydalanilmagan holatlarda «ishlashi» mumkin.
Bepushtlikni davolash
ASRM ta’kidlashicha, egizaklar bo’lish imkoniyatini oshiradigan asosiy omil bu bepushtlikni davolash usullaridan foydalanishdir. Har-xil turdagi bepushtlikni davolash usullari mavjud bo’lib, ular egizak bo’lishi ehtimolligini turli yo’llar bilan oshiradi.
Ba’zi tug’ilish dorilari ayol tuxumdonlarini rag’batlantiradi, bu uning bir nechta tuxumlarni chiqishiga olib keladi. Agar sperma ikkala tuxumni ham baravar urug’lantirsa, natijada egizaklar paydo bo’lishi mumkin. In vitro (sun’iy) urug’lantirish ham egizak homila paydo bo’lish imkoniyatini oshirishi mumkin.
Yosh
Amerika ayollar salomatligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 30 va undan katta yoshdagi ayollarda egizak homilador bo’lish ehtimolligi yuqoriroq hisoblanadi. Buning sababi shundaki, bu yoshdagi ayollar reproduktiv sikl davomida yosh ayollarga nisbatan ko’proq tuxum chiqaradilar. Agar sperma ikkita alohida tuxumni urug’lantirsa, homila egizak bo’lishi mumkin.
Bo’y uzunligi va vazn
ASRM hisobotiga ko’ra, bir-xil bo’lmagan egizaklar bo’yi past ayollarga qaraganda, bo’yi uzunroq va nisbatan og’ir vaznga ega bo’lgan ayollarda ko’proq uchraydi. Buning sabablari aniq emas, lekin bu yaxshi ovqatlanish holati bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Tana vazni yuqori bo’lgan ayollarda homila rivojlanishi uchun ko’proq zaxiralar bo’lishi mumkin.
Irqiy kelib chiqish
Ma’lumotlarga ko’ra, AQSHda ispaniyalik ayollarning ispaniyalik bo’lmagan oq va qora tanli ayollarga qaraganda egizak farzand ko’rish ko’rsatkichlari kamroq ekan.
Egizak farzandli bo’lish ehtimolini oshirish
Egizaklarning homilador bo’lish ehtimolini qanday oshirish haqida ko’plab isbotlanmagan da’volar mavjud. Ba’zi odamlar maxsus parhezlarga rioya qilishni yoki muayyan muqobil davolash usullarini qo’llashni maslahat berishadi, ammo bu usullarni qo’llab-quvvatlaydigan ilmiy dalillar yo’q.
Foydali maqola: Homiladorlikda ishtaha yo’qolishi va uni yengillashtirish usullari
Salomatlik