2020 yilda oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirish tartibi belgilandi

2020 yilda oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirish tartibi belgilandi

2020 yilda oliy ocabbquv yurtlariga ocabbqishga kirish tartibi belgilandi 660b92317e2814 iyun kuni Bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayev ishtirokida oʻtkazilgan brifingda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalariga hujjatlar qanday qabul qilinishi, kirish imtihonlari qanday tartibda oʻtkazilishi haqida soʻz yuritildi.

 

Hujjatlar onlayn topshiriladi

 

Joriy yilda Oʻzbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga hujjatlar 15 iyundan 15 iyulgacha onlayn-rejimda quyidagilar orqali qabul qilinadi:

 

Talab etiladigan hujjatlar:

1. Oʻtgan yillardagi bitiruvchilar uchun:

  • pasport;
  • diplom;
  • chet tili boʻyicha bilim darajasi toʻgʻrisidagi sertifikat;
  • imtiyozga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud boʻlgan taqdirda).

2. Joriy yildagi bitiruvchilar uchun:

  • pasport;
  • attestat (hujjatlarni qabul qilib oluvchi uni ma’lumotlar bazasidan elektron shaklda oladi).

 

Faqat sohaga oid fanlar boʻyicha imtihonlar

 

Joriy yilda, istisno tariqasida, kirish imtihonlari faqat sohaga oid ikkita fan boʻyicha oʻtkaziladi (majburiy uchta fan – ona tili, Oʻzbekiston tariхi va matematika qoʻshilmaydi). Ballar quyidagi tartibda taqsimlanadi:

  • 1-blok – 30 ta savol, har bir toʻgʻri javob uchun 3,2 ball beriladi, jami 96 ball toʻplash mumkin;
  • 2-blok – 30 ta savol, har bir toʻgʻri javob uchun – 3,1 ball, jami – 93 ball.

 

Test savollarining ikkita bloki boʻyicha eng yuqori ball хuddi oʻtgan yildagidek 189 ballni tashkil etadi. Testlarni yechish uchun 3 soat beriladi.

 

Imtihon topshiruvchilar binoga karantin talablarini hisobga olgan holda kiritiladi. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi ma’lumotlariga koʻra, imtihonlar 64 ta binoda uch smenada (7.30 da, 11.30 va 15.30 da) oʻtkaziladi. Har bir smenada 25 ming abituriyent boʻladi, har bir test ishtirokchiga 3 kv.m joy ajratiladi.

 

Test sinovlari qatorida umumiy ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha 11 iyuldan 20 iyulgacha, alohida iqtidor talab etiladigan yoʻnalishlar boʻyicha 25 iyuldan 10 avgustgacha kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladi.

 

Karantin choralari uzaytiriladigan boʻlsa, kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladigan muddatlar oʻzgartirilishi mumkin. Ijodiy imtihonlar soddalashtirilgan dastur va tartib boʻyicha baholanadi. Bunda:

  • bir abituriyentga 1 soatdan ortiq vaqt ajratiladi;
  • bir abituriyent oʻquv muassasasiga 1 marta kiritiladi.

 

Test jarayoni televideniye orqali jonli efirda namoyish etiladi hamda Internet orqali koʻrish mumkin boʻladi. Abituriyentlarni tashqarida kutib turuvchi qarindoshlar soni cheklanadi.

 

Lola Abduazimova.


Savollarga javoblar
2020 yilda oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirish tartibi belgilandi

manba:norma.uz