Oʻrindosh uchun foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya berish kerakmi?

Oʻrindosh uchun foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya berish kerakmi?

ocabbrindosh uchun foydalanilmagan tatil uchun kompensatsiya berish kerakmi 660b90b0499bcAgar хodim-oʻrindosh ishdan boʻshatilsa, unga foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun kompensatsiya toʻlash lozimmi? Bu holda u qanday toʻgʻri hisoblanadi? Foydalanilmagan mehnat ta’tillari boʻyicha da’vo berish muddatlari oʻrnatilganmi? Buxgalter.uz ushbu masalani tushunishga yordam beradi.

 

Har bir хodim yillik haq toʻlanadigan ta’til huquqiga ega. Bu oʻrindoshlik asosida ishlovchilarga ham tegishli.

 

Har qanday хodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qoʻshimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya toʻlanishi kerak. Aks holda хodim oʻz huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan boshlab 3 oy muddatda sudga murojaat qilishga toʻliq huquqga ega. Bu holda, ish beruvchining gʻayriqonuniy harakatlari tasdiqlangan taqdirda хodimning foydalanilmagan ta’til uchun pullik kompensatsiya toʻlash toʻgʻrisidagi talabi toʻliq hajmda qanoatlantiriladi.

 

Hatto ish haqini undirish toʻgʻrisida nizo kelib chiqqan taqdirda ham, хodimning foydalanilmagan ta’til uchun хodimga tegishli boʻlgan kompensatsiyani toʻlash toʻgʻrisidagi pullik talablari toʻliq hajmda qanoatlantiriladi.

 

Qanday hisoblanadi

 

Misol uchun, хodim korхonada (byudjetdan tashqari tashkilot) 04.04.2017 yildan 29.06.2020 yilga qadar ishlagan. Hech qachon ta’tilda boʻlmagan. Ishdan boʻshatilishidan oldin maoshi 1 500 000 soʻmni tashkil etgan. Yanvar oyida хodim mukofot olgan – 450 000 soʻm. Ishdan boʻshatilishidan oldingi 12 oy uchun ish haqidan tashqari boshqa toʻlovlar boʻlmagan. Ta’tilning davomiyligi mehnat shartnomasiga asosan 15 ish kunini tashkil etadi.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 

Savollarga javoblar
Oʻrindosh uchun foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya berish kerakmi?

manba:norma.uz