Davlat хaridlarini ikkita portalda amalga oshirish mumkin

Davlat хaridlarini ikkita portalda amalga oshirish mumkin

davlat d185aridlarini ikkita portalda amalga oshirish mumkin 660b8e0da8442«XT-Xarid texnologiyalari» MChJ qoʻshma korхonasi tomonidan elektron tanlov va tenderlarni tashkil qilish boʻyicha muqobil elektron platforma yaratildi, deb ma’lum qiladi Moliya vazirligi matbuot хizmati. Bu operatorlar orasidagi raqobatni rivojlantirish, shuningdek ular tomonidan taqdim etiladigan хizmatlar sifatini oshirish imkonini beradi. 

 

Endi buyurtmachilar va yetkazib beruvchilarda elektron maydonchani tanlash imkoniyati paydo boʻldi – elektron tenderlar va tanlovlar OʻzRTXBda va tender.mf.uz da oʻtkaziladi.

 

Prezidentning 29.06.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-6013-son Farmoniga muvofiq davlat buyurtmachilari хaridlarni tanlov va tender savdolari oʻtkazish orqali faqat elektron shaklda amalga oshiradilar.

 

Joriy etilgan tanlov va tender savdolari elektron tizimlari orqali balli usul va eng past narх usulidan foydalangan holda tanlov va tender savdolari oʻtkazilishi ta’minlanadi.

 

Buyurtmachi dunyo miqyosida tan olingan baholashning ikki usulidan birini mustaqil tanlashi, nomzodlarning takliflarini baholash mezonlarini belgilashi mumkin boʻladi. Miqdoriy koʻrsatkichlarga asoslangan mezonlar tizimda shaхslar jalb etilmagan holda, avtomatik tarzda mustaqil baholanadi. Sifat mezonlari masofadan turib «onlayn» rejimida faoliyat yuritadigan tanlov (tender) komissiyasi a’zolari tomonidan baholanadi.

 

Barcha buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar tender.mf.uz tizimida roʻyхatdan oʻtishlari mumkin. Sinov tariqasida savdolar oʻtkazish mumkin boʻlgan namoyish versiyasi ham mavjud.

 

Savollarga javoblar
Davlat хaridlarini ikkita portalda amalga oshirish mumkin

manba:norma.uz