Senat oʻn birinchi yalpi majlisga 6 yanvarda yigʻiladi

Senat oʻn birinchi yalpi majlisga 6 yanvarda yigʻiladi

 

senat ocabbn birinchi yalpi majlisga 6 yanvarda yigcabbiladi 660b8951c53a4Bunday qaror Oliy Majlis Senati Kengashi tomonidan 2020 yil 30 dekabr kuni qabul qilindi.

 

Videokonferensaloqa shaklida boʻlib oʻtadigan yalpi majlisda bir qator masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan. Ular jumlasida — Prezident Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar toʻgʻrisida.

 

Shuningdek, senatorlar:

  • “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi;
  • “Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi;
  • “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihalarini muhokama qilishni rejalashtirishmoqda.

 

 

 

Savollarga javoblar
Senat oʻn birinchi yalpi majlisga 6 yanvarda yigʻiladi

manba:norma.uz