Testosteron nima, uning me’yori qancha?
Erkaklarda testosteron jinsiy bezlarda — testikulalarda (moyaklarda), shuningdek, buyrak usti bezlari po’stlog’ida sintezlanadi. Kimyoviy tuzilishiga ko’ra, modda steroid sinfiga tegishli. Gormon sintezi jarayonida endokrin tizimiga gormonning sintezlanishini boshlash buyrug’ini beruvchi fermentlarni chiqaradigan gipofiz va gipotalamus ham ishtirok etadi. Ko’p hollarda organizmdagi testosteron turli oqsillarga bog’liq bo’ladi. Erkin testosteron umumiy gormon miqdorining taxminan 2% ni tashkil qiladi. 18-20 yoshli erkaklarda testosteron maksimal kontsentratsiyaga yetadi. Keyin gormon darajasi kamayib boradi. Taxminan 35 yoshdan boshlab testosteron darajasi yiliga 1-2% ga kamaya boradi. Erkaklarda yosh o’tishi sayin qonda gormon miqdorining kamayishi tabiiy jarayon hisoblanadi. Ammo ko’p hollarda yosh va o’rta yoshdagi erkaklarda ham gormonining past darajadaligi kuzatiladi. Bu holat, albatta, normal emas va davolanishni talab qiladi. Testosteron nima, uning me’yori qancha?
DO`STLARGA ULASHING:
Testosteron nima, uning me’yori qancha?
Yosh
norma, nmol/l
0-1
0, 42 — 0,72
1-7
0,1 — 1,12
7-13
0,1 — 2,37
13-18
0,98 — 38,5
18-50
8,64 — 29
50 yoshdan kattalar
6,68 — 25,7
Testosteron nima, uning me’yori qancha?