Urug’ (sperma) sifatini oshirish
Aksariyat erkaklar urug’lantirishni rejalashtirishni kontraseptsiyani to’liq rad etish sifatida tasavvur qilishadi. Biroq, bu unday emas. Agar farzand ko’rishni rejalashtirayotgan bo’lsangiz, kontraseptsiyadan bosh tortishdan oldin salomatlikni tartibga keltirish kerak. Bu faqatgina ayol tomonidan amalga oshirilmaydi. Erkak spermasi sifati homiladorlik boshlanishi ehtimoli va bo’lajak bolaning sog’lig’iga bevosita ta’sir qiladi. Erkak hatto o’zining erlik quvvatiga to’liq ishongan bo’lsa ham, urug’lantirishga tayyorgarlik vaqtida urug’ foizini (sifatini) tekshirishi va agar kerak bo’lsa, spermatozoidlarning harakatchanligini kuchaytirishi kerak, chunki potentsiya spermatozoidlarning sifati pastligi bilan bog’liq emas. Ko’pchilik agar bir necha kun «chidab» turilsa, urug’lantirish ehtimoli oshadi deb hisoblaydi. Albatta bu fikrda haqiqat mavjud, ammo me’yorni unutmaslik kerak. Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) tavsiyalariga ko’ra, saqlanish muddati 2 kundan 4 kungacha bo’lishi kerak, agar kunlar kam bo’lsa, sperma miqdori yetarli bo’lmasligi mumkin. Ammo buning teskari tarafi ham mavjud: menstrual siklning urug’lantirish uchun eng qulay bo’lgan kunini o’tkazib yuborish. Uzoq saqlanishdan keyin spermatozoidlar sifati o’zgaradi va u sog’lom bola urug’lantirish uchun yetarli bo’lmasligi mumkin. Har bir insonning salomatligi uning ovqatlanish xususiyatlariga bevosita bog’liq. Urug’lantirishni rejalashtirish davrida kundalik taomnomaga urug’ foizini yaxshilaydigan mahsulotlarni kiritish lozim. Ammo sperma sifatini yaxshilash uchun faqat oziq-ovqat mahsulotlari yetarli bo’lmasligi mumkin. Shu sababli, shifokor muvozanatli parhez bilan birgalikda bo’lajak otalar uchun maxsus preparatlar qabul qilishni buyurishi mumkin. Bunday komplekslar zarur vitaminlar, aminokislotalar va mikroelementlarni o’z ichiga oladi. Spermatogenezni yaxshilaydigan mahsulotlar, qoida tariqasida, konservantlar va bo’yoq moddalarini o’z ichiga olmaydi, tabiiy tarkibga ega va qovurilmagan va ko’p miqdorda yog’da tayyorlanmagan bo’ladi. Bunday mahsulotlarga kam yog’li go’sht, dengiz baliqlari, mavsumiy sabzavotlar va mevalar kiradi. Spermani ko’paytirish uchun va uning sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi mikroelement va vitaminlarga quyidagilar kiradi: Bo’lajak ota yog’li va og’ir ovqatdan butunlay voz kechishi kerak. Bundan tashqari, konservantlar, stabilizatorlar va xushbo’ylashtiruvchi moddalarni o’z ichiga olgan mahsulotlarni taomnomadan butunlay chiqarib qilish kerak. Bu qo’shimchalar sperma holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, ta’mni yaxshilovchi qo’shimchalar ishtahani oshiradi, ko’p yeb yuborish va vazn orttirishga sabab bo’ladi, tana vazni ortiqcha bo’lgan erkaklarda spermogramma tahlili (analizi) ancha yomonroq bo’ladi, potentsiya bilan bog’liq muoammolar ham tez-tez uchraydi. Qizig’i shundaki, yog’li oziq-ovqat mahsulotlar iste’molini cheklash natijasida normal yoki ozg’in erkaklarda urug’ sifati sezilarli darajada yomonlashadi. Allergik reaktsiyalarni davolash uchun dorilar, analgetiklar, antibiotiklar, steroidlar — bularning barchasi erkak urug’i holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Hatto Viagra singari preparat ham spermatozoidlarning harakatchanligini kamaytiradi. Spermatozoidalarning harakatchanlik darajasini oshirish uchun shifokor gormonli maxsus dori-darmonlarni tavsiya qilishi mumkin. Biroq, bunday dori-darmonlarni tayinlash uchun spermogramma va boshqa sinovlarni o’tkazish kerak bo’ladi. Agar juda uzoq muddat ichida (bir yildan ortiq) urug’lantirish imkoni bo’lmasa, har ikkala juft ham mutaxassislar huzurida to’liq tekshiruvdan o’tishlari, bo’lajak ota esa spermogramma uchun tahlil topshirishi kerak bo’ladi. Ushbu laboratoriya tahlili davomida muayyan miqdordagi spermada harakatchan spermatozoidlarning miqdori va ularning hayotiyligi hisoblanadi. Spermogramma tahlili bola urug’lantirishning haqiqiy imkonini aniqlaydi. Ushbu tahlil nafaqat patologiyalarni aniqlashga yordam beradi. Urug’lantira olmaslikning sababi bo’lgan eng ko’p uchraydigan patologiya — bu sperma miqdorining yetishmasligi yoki spermatozoidlarning kam harakatchanligidir. Ammo bu tashxis aslida kasallik emas, balki holatdir, ko’pincha u vaqtincha bo’ladi. Dori-darmonlarni qabul qilmasdan reproduktiv salomatlikni yaxshilashga qaratilgan bir qator tavsiyalar mavjud:Urug’ (sperma) sifatini oshirish
DO`STLARGA ULASHING:
Urug’ (sperma) sifatini oshirish — mahsulotlar, dorilar, urug’ni ko’paytirish uchun tavsiyalar
Jinsiy aloqadan saqlanish muddati
Sperma sifatini parhez orqali yaxshilash
Sperma sifatini dori preparatlari bilan oshirish
Spermogrammani qanday yaxshilash mumkin?
Urug’ (sperma) sifatini oshirish, Urug’ (sperma) sifatini oshirish — mahsulotlar, dorilar, urug’ni ko’paytirish uchun tavsiyalar