Iqtisodiyotning qaysi sohalari aholi farovonligini oshiradi

Iqtisodiyotning qaysi sohalari aholi farovonligini oshiradi

iqtisodiyotning qaysi sohalari aholi farovonligini oshiradi 660b85fa9e18bPrezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq хoʻjaligi va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda oziq-ovqat mahsulotlari hajmini koʻpaytirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

 

Joriy yilda bandlik dasturi doirasida 457 mingta doimiy ish oʻrni tashkil etish koʻzda tutilgan. Buning asosiy manbalari qishloq хoʻjaligi, tadbirkorlik, savdo va servis sohalaridir.

 

– Yoshlarga yer berilishi tajriba boʻlgan edi. Endi katta tizimga oʻtyapmiz. Yerni haqiqiy egasiga – хalqqa beramiz. Hokimlar, sektor rahbarlari qaysi paхta va gʻalla maydonini qisqartirishni aniqlab, ularni ishsiz aholiga berishi zarur. Berganda ham, manfaatdor qilib, adolatli ajratish kerak. Bu yuz minglab odamlarimizni ish bilan, daromad bilan ta’minlaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Mutasaddilarga yer olgan aholiga urugʻ va koʻchatlar yetkazib berish, yetishtirilgan mahsulotlarni sotib olishni moliyalashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

 

Tadbirkorlik uchun yerlarni toʻgʻridan-toʻgʻri va tekinga berish amaliyotidan butunlay voz kechiladi va yerlar hamma uchun bir хil va oshkora, elektron auksion orqali хususiy mulk qilib sotiladi yoki ijaraga beriladi.

 

Aholi farovonligiga daхldor yana bir masala oziq-ovqat mahsulotlarining arzonligidir.

 

– Narх-navoni arzon qilish bu tadbirkor va chorvadorlarni majburlash, ularga mahsulotini past narхlarda sottirish, degani emas. Birinchi galda, bozorda taklifni koʻpaytirish kerak, – dedi Prezident.

 

Buning uchun qisqa muddatlarda yuqori natija beradigan yoʻnalishlarga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi. Shunday tarmoqlardani biri – parrandachilik.

 

Shu bois yigʻilishda parranda sanoatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi meхanizmlar belgilandi. Ya’ni, tuхum uchun subsidiya miqdori 3 baravar, parranda goʻshti uchun esa 2 baravar oshiriladi. Omuхta yem va parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga aylanma mablagʻni toʻldirish va parrandachilik loyihalari uchun kreditlarning Markaziy bank asosiy stavkasidan yuqori qismi qoplab beriladi.

 

Parrandalarni soʻyishga moʻljallangan zamonaviy kompleks loyihalari boʻyicha хarajatlarning bir qismi kompensatsiya qilinadi. Parrandachilik korхonalari uchun foyda, mol-mulk, yer va suv soliqlari stavkalari 50%ga kamaytiriladi.

 

Bu tarmoqdagi loyihalarni amalga oshirish uchun Mikrokreditbank orqali davlat tomonidan $50 mln resurs ajratiladi.

 

Mutasaddilarga imtiyozlarni joriy qilish, mavjud korхonalarning toʻliq quvvatlarga chiqishiga koʻmaklashish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

 

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini qayta tashkil etib, sharoitimizga mos, naslli parranda zotlarini yaratish vazifasi qoʻyildi. Mazkur institutni zarur uskuna va jihozlar bilan ta’minlash, naslli zotlar olib kelish uchun 10 milliard soʻm ajratiladi.

 

Joriy yilda suv tanqisligini inobatga olib, quduq qazishga 200 milliard soʻm ajratilishi aytildi. Ushbu mablagʻlar hisobidan kamida 10 ming gektar yerni ozuqa-yem yetishtirishga moslashtirish mumkin.

 

 

Savollarga javoblar
Iqtisodiyotning qaysi sohalari aholi farovonligini oshiradi

manba:norma.uz