Oliy Majlis Senatining XXII yalpi majlisi 15 dekabrda boʻlib oʻtadi

Oliy Majlis Senatining XXII yalpi majlisi 15 dekabrda boʻlib oʻtadi

oliy majlis senatining xxii yalpi majlisi 15 dekabrda bocabblib ocabbtadi 660b830627395Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisini 2021 yil 15 dekabr kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

 

Majlisda quyidagi qonunlarni koʻrib chiqish rejalashtirilgan:

  • “2022 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi;
  • “Inson a’zolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi;
  • “Yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi;
  • “Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 245 va 2458-moddalariga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi;
  • “Tadbirkorlar kunini belgilash toʻgʻrisida”gi.

 

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2021 yil toʻqqiz oyidagi ijrosi, Toshkent shahar hokimining hududlarni rivojlantirish, Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar ijro etilishining borishi yuzasidan hisobotlar eshitiladi.

 

Boshqa masalalar ham koʻrib chiqiladi.

 

Savollarga javoblar
Oliy Majlis Senatining XXII yalpi majlisi 15 dekabrda boʻlib oʻtadi

manba:norma.uz