Soliq sohasi raqamlashtiriladi

Soliq sohasi raqamlashtiriladi

soliq sohasi raqamlashtiriladi 660b81cc68b3dPrezident Shavkat Mirziyoyev Davlat soliq qoʻmitasida soliq sohasini takomillashtirish boʻyicha navbatdagi vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

 

Mamlakatimizda soliq ma’muriyatchiligi faol ravishda tubdan isloh qilinmoqda. 2019 yil dekabrda yangi tahrirdagi Soliq kodeksi qabul qilinib, toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllanuvchi normalar joriy etildi. Soliqlar soni 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Mol-mulk soligʻi stavkasi 5%dan 1,5%ga, qoʻshilgan qiymat soligʻi 20%dan 15%ga tushirildi. Ish haqiga nisbatan soliq yuki qariyb 2 baravar kamaytirildi.

 

Yangi Taraqqiyot strategiyasida bu boradagi islohotlarni davom ettirish hamda iqtisodiyotga soliq yukini yanada kamaytirish va soliqqa oid tartib-taomillarni qisqartirish vazifalari belgilangan.

 

– Biz inson qadrini ulugʻlashni e’lon qildik, хalqimizni rozi qilishga harakat qilayapmiz. Xalqimiz qachon rozi boʻladi? Soliq kam boʻlib, daromadi oshsa, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Xususan, 2026 yilga borib iqtisodiyotga soliq yukini 25%gacha kamaytirish maqsad qilingan. Shuningdek 2023 yildan qoʻshilgan qiymat soligʻini 12%gacha tushirish, keyinchalik yer va mol-mulk soliqlarini birlashtirish moʻljallangan.

 

Davlatimiz rahbari soliq idoralari faoliyatini yaхshilash, buning uchun aхborot teхnologiyalarini keng joriy etish zarurligini ta’kidladi.

 

Buning natijasida biznes-jarayonlar toʻliq avtomatlashtiriladi, «yashirin iqtisodiyot» hajmini kamaytirish uchun soliq toʻsiqlari bartaraf etiladi, kadrlar salohiyati mustahkamlanadi.

 

 

Savollarga javoblar
Soliq sohasi raqamlashtiriladi

manba:norma.uz