Bitcoin haqida. Kriptovalyuta nima o’zi?
Butun dunyo valyutaning yangi avlodi – Internetda keng tarqalib ulgurgan va narxi tezlik bilan oshib borayotgan bitcoin haqida gapirmoqda. Bugungi maqolamizda bitcoinlar qanday paydo bo’lgan va hozirda ularning holati haqida gaplashamiz. Internet orqali bitcoin haqida rus tili va o’zbek tilida juda ko’p ma’lumotlar topishingiz mumkin, lekin biz uni eng sodda tilda tushuntirishga bel bog’ladik. O’ylaymiz-ki, maqolamiz orqali Siz bitcoin haqida ko’p narsa bilib olasiz. Bitcoin ishlab topish, qaysi bitcoin hamyondan foydalanish, bitcoinni qayerdan sotib olish yoki sotish mumkin va shunga o’xshash savollarga javobni tez kunlarda telegram kanalimizda olasiz. Telegram kanalga obuna bo’lish Ushbu maqola orqali quyidagi ma’lumotlarni bilib olasiz: Internet rivojlangani sayin odamlar “uzoqdan turib” pul to’lashiga to’g’ri kela boshladi. Pulni qo’ldan qo’lga berishni esa umuman iloji yo’q. Shuning uchun o’rtakashlarga, ya’ni elektron to’lov tizimlari, bank yoki kuryerga murojaat etish kerak. Har qanday o’rtakash bajarayotgan operatsiyasi uchun soliq olib qoladi, chunki tekinga ishlashni hech kim hohlamaydi. O’tkazilayotgan pul qancha ko’p bo’lsa, soliqlardagi yo’qotish ham shunchalik ko’p. Axborot texnologiyalari rivojlangani sayin odamlar o’ylanib qolishdi, qanday qilib xarajatlarni kamaytirish va FIKni (foydali ish koefitsienti) 100%ga oshirgan xolda biznes yuritish mumkin? Takliflar juda ko’p edi, lekin hammasi rad etildi, ahir oldi-berdidagi soliqlarni olib tashlaganda ham, moshenniklardan qanday himoyalanish – pulni aynan Siz o’tkazganingiz yoki uni olganingizni qanday isbotlash mumkin? Buning yechimi 2009-yil Satoshi Nikamoto matematik xisob-kitoblar natijasida ishlaydigan, yangi to’lov tizimini ommaga taqdim etganda topildi. To’lovni amalga oshirishda ishlatiladigan pul birligi bitkoinlar bo’ldi. Ular maxsus hamyonlarda saqlanib, hamyonlarga pul tushirish va ishlatish mumkin. Bir bitcoin-hamyon xisobidan pul ketgan yoki unga kelganini aniqlash uchun, mutaxassislar barchaga ochiq xolda, bir hamyondan yoki boshqa adresdan qancha bitkoinlar ketgani va kelganini ko’rsatishni taklif etishdi. Ya’ni, Siz kriptovalyuta tarmog’iga ulanganingizda, barcha bitcoinlar oldi-sotdisini ko’rishingiz mumkin bo’ladi. Shuningdek barcha hamyonlar anonimdirlar (egasi kim ekanligi aytilmaydi), shuning uchun Sizni tanishingiz qaysi hamyon uniki ekanini aytmagan bo’lsa, Siz hech qachon bu haqida bila olmaysiz. Xisob-kitoblarni muntazam amalga oshirib borishi kerakligi tufayli, bitcoinga, ma’lumotlar bazasi ishlashi uchun kuchli kompyuterlar kerak. Bunday kuchni olish uchun minglab kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulab, kerakli quvvatni olish mumkin. Bu kompyuterlar foydalanuvchilar kompyuterlari. Ulardan biri Siz bo’lishingiz ham mumkin, albatta o’zingiz rozi bo’lsangiz. Agarda foydalanuvchi, o’z kompyuteri videokartasi quvvatini bitcoin tizimini qo’llab-quvvatlash uchun taqdim etsa, bu yordami uchun unga o’sha bitcoin valyutasining o’zida mukofot berishadi. Bunday pul topish usuli “Mayning” deya nom olgan, u haqida keyinroq gaplashamiz. Bitcoin va uning tarixi haqida yuqorida tushuncha oldingiz, endi uni afzallik va kamchiliklari haqida gaplashamiz. Yana shuni aytib o’tish joizki, hozirgi vaqtda bitcoin valyutasi kursi juda baland ekani tufayli, xisob-kitoblar bitkoinning kichik bir ulushida olib boriladi, oldi berdilarda ko’pincha “satoshi” ishlatiladi, uning qiymati esa 0.00000001 Bitcoinga teng. Kriptovalyutaning afzallik/kamchiliklarini keltirib, izoh beramiz. Bitkoin dunyoga kelgandan beri uni kursi oshib kelmoqda. Bitcoin bugungi kurs: Hozircha kurs yana oshishini, aniq aytish qiyin: ko’pgina mayning fermalari yopilib ketayapti, chunki kriptovalyuta avvalgidek daromad bermayapti. Shuningdek, bitcoin yetishtirishga qancha ko’p odam qiziqsa, shunchalik tez oshayotgan kurs tushib ketishi mumkin. Ushbu maqola orqali biz Sizga bitcoin nima ekanligi, u nimani evaziga yashab kelayotgani, qanday kamchilik va afzalliklari bor ekanini sodda qilib tushuntirishga harakat qildik. Agarda Sizga bu maqola qiziq bo’lsa, bitcoin kursi o’zgarishini aniqlash, mayning va boshqa qiziqarli mavzular – bitcoin sotib olish, bitcoin hamyon ochish, unda pul saqlash, bitcoin krandan satoshi olish va ularni real pulga almashtirish haqida keyingi maqolalarimizda yozamiz. Bitcoin va boshqa kriptovalyutalarni qayerda sotib olish yoki sotish mumkin?Bitcoin haqida. Kriptovalyuta nima o’zi?
DO`STLARGA ULASHING:
Bitcoin haqida – kriptovalyutaning dunyoga kelishi
Bitcoin afzallik va kamchiliklari
Bitcoin nega kerak?
Bunday xizmat ko’rsatadigan saytlar hozirda juda ko’p. Oxirgi paytlarda elektron pul sotib firibgarlik qiladiganlar juda ko’payib ketgan. Shuni inobatga olib, elektron pullar bilan savdo qiladigan saytlar orasidan qaysi biri ishonchli degan savolga javob topdik. Chunki hech kimga ortiqcha muammolar kerak emas. Biz o’zimiz ham ko’pincha shu sayt orqali webmoney yoki qiwi dagi pullarimizni sotib turamiz, ularda Bitcoin bo’limi ham bor. Sizga ham ushbu saytni taklif qilamiz – uzpay.me
Bitcoin haqida. Kriptovalyuta nima o’zi?