SOQOL CHIQARISH USULLARI — VOSITALAR, PARVARISH
Soqol nafaqat erkaklikni ifodalaydi, balki shaxs urfda bo’lgan tendentsiyalardan xabardor ekanligini ham anglatadi. Quyida uy sharoitida soqol chiqarish uchun nima qilish kerakligi haqida batafsil. Maqolada:
Ushbu qiyin vazifa oldidagi eng katta xato — barchasiga imkon qadar tezroq erishish istagi. Yodda tuting, tezda soqol chiqarishning iloji yo’q. Kamida olti oy vaqt kerak bo’ladi. Shu sababli sabr-toqatli bo’lib, sezilar-sezilmas chiqqan «tukchalarni» ham kaltalamaslikka tayyorlanish kerak. Eng birinchi qadam — soqol olishni to’xtatish. 3-4 hafta umuman tig’ tekkizmasdan, shunchaki yangi obrazga moslashib olish va olingan natijani tahlil qilish lozim. Soqolga o’sishi davomida shakl berish yoki bir tekis qilib qirishdan saqlanish zarur. Bu qadam u yetarlicha qalinlashganda va shakl berish uchun kerakli bo’lgan uzunlikka yetishganda amalga oshirilishi mumkin. Radiation Protection Dosimetry jurnalida chop etilgan Janubiy Kvinslend Universiteti olimlarining yaqinda o’tkazilgan tadqiqoti natijalariga ko’ra, soqol yuz terisini quyoshning ultrabinafsha nurlanishining zararli ta’siridan himoya qiladi. Demakki saraton rivojlanishi xavfini kamaytiradi. Yuzdagi tuklarning qalin bo’lishi 85% genlarga bog’liq. Shu sababli, irsiyat buning aksini aniqlab qo’ygan bo’lsa, hatto eng samarali usullarni qo’llash bilan ham siyrak soqolni sezilarli darajada quyuqlashtirib bo’lmaslikka tayyor turish kerak. Albatta, bunda yosh inobatga ham olinishi ham ahamiyat tutadi. 18-20 yosh yoki undan oldin muddatlarda genlar haqida biron qanday xulosa qilib bo’lmaydi. Shunga qaramay, har qanday vaqtda zahirada 15 foiz saqlanib qoladi, aynan shu foiz kerakli natijaga erishish kaliti bo’lishi mumkin. Xullas, ta’sirni maksimal darajada oshirish uchun quyidagi maslahatlarga quloq tutish darkor: Ko’p miqdorda suv ichish va suvsizlanishdan saqlanish ham muhim tadbirlardan biri. Aks holda teri quruqligi va qipiqlanishi tuklarning o’sishiga salbiy ta’sir o’tkazadi. Soqolni tez-tez ustara bilan qirish uning o’sishini rag’batlantiradi degan gap afsonadir. Bunday fikrlashning sababi — yangi o’sib chiqayotgan tuklar qalin va qattiqroq ko’rinishi va sezilishida. Lekin ular batamom o’sib chiqqach, barchasi yana o’z holiga qaytadi, yetarli uzunlikni qo’lga kiritish uchun esa yana kutishga to’g’ri keladi. Organizmning mukammal faoliyatiga jiddiy aralashuv hech qanday ijobiy natija bermaydi. Biroq, testosteron darajasini oshirish uchun ozroq turtki bo’la oladigan va salomatlikka ijobiy ta’sir ko’rsatadigan yondashuvlar mavjud. Ularning nojo’ya ta’sirlari minimal darajada, samarasi esa yetarlicha: Soqolning kerakli uzunligiga erishilgach (4-6 oydan so’ng), keyingi bosqich — shakl berishga o’tish kerak. Birinchi marta buni maxsus bilimga ega sartaroshlarda amalga oshirgan yaxshi. Aks holda tajribasizlik natijasida bir necha oylik mehnatni ko’kka sovurish mumkin. Stilistlar modaning barcha tendentsiyalaridan xabardor bo’ladi. Qolaversa, yuz shaklingizga qaysi soqol turi mos kelishini aniqlay oladi. Xullas, usta kerakli shaklni tanlab bergach, keyinchalik uy sharoitida dastlabki shakl asosida uni kaltalash va tekislab turish mumkin. Buning uchun elektr trimmer yoki maxsus soch kesish uskunasidan foydalanish lozim (ularning asosiy farqi o’lchamida, xolos). Soqolni o’stirish — ishning yarimi, uni parvarishlashni ham bilish muhimdir. Quyida bunga oid ba’zi bir qoidalar keltiriladi.SOQOL CHIQARISH USULLARI — VOSITALAR, PARVARISH
DO`STLARGA ULASHING:
SOQOL CHIQARISH QOIDALARI
DERMATOLOG TAVSIYALARI
TESTOSTERONNI OSHIRISH
SHAKL BERISH UCHUN TAVSIYALAR
UY SHAROITIDA SOQOLNI QANDAY PARVARISHLASH JOIZ
PARVARISH, SOQOL CHIQARISH USULLARI — VOSITALAR