Egizak farzand ko’rish — superovulyatsiya, ovqatlanish

Egizak farzand ko’rish — superovulyatsiya, ovqatlanish

Egizak farzand ko’rish — superovulyatsiya, ovqatlanish

DO`STLARGA ULASHING:

Egizak farzand ko’rish uchun nima qilish kerak, buni oldindan rejalashtirish mumkinmi. Quyida ko’pchilikni qiziqtiradigan ushbu savol va homiladorlikni rejalashtirishning mavjud usullari haqida batafsil.

 

Urug’lantirish mexanizmi

Dastlab embriologiya asoslariga murojaat qilib, egizaklar urug’lantirilishi qay tarzda sodir bo’lishi va uning qanday turlari mavjudligini bilib olish kerak. Shunday qilib, urug’lantirish jarayonida nechta tuxum hujayra ishtirok etganiga qarab, quyidagilar farqlanadi:

  • Bitta tuxum hujayrdan rivojlanadigan egizaklar (gomozigotali);
  • Turli tuxum hujayralardan rivojlanadigan egizaklar (geterozigotali).

Urug’lantirish mexanizmi quyidagicha bo’ladi:

  1. Gomozigotali. Bu holda embrionlarning onaning bitta tuxum hujayrasidan rivojlanadi. Bunda ko’p yadroli tuxum hujayrani bir nechta spermatozoid urug’lantiradi. Bundan tashqari, xuddi shunday egizaklar homilalik tuxumning ikki qismga bo’linishi natijasida ham shakllanishi mumkin. Natijada, rivojlanish jarayonida har bir bo’lakdan alohida embrion hosil bo’ladi. Gomozigotali egizaklar birgalikda o’sadi. Ular umumiy tashqi qobiq va bitta yo’ldosh bilan birlashgan bo’ladi. Bundan tashqari, bunday homilalarda qon aylanishi ham umumiy sanaladi. Genlarning o’xshashligi tufayli chaqaloqlar ko’pincha bir jinsda va tashqi ko’rinishdagi bir-biriga o’xshash bo’lishadi.
  2. Geterozigotali. Turli spermatozoidlar bilan bir necha tuxum hujayrani bir vaqtda urug’lantirish natijasida dunyoga keladi. Bundan tashqari, har bir homilaning o’z qobig’i, qon aylanish tizimi, alohida yo’ldoshi mavjud. Xromosomalar majmuasidagi farqlar tufayli bolalar odatda turli jinsda bo’lishadi (bir jinsda bo’lishlari ham mumkin) va ularning tashqi ko’rinishi turlicha bo’ladi.

Ba’zi hollarda ayol organizmida superovulyatsiya sodir bo’lib, bir vaqtning o’zida bir necha tuxum hujayra yetiladi va follikullardan chiqadi. Ularning bir vaqtning o’zida urug’lantirilishi va muvaffaqiyatli implantatsiyalanishida ko’p homilali homiladorlik rivojlanadi. Bu jarayonlar natijasida bir vaqtning o’zida ikki va undan ortiq embrion rivojlana boshlaydi.

Ehtimollik

Ayolning egizak bilan homilador bo’lish ehtimoli haqidagi savoliga hech bir shifokor aniq javob bera olmaydi. Shunga qaramay, bu holatga ta’sir etadigan omillar borligini aniqlangan. Ularning birinchisi bu onaning yoshi. 35 yoshdan keyin ayollar organizmida superovulyatsiya ko’proq sodir bo’lishi kuzatiladi. Bu holat jinsiy gormonlar sintezining oshishi bilan bog’liq. Shuning uchun bu toifa ayollarda egizaklar bilan homilador bo’lish ehtimoli yuqoriroqdir.

Bundan tashqari, irsiy omil juda muhim o’rin tutadi. Statistikaga ko’ra, egizaklar tug’ilishi ehtimoli 1:85 ni tashkil etadi. Agar avlodda egizaklar tug’ilishi kuzatilgan bo’lsa, keyingi avlodlarda bu ehtimollik yuqoriroq bo’ladi. Shuni esda tutish kerakki, bu xususiyat faqat ayol chizig’i orqali nasl suradi.

Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar mavjudligi tufayli tibbiy muassasaga tashrif buyurib, ona batafsil ko’rikdan o’tgach birvarakayiga ikki yoki undan ortiq farzandli bo’lish ehtimolini aniqroq bilib olishi mumkin. Bundan tashqari, EKU muolajasi o’tkazish masalasini muhokama qilish imkoni bo’ladi.

Tabiiy ravishda egizaklarga homilador bo’lish

Egizaklarni orzu qilayotgan onalar bunga erishishning kafolatlangan va samarali usullarini izlashadi. Bunday holatda ular dugonalarining tajribasi, ko’pgina forumlardan olingan ma’lumotlarni asos qilib olishadi. Shunga qaramasdan, har bir organizmning individual ekanligini hisobga olish lozim, shuning uchun faqatgina olingan ma’lumotlarning o’zi yetarli bo’lmaydi.

Egizaklarning uruglantirilishi uchun genetiklarning yordamiga murojaat qilish kerak. Ixtisoslashgan markazlarda tekshiruvlar egizak farzand ko’rish mumkinligiga oydinlik kiritadi va aniq tavsiyalar beradi. Odatda, ular quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Vitamin komplekslarini qabul qilish;
  • Zararli odatlardan voz kechish;
  • Oqsilga boy va sut mahsulotlarini ko’proq iste’mol qilish.

Ovulyatsiyani rag’batlantirish

Ovulyatsiyani rag’batlantirish yoxud stimulyatsiya qilish — bu menstrual siklda bir nechta tuxum hujayra yetishtirishga mo’ljallangan chora-tadbirlar majmuidir. Bunday harakatlar natijasida tuxumdonlarda ikki yoki undan ortiq tuxum hujayra yetiladi va follikullardan ajralib chiqadi. Natijada, egizak homiladorlik ehtimoli ancha oshadi.

Manipulyatsiya organizmga reproduktiv tizimda ovulyatsiya jarayonlarini rag’batlantiradigan gormonal vositalarni kiritishni nazarda tutadi.

Maxsus vositalar

Odatda ko’p homilali homiladorlikni rejalashtirish gormonal terapiya kursini o’z ichiga oladi. Bunda shifokorlar ayollarga progesteron va follikul stimulyatsiyalovchi gormonlar buyuradilar. Ushbu birikmalar ko’p miqdorda tuxum hujayralarning faol pishib yetilishiga hissa qo’shadi, implantatsiya jarayonini rag’batlantiradi.

Terapiyani boshlashdan avval ayolga qondagi gormonlar konsentratsiyasini aniqlash uchun qon tahlili belgilanadi. Olingan ma’lumotlarga asoslanib, davolanish kursi, doza, davomiyligi ko’rsatib o’tiladi. Foydalaniladigan preparatlar orasida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:

  • Klostilbegit;
  • Puregon;
  • Menogon.

Xalqona usullar

Mavjud prognozlash usullarining aksariyati tavsiya o’rnida sanaladi va ayol organizmining fiziologik xususiyatlariga asoslanadi. Bunda asosan quyidagilarga e’tibor beriladi:

  1. Tanadagi jinsiy gormonlar kontsentratsiyasi ortishi kun uzunligi bilan ortadi. Shunga ko’ra, egizak farzandli bo’lish uchun qulay vaqt yoz faslining boshlari sanaladi.
  2. Oqsil jinsiy gormonlar konsentratsiyasini oshiradi. Ushbu xususiyatni hisobga olgan holda, ayollarga homiladorlikni rejalashtirish davrida taomnomaga ko’proq go’sht va sut mahsulotlari kiritish tavsiya etiladi.

Jinsiy aloqa pozalari

Ayrim ayollarning fikriga ko’ra, egizaklar rivojlanishi ehtimolini oshirish uchun maxsus pozalar mavjud. Albatta ular bitta tuxum hujayra rivojlanganida besamar sanaladi, biroq tuxum hujayralar birdan ortiq bo’lgan  hollarda erkak urug’ suyuqligining bachadon bo’yniga yaqinroq tushishi va ularning «safarini» tezlashtirishga ko’maklashadi. Bu ayol yuqoridan kelgan va missionerlik pozalari sanaladi.

Ovqatlanish tartibi

  1. Ratsionni oqsil bilan boyitish. Yuqorida aytilganidek, oqsil ayol gormonlarining sintezini faollashtiradi. Yog’siz go’sht (mol, qo’y go’shti), baliq organizmni oqsil bilan boyitishga yordam beradi.
  2. Mevalar. Nok, kivi, olma, ananas, nektarinlar, shaftoli organizmni vitamin va mikroelementlar bilan to’ydiradi.
  3. Sut va sut mahsulotlari. Qatiq, yogurt, tvorog, qattiq pishloqlar nafaqat oqsil, balki boshqa foydali moddalarning konidir.

Bugungi kunda eng zamonaviy va muvaffaqqiyatlik ehtimoli yuqori bo’lgan muolaja EKU yoxud sun’iy urug’lantirish sanaladi. Bu muolaja bir vaqtning o’zida bir, ikki va hatto uchta urug’lantirilgan tuxum hujayrani kiritishni nazarda tutadi. Aksariyat hollarda implantatsiya muvaffaqqiyatli o’tadi.

med360.uz

Egizak farzand ko’rish — superovulyatsiya, ovqatlanish