Egizak homiladorlik belgilari — dastlabki alomatlar qanday
Egizak homiladorlik belgilarini shartli ravishda ikki guruhga bo’lish mumkin: ayolning sezgilari va tibbiy faktlar. Ba’zan birinchi ultratovushli tekshiruv bittadan ortiq farzand kutilayotganligini aniq tasdiqlab bera olmasligi kuzatiladi. Bu holda ayol bir nechta alomatlarga tayanishi mumkin bo’ladi. Albatta ko’p homilali homiladorlik noyob holat emas. Bunga odatda quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi: Albatta, aniq natijani shifokor ultratovushli tekshiruv orqali aytib berishi mumkin (homiladorlikning 4-5-haftaligida amalga oshirilsa bo’ladi). Egizaklar rivojlanayotganligini onaning o’zi aniqlashi uchun esa quyidagilarga e’tibor qaratish kerak: Boshqa belgilar odatiy homiladorlik belgilaridan farq qilmaydi. Bir vaqtning o’zida bir nechta homilani ko’tarish juda qiyin, shuning uchun juda ehtiyotkor va diqqatli bo’lish joiz. Shifokorga rejalashtirilgan tashriflarni o’tkazib yubormaslik, barcha tahlillarni o’z vaqtida topshirish va organizmning talablariga quloq tutish kerak. Bo’lajak onalar o’zlarini tinchroq his qilishlari uchun saytimizdagi tug’ruq kunini aniqlash kalkulyatoridan foydalanishlari, homila jinsini aniqlash usullari bilan tanishishlari va foydali tavsiyalarni o’tkazib yubormaslik uchun homiladorlikka bag’ishlangan ruknni muntazam ravishda kuzatib borishlari mumkin. med360.uzEgizak homiladorlik belgilari — dastlabki alomatlar qanday
DO`STLARGA ULASHING:
Egizak homiladorlikning dastlabki belgilari
Egizak homiladorlik belgilari — dastlabki alomatlar qanday