Epchillik, chaqqonlik va noshudlik haqida maqollar

Epchillik, chaqqonlik va noshudlik haqida maqollar

Yolg‘on — boshga tayoq,
Oshga — suyak.

Epchillik va noshudlik haqida maqollar to’plami. Sara Xalq maqollari

Abjir bo’lsa farzanding,
Cho’ldan non terar.
Yalqov bo’lsa farzanding,
Yerdan don termas.

Baytal chopib, poyga olmas.

Balaq turilmay, baliq tutilmas.

Bebarorlik bo’lmasa,
Kelin tushda gapirmas.

Bilaman — dedim, tutildim,
Bilmayman — dedim, qutuldim.

Bilgan odam qo’li bilan quyon ovlar.

Bilmaganga bit o’ldirish qiyin.

Bir shaltoqning ishini
Yigirma epchil eplay olmas.

Bozor bilgan och qolmas,
Yo’l tanigan kech qolmas.

Burga tutish uchun ham barmoqni ho’llash kerak

Burga qochar oyoqqa,
Bit qoladi tayoqqa.

Gadoychilikka ham uquv kerak.

Daryo chopar,
Chaqqon topar.

Dud demoqqa dudoq kerak,
Sirka tilamakka — usul.

Tavsiya etamiz :

Dum tilab, quloqdan ajrabdi.

Yer yuzini baxmal olsa ham,
Anqovga taqiyalik tegmas.

Yo eshakni yukka elt,
Yo — yukni eshakka.

Yomon dallol yonidan to’lar.

Yomon kosib bigiz tanlar.

Yonmasa, o’tin yomon,
Yoqolmasa — xotin.

Yotgan yotar, qidirgan topar.

Yog’och qozon tagi kuyar.

Yog’ochning yumshog’ini qurt yer,
Odamning yumshog’ini — it.

Jumush o’kirib biyik bo’lmas,
Echki yugurib — kiyik.

Zamoning tulki bo’lsa, sen tozi bo’l.

Zamoning qanday bo’lsa,
Bo’rkingni shunday kiy.

It bo’lish uchun ham bir qarich quyruq kerak.
Ish bilmasang, gap bil.

Ish bilgan — tuzar,
Bilmagan — buzar.

Yiqilsang, olib tur,
Cho’ntagingga solib tur.

Yo’rg’a otning yo’li bo’lar,
Jo’rtoqining sho’ri bo’lar.

Yo’qni borday qil,
Borni bolday qil.

Kishi qo’li bilan ip eshilmas.

Kurash bilmagan otasini yiqitar.

Kuchangan bilan qo’l qavarmas,
Baqirgan bilan bir ish bitmas.

Ko’ngillagan cho’pon takadan sut sog’ar.

Ko’p bo’lsa seplab ko’r,
Oz bo’lsa — eplab.

Mergan ovda bilinar,
So’zchi — dovda.

Mol yo’qotgan enasining qo’ynini izlar.

Molni boqsang, to’q bo’lar,
Boqolmasang, yo’q bo’lar.

Molni topganga boqtir,
O’tinni chopganga yoqtir.

No’noq mergan oqsoq quyon izlar.

Ov olgan tozi burnidan ma’lum.

Ovni otsang, bilib ot,
Dol nishonga qo’yib ot.

Ovchi ovchilikni qancha bilsa,
Ayiq ham qochishni shuncha bilar.

Oldingi bersin sazasin,
Keyingi bersin jazosin.

Ortiq qilaman deb, tirtiq qilma.

Pazandaning go’jasidan osh chiqar,
Noshudning palovidan tosh chiqar.

Podachi ko’p bo’lsa, mol harom o’lar.

Pul otang kim, onang kim demaydi.

Pulni pul topar,
Ketmonni ahmoq chopar.

Puxta bo’ynidan ilinar,
Go’l — oyog’idan.

Tavsiya etamiz :

Epchillik va noshudlik haqida maqollar to’plami

Savdolashuv — savdoning yarmi.

Sandig’i to’la sepi bo’lguncha,
Yuragi to’la epi bo’lsin.

Satang bir ish qilolmaydi,
Qilsa ham ko’p bilolmaydi.

Sepli bo’lguncha, eph bo’l.

Seplini olma, eplini ol.

Sigir o’g’irlagan qutuldi,
Arqon o’g’irlagan tutildi.

Six ham kuymasin, kabob ham.

Sonsiz xotinning uyiga son kirmas.

Sochib qochguncha, olib qoch.

Sudralgan kaltak yer.

Suza bilmagan o’z hovuzida g’arq bo’lar.

So’z bilmagan kishidan
Hura bilgan it yaxshi.

So’ray-so’ray, bilib olibdi,
Uyala-uyala, quruq qolibdi.

So’qolmagan so’yil ko’tarar.

Tavakkal tog’ni yiqar.

Tavakkal — erning yo’ldoshi.

Tariqni yegan — chumchuq,
Baloga qolgan — bedana.

Tarig’i pishganning tovug’i bo’l.

Taqlid bilan tong otmas.

Tentak o’ylanguncha,
Tavakkalchi suvdan o’tar.

Tirik bo’lib bozorda yo’q,
O’lik bo’lib — mozorda.

Toz taranguncha, to’y tarqar.

Tosh kelsa, kemir,
Suv kelsa, simir.

Tulkining ming bir hunari bor,
Hammasidan oxirgisi ulug’vor.

Tulkining hiylasi ko’p,
Yaxshisi — qochmoq.

Turib o’lguncha, urib o’l.

Tuya — katta,
Yag’rini — undan ham katta.

Tuya o’yin tushsa, qor yog’ar.

Tuyaliga bostirma,
Itlikka qoptirma.

Tuyaning kattasi ko’prikda tayoq yer.

Tug’uluq so’ramoqning ham a’moli bor.

To’kilgandan yalab qol.

To’n — kiyganniki,
Ot — minganniki.

To’rkini yaqinning to’shagi yig’ilmas.

Uddasidan chiqmasang, urinma.

Uzoqdan aravalaguncha,
Yaqindan to’rvala.

Ura bilmagan uzun kosov ko’tarar.

Ura bilmagan o’qlov ko’tarar.

Uringan xotin o’g’il tug’ar.

Urushib o’tir, ushlashib o’tir.

Uyalgan buyurgandan quruq qolar.

Uyalgan yigit qizdan quruq qolar.

Uquvi bor ulg’ayar,
Uquvi yo’q sarg’ayar.

Chaqqon chora topar,
Beparvo — bahona.

Chivin ham anqovning og’zini poylar.

Cho’loq bo’lsang ham, no’noq bo’lma.

Elak so’rashga ham og’iz kerak.

Elanmasang, el qayda,
Yalinmasang, pul qayda.

Emini qilguncha, epini qil.

Eplagan ikki oshar.

Eplaganni er bil,
Yana qaytib sher bil.

Eplashga ep kerak,
Bog’lashga— ip.

Epli xotin uyni tutar orasta,
Epsizda uy to’ri latta-putta.

Epli qizdan qolma,
Sepli qizni olma.

Epsiz sozanda sozin cho’zar.

Epchil xotin qor qalab,
qozon qaynatar.

Erinchoqning ishi bitmas,
Epsizning — hojati.

Et yeydigan qush ham bor,
Etini yeydigan qush ham bor.

Eshikni keyin kirgan yopar.
Echki yugurib lang bo’lmas.

Yumshoq yog’ochga qurt tushar.

Yutganning tomog’iga qarama,
Yurganning — oyog’iga.

Yaxshi buzoq ikki onani emar.

Yaxshi xotin go’sht quritar,
Yomon xotin go’sht sasitar.

O’ziga yol bo’lmagan,
O’zgaga dum ham bo’lolmas.

O’zing uchun o’l yetim.

O’zlari oyday,
Qilgan ishlari loyday.

O’ychi o’yiga yetguncha,
Tavakkalchi borib kelar.

O’ychining o’yi bitguncha,
Tavakkalchining to’yi bitar.

O’n marta shap-shap deguncha,
Bir marta shaftoli yegan yaxshi.

O’ngmaganning iti
O’g’ri ketgandan so’ng hurar.

O’ngmaganning o’qi qiya ketar.

O’rgimchakdek o’rmala,
Bedanadek yo’rg’ala.

O’rni kelsa, o’roq o’r.

O’ti chiqqanning oti yurmas.

O’tkir suqulganni teshar.

O’choqdagi o’tim o’chmasin desang,
Qo’ri borida harakat qil.

Epchillik va noshudlik haqida maqollar

O’g’il bo’lsin, qiz bo’lsin,
Qo’1-oyog’i tez bo’lsin.

O’g’il tug’mas xotin bo’lmas,
Mol topmas yigit bo’lmas.

Tavsiya etamiz :

O’g’ri qutular,
To’g’ri tutilar.

Qamishni bo’sh tutsang, qo’lingni qiyar.

Qaragan topmas, so’ragan topar.

Qari qiz ovga chiqar,
Ketidan g’avg’o chiqar.

Qari qiz yasanguncha, to’y tarqar.

Qatiq ichgan qutular,
Xurmacha yalagan tutilar.

Qirq, yuzning bolasi
O’n to’rtida bosh bo’lar.

Chiyirlining bolasi
O’n sakkizda yosh bo’lar.

Qozon o’g’irlagan qutular,
Cho’mich ushlagan tutilar.

Qochgan quyon yotgan quyonni ola qochar.

Qochgan qutular,
Turgan tutilar.

Qosh qo’yaman deb, ko’z chiqarma.

Quyon otolmaganning bolasi arslon otibdi.

Qo’ydek yuvvosh bo’l,
Otdek — yuguruk.

Qo’li kaltaning tili qisqa.

Qo’li sust kosibdan oyog’i ildam gadoy yaxshi.

G’at-g’at qilgan karnaychi,
Baloga qolgan surnaychi.

Hura bilmagan it qo’raga bo’ri keltirar.

Ho’kizga kuchi yetmagan arshinini to’balar.

Tavsiya etamiz : Boshqa maqollar

Tavsiya etamiz : Topishmoqlar to’plami

Epchillik, chaqqonlik va noshudlik haqida maqollar

Abjir bo’lsa farzanding,
Cho’ldan non terar.
Yalqov bo’lsa farzanding,
Yerdan don termas.

Baytal chopib, poyga olmas.

Balaq turilmay, baliq tutilmas.

Bebarorlik bo’lmasa,
Kelin tushda gapirmas.

Bilaman — dedim, tutildim,
Bilmayman — dedim, qutuldim.

Bilgan odam qo’li bilan quyon ovlar.

Bilmaganga bit o’ldirish qiyin.

Bir shaltoqning ishini
Yigirma epchil eplay olmas.

Bozor bilgan och qolmas,
Yo’l tanigan kech qolmas.

Burga tutish uchun ham barmoqni ho’llash kerak

Burga qochar oyoqqa,
Bit qoladi tayoqqa.

Gadoychilikka ham uquv kerak.

Daryo chopar,
Chaqqon topar.

Dud demoqqa dudoq kerak,
Sirka tilamakka — usul.

Dum tilab, quloqdan ajrabdi.

Yer yuzini baxmal olsa ham,
Anqovga taqiyalik tegmas.

Yo eshakni yukka elt,
Yo — yukni eshakka.

Yomon dallol yonidan to’lar.

Yomon kosib bigiz tanlar.

Yonmasa, o’tin yomon,
Yoqolmasa — xotin.

Yotgan yotar, qidirgan topar.

Yog’och qozon tagi kuyar.

Yog’ochning yumshog’ini qurt yer,
Odamning yumshog’ini — it.

Jumush o’kirib biyik bo’lmas,
Echki yugurib — kiyik.

Zamoning tulki bo’lsa, sen tozi bo’l.

Zamoning qanday bo’lsa,
Bo’rkingni shunday kiy.

It bo’lish uchun ham bir qarich quyruq kerak.
Ish bilmasang, gap bil.

Ish bilgan — tuzar,
Bilmagan — buzar.

Yiqilsang, olib tur,
Cho’ntagingga solib tur.

Yo’rg’a otning yo’li bo’lar,
Jo’rtoqining sho’ri bo’lar.

Yo’qni borday qil,
Borni bolday qil.

Kishi qo’li bilan ip eshilmas.

Kurash bilmagan otasini yiqitar.

Kuchangan bilan qo’l qavarmas,
Baqirgan bilan bir ish bitmas.

Ko’ngillagan cho’pon takadan sut sog’ar.

Ko’p bo’lsa seplab ko’r,
Oz bo’lsa — eplab.

Mergan ovda bilinar,
So’zchi — dovda.

Mol yo’qotgan enasining qo’ynini izlar.

Molni boqsang, to’q bo’lar,
Boqolmasang, yo’q bo’lar.

Molni topganga boqtir,
O’tinni chopganga yoqtir.

No’noq mergan oqsoq quyon izlar.

Ov olgan tozi burnidan ma’lum.

Ovni otsang, bilib ot,
Dol nishonga qo’yib ot.

Ovchi ovchilikni qancha bilsa,
Ayiq ham qochishni shuncha bilar.

Oldingi bersin sazasin,
Keyingi bersin jazosin.

Ortiq qilaman deb, tirtiq qilma.

Pazandaning go’jasidan osh chiqar,
Noshudning palovidan tosh chiqar.

Podachi ko’p bo’lsa, mol harom o’lar.

Pul otang kim, onang kim demaydi.

Pulni pul topar,
Ketmonni ahmoq chopar.

Puxta bo’ynidan ilinar,
Go’l — oyog’idan.

Savdolashuv — savdoning yarmi.

Sandig’i to’la sepi bo’lguncha,
Yuragi to’la epi bo’lsin.

Satang bir ish qilolmaydi,
Qilsa ham ko’p bilolmaydi.

Sepli bo’lguncha, eph bo’l.

Seplini olma, eplini ol.

Sigir o’g’irlagan qutuldi,
Arqon o’g’irlagan tutildi.

Six ham kuymasin, kabob ham.

Sonsiz xotinning uyiga son kirmas.

Sochib qochguncha, olib qoch.

Sudralgan kaltak yer.

Suza bilmagan o’z hovuzida g’arq bo’lar.

So’z bilmagan kishidan
Hura bilgan it yaxshi.

So’ray-so’ray, bilib olibdi,
Uyala-uyala, quruq qolibdi.

So’qolmagan so’yil ko’tarar.

Tavakkal tog’ni yiqar.

Tavakkal — erning yo’ldoshi.

Tariqni yegan — chumchuq,
Baloga qolgan — bedana.

Tarig’i pishganning tovug’i bo’l.

Taqlid bilan tong otmas.

Tentak o’ylanguncha,
Tavakkalchi suvdan o’tar.

Tirik bo’lib bozorda yo’q,
O’lik bo’lib — mozorda.

Toz taranguncha, to’y tarqar.

Tosh kelsa, kemir,
Suv kelsa, simir.

Tulkining ming bir hunari bor,
Hammasidan oxirgisi ulug’vor.

Tulkining hiylasi ko’p,
Yaxshisi — qochmoq.

Turib o’lguncha, urib o’l.

Tuya — katta,
Yag’rini — undan ham katta.

Tuya o’yin tushsa, qor yog’ar.

Tuyaliga bostirma,
Itlikka qoptirma.

Tuyaning kattasi ko’prikda tayoq yer.

Tug’uluq so’ramoqning ham a’moli bor.

To’kilgandan yalab qol.

To’n — kiyganniki,
Ot — minganniki.

To’rkini yaqinning to’shagi yig’ilmas.

Uddasidan chiqmasang, urinma.

Uzoqdan aravalaguncha,
Yaqindan to’rvala.

Ura bilmagan uzun kosov ko’tarar.

Ura bilmagan o’qlov ko’tarar.

Uringan xotin o’g’il tug’ar.

Urushib o’tir, ushlashib o’tir.

Uyalgan buyurgandan quruq qolar.

Uyalgan yigit qizdan quruq qolar.

Uquvi bor ulg’ayar,
Uquvi yo’q sarg’ayar.

Chaqqon chora topar,
Beparvo — bahona.

Chivin ham anqovning og’zini poylar.

Cho’loq bo’lsang ham, no’noq bo’lma.

Elak so’rashga ham og’iz kerak.

Elanmasang, el qayda,
Yalinmasang, pul qayda.

Emini qilguncha, epini qil.

Eplagan ikki oshar.

Eplaganni er bil,
Yana qaytib sher bil.

Eplashga ep kerak,
Bog’lashga— ip.

Epli xotin uyni tutar orasta,
Epsizda uy to’ri latta-putta.

Epli qizdan qolma,
Sepli qizni olma.

Epsiz sozanda sozin cho’zar.

Epchil xotin qor qalab,
qozon qaynatar.

Erinchoqning ishi bitmas,
Epsizning — hojati.

Et yeydigan qush ham bor,
Etini yeydigan qush ham bor.

Eshikni keyin kirgan yopar.

Echki yugurib lang bo’lmas.

Yumshoq yog’ochga qurt tushar.

Yutganning tomog’iga qarama,
Yurganning — oyog’iga.

Yaxshi buzoq ikki onani emar.

Yaxshi xotin go’sht quritar,
Yomon xotin go’sht sasitar.

O’ziga yol bo’lmagan,
O’zgaga dum ham bo’lolmas.

O’zing uchun o’l yetim.

O’zlari oyday,
Qilgan ishlari loyday.

O’ychi o’yiga yetguncha,
Tavakkalchi borib kelar.

O’ychining o’yi bitguncha,
Tavakkalchining to’yi bitar.

O’n marta shap-shap deguncha,
Bir marta shaftoli yegan yaxshi.

O’ngmaganning iti
O’g’ri ketgandan so’ng hurar.

O’ngmaganning o’qi qiya ketar.

O’rgimchakdek o’rmala,
Bedanadek yo’rg’ala.

O’rni kelsa, o’roq o’r.

O’ti chiqqanning oti yurmas.

O’tkir suqulganni teshar.

O’choqdagi o’tim o’chmasin desang,
Qo’ri borida harakat qil.

O’g’il bo’lsin, qiz bo’lsin,
Qo’1-oyog’i tez bo’lsin.

O’g’il tug’mas xotin bo’lmas,
Mol topmas yigit bo’lmas.

O’g’ri qutular,
To’g’ri tutilar.

Qamishni bo’sh tutsang, qo’lingni qiyar.

Qaragan topmas, so’ragan topar.

Qari qiz ovga chiqar,
Ketidan g’avg’o chiqar.

Qari qiz yasanguncha, to’y tarqar.

Qatiq ichgan qutular,
Xurmacha yalagan tutilar.

Qirq, yuzning bolasi
O’n to’rtida bosh bo’lar.

Chiyirlining bolasi
O’n sakkizda yosh bo’lar.

Qozon o’g’irlagan qutular,
Cho’mich ushlagan tutilar.

Qochgan quyon yotgan quyonni ola qochar.

Qochgan qutular,
Turgan tutilar.

Qosh qo’yaman deb, ko’z chiqarma.

Quyon otolmaganning bolasi arslon otibdi.

Qo’ydek yuvvosh bo’l,
Otdek — yuguruk.

Qo’li kaltaning tili qisqa.

Qo’li sust kosibdan oyog’i ildam gadoy yaxshi.

G’at-g’at qilgan karnaychi,
Baloga qolgan surnaychi.

Hura bilmagan it qo’raga bo’ri keltirar.

Ho’kizga kuchi yetmagan arshinini to’balar.

 

To‘g‘ri so‘z va yolg‘onchilik haqida maqollar

Arafa kuni yolg‘on gapirganning
Namoz kuni yuzi qora.

Betga aytganning zahri yo‘q.

Boshingga qilich kelsa ham,
To‘g‘ri so‘zla.

Va’da — oltindan qimmat.

Va’da — quruq, bajarilsa — ulug‘.

Va’daga vafo — mardning ishi,
Va’dasiz — subutsiz kishi.

Gap kelganda otangni ayama.

Yov makrini yolg‘on yashirar.

Yolg‘on aytgan kishining
Xatari bor ishining.

Yolg‘on aytib foyda ko‘rsang,
Oxiri zarar toparsan.

Rost aytib zarar ko‘rsang,
Oxiri foyda toparsan.

Yolg‘on — boshga tayoq,
Oshga — suyak.

Yolg‘on gap yoqadan chiqar.

Yolg‘on gapirib yashagandan
Rost gapirib o‘lgan yaxshi.

Yolg‘on gapning chuvi chiqar.

Yolg‘on yetmish yil yerda yotsa ham,
Yolini chiqar.

Yolg‘on yo farzandga urar,
Yo — davlatga.

Yolg‘on yondirar,
Haqiqat qondirar.

Yolg‘on rostdan yengilar,
To‘g‘ri elda tanilar.

Yolg‘on uzoqqa ketsa ham,
Haqiqat quvib yetar.

Yolg‘on uyaltirar,
Rost suyuntirar.

Yolg‘on-yashiq gapirma,
So‘ng uyalib o‘tirma.

Yolg‘onga yo yalqov inonar,
Yo — anqov.

Yolg‘onning butunidan
Rostning sinig‘i afzal.

Yolg‘onning umri — qisqa.

Yolg‘onchi gavharni xor qilar.

Yolg‘onchi yolchimas,
O‘g‘ri boyimas.

Yolg‘onchi yorilib o‘lar.

Yolg‘onchi kishi emas,
Yolg‘on aytmoq eranlar ishi emas.

Yolg‘onchi lop etar,
Yalamachi qon etar.

Yolg‘onchi to‘rga bir o‘tar,
Ikkinchi o‘tmas.

Yolg‘onchi chin deyaolmas,
Chin desa ham, el inonmas.

Yolg‘onchi yalab aytar,
Yalamachi — yasab.

Yolg‘onchi o‘likni guvoh tortar.

Yolg‘onchi — qallop, o‘g‘ri — allop.

Yolg‘onchi horimas,
O‘g‘ri qarimas.

Yolg‘onchiga ishonch yo‘q.
Yolg‘onchiga tong otmas.

Yolg‘onchiga qo‘shilma,
To‘g‘ri so‘zing yashirma.

Yolg‘onchida or bo‘lmas,
To‘g‘ri so‘zli xor bo‘lmas.

Yolg‘onchidan shon qolmas,
Nomidan nishon qolmas.

Yolg‘onchining guvohi yonida yurar.

Yolg‘onchining guvohi — qasam.

Yolg‘onchining yonidan o‘tma,
Rostgo‘yning yonidan ketma.

Yolg‘onchining rost so‘zi ham yolg‘on.

Yolg‘onchining till — kalta.

Yolg‘onchining shahrida shoh bo‘lguncha,
Rostgo‘yning chorbog‘ida giyoh bo‘l.

Ikki yolg‘on — bir qasam.

Ikki chin so‘z — bir yolg‘onning yelimi,
Ikki yolg‘on — bir yigitning o‘limi.

Ikki qasam — bir o‘lim.

Yirtiq uyni yel topar,
Yolg‘on so‘zni chin topar.

Ko‘rgan yo‘q bo‘lsa, eshitgan — guvoh.

Ko‘rganni eshitgan yengar.

Maddohning va’ziga ishonma,
Folbinning — so‘ziga.

Romchining romidan
O‘zingning xomxayoling yaxshi.

Rost aytdim — dars aytdim.

Rost gap aytgan yengilmas.

Rost gapga zavol yo‘q.

Rost gapirgan to‘g‘ri,
Yolg‘onchi — o‘g‘ri.

Rost so‘z haqqa qaror topar.

Rost so‘zni ayt,
Yolg‘on so‘zdan qayt.

Rostgo‘ylik — baxt,
Yolg‘onchi — badbaxt.

Rostlik — do‘stlik,
Yolg‘onchilik — ko‘igulik.

Rostlik — muhabbat elchisi.

Rostni aytgan shon yutar,
Yolg‘on aytgan qon yutar.

Savdogarda imon yo‘q, orni sotar,
Yolg‘onchida imon yo‘q, jonni sotar.

Savdogarning yomon moli yo‘q.

Suvni chim to‘xtatar,
Yolg‘onni — chin.

So‘ziga qarasang, to‘q,
Ko‘ziga qarasang, och.

So‘zning boshi qattiq bo‘lsa,
Oxiri totlik bo‘lar.

Til bilan tugilgan tugun
Tish bilan yechilmas.

Til yomoni — bo‘yinga sirtmoq.

Til kichik bo‘lsa ham dunyoni buzar.

Til tugsa, tish yecholmas.

Tildan chiqqani — dildan chiqqani.

Tuyaning buvrasi yaxshi,
So‘zning tuvrasi yaxshi.

Tuhmat tosh yorar,
Tosh yormasa, bosh yorar.

Tuhmatning umri — qisqa.

Tuhmatchi tuhmatdan o‘lar.

Tuhmatchiga o‘lik — guvoh.

To‘mtoq jumboq aytishma,
Yolg‘on gapga qotishma.

To‘g‘ri gap tuqqaningga yoqmas.

To‘g‘ri so‘z achchiq bo‘lar.

To‘g‘ri so‘z ko‘z o‘yar.

To‘g‘ri so‘z toshni yorar,
Egri so‘z — boshni.

To‘g‘ri so‘z tutoqtirar.

To‘g‘ri so‘z qilichdan o‘tkir.

To‘g‘ri so‘z quloqqa yoqmas.

To‘g‘ri so‘zga fil cho‘kar.

To‘g‘ri so‘zlagan odam tug‘ishganingdan afzal.

To‘g‘ri so‘zlining to‘ni yirtiq.

To‘g‘ri so‘zning zahri yo‘q.

To‘g‘ri so‘zning to‘qmog‘i bor.

To‘g‘ri tilim tiyolmadim,
Tuqqanim bilan turolmadim.

Uyalmay desang, yolg‘on gapirma.

Xashakdan hasham bichma,
Yolg‘ondan qasam ichma.

Chaqimchi bir guvala,
Erga qo‘yib uvala.

Chaqimchi — nishxo‘rd kishi.

Chaqimchi — chipor ilon,
Zahri — ilondan yomon.

Chaqimchiga — chorak o‘q,
Qaytib kelsa, u ham yo‘q.

Chaqimchining afti — choriq.

Chaqimchining joyi — jahannam.

Chaqimchining tilidan ilon hazar qilar.

Chiroyli maqtovdan
Xunuk haqiqat yaxshi.

Egri o‘tirsang ham, to‘g‘ri gapir.

Echkining tavbasi yo‘q.

O‘z so‘zli yigit — kun yuzli yigit.

O‘zi boshqa, so‘zi boshqa.

O‘rinli so‘z o‘qdan o‘tkir.

O‘tirik gap jonga qasd,
O‘tkir pichoq — qinga.

O‘tirik so‘z o‘rga bormas.

O‘tirikning dumi — bir tutam.

Qofiyasi kelganda, otangni ayama.

G‘iybat yaqinni yot qilar,
Totuvni — araz.

G‘iybatkashning qozoni qaynamas.

G‘iybatsiz so‘z qizimas.

G‘iybatchining dili kir,
G‘ar-o‘g‘rining tili bir.

Haq gap tosh kesar.

Haq gap haqiqdan qimmat.

Qiziqarli malumotlar
chaqqonlik va noshudlik haqida maqollar, epchillik