Maktab papkasini xarid qilishda ota-onalarga asqatadigan foydali maslahatlar
Foto: Getty Images
Papka — ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak bo‘lgan o‘quv qurollaridan biridir. Noqulay va og‘ir aksessuar bo‘yin, yelka va umurtqa pog‘onasida qo‘shimcha yuk hosil qiladi, bu esa turli xil gavda buzilishlariga olib keladi. Farzandingizga ryukzak tanlashda e’tibor berishingiz kerak bo‘lgan bir qancha omillar mavjud.
Ota-onalardan biri maktabga masofaviy harorat o`lchagich sovg`a qildi
Poytaxtning Uchtepa tumanidagi 81- sonli matematika faniga ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o`rta ta`lim maktabi 4“B”-sinf o`quvchisining otasi Qudratilla Toxtaxonov farzandi o`qiyotgan maktabga o`zi tashabbus bildirgan holda masofaviy harorat o`lchagich (teplovizor) sovg`a qilgani ana shunday mas`uliyatning bir ko`rinishi sifatida namoyon bo`ldi.
“Maktabimiz ota-onalari tomonidan oldimizda turgan mas`uliyatli o`quv yili oldidan ko`rsatilayotgan bunday e`tibor maktab jamoasini yanada ruhlantirdi. Davlatimiz tomonidan pandemiya sharoitida o`quvchilar xavfsizligi uchun zaruriy anjomlar bilan ta`minlanishi ma`lum qilingan bo`lsada, maktabimiz ota-onalari tomonidan farzandlarimizga shunday g`amxo`rlik ko`rsatilganini e`tirof etmaslikning iloji yo`q”,
— 81-sonli maktab direktori Ziyoda Haydarova.
Maktab rahbarining aytishicha, tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlardan biri maktabga beg`araz yordam sifatida zaruriy sanitariya-gigiena vositalarini ham sovg`a qilgan.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli negativ fikrlar fonida tashabbuskor, saxovatli insonlarimizning maktabga ko`rsatayotgan bu kabi g`amxo`rligi tahsinga sazovor albatta.
Bugungi sinovli kunlarda maktablarga ko`maklashish masalasini umummilliy harakatga aylantirsak, oldimizda turgan sinovlardan muvaffaqiyatli o`tamiz va albatta qo`yilgan maqsadlarga erishamiz.
Maktab papkasini xarid qilishda ota-onalarga asqatadigan foydali maslahatlar
Foto: Getty Images
Papka — ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak bo‘lgan o‘quv qurollaridan biridir. Noqulay va og‘ir aksessuar bo‘yin, yelka va umurtqa pog‘onasida qo‘shimcha yuk hosil qiladi, bu esa turli xil gavda buzilishlariga olib keladi. Farzandingizga ryukzak tanlashda e’tibor berishingiz kerak bo‘lgan bir qancha omillar mavjud.
To‘g‘ri o‘lchamli ryukzak xarid qiling
Ryukzak o‘quvchiga kerakli barcha narsalarni sig‘diradigan darajada katta bo‘lishi kerak. Biroq ayni paytda u bolaning gavdasidan katta bo‘lmasligi lozim. Ryukzakning maksimal kengligi tananing kengligi bilan mutanosib bo‘lishi kerak va uning balandligi yelkalaridan kurak oxirigacha bo‘lgan masofadan 4-5 sm masofada bo‘lishi lozim.
Stabillashtiruvchi tasmali modelni tanlang
Ko‘krak qafasidagi kamar orqani mahkam ushlashni ta’minlaydi, bel kamari esa yukni umurtqa pog‘onasidan oyoq va tos suyaklariga o‘tkazadi. Stabillashtiruvchi kamarlar, ayniqsa, to‘ldirilgan xalta bolaning umumiy og‘irligining 10 foizdan ortiq og‘irligi bo‘lsa, zarur. Elementlarning joylashishini tekshiring. Bel kamari qat’iy ravishda bolaning sonlari bilan mos kelishi kerak, ko‘krak qafasi esa harakatga va erkin nafas olishga to‘sqinlik qilmasligi kerak.
Mato tarkibini o‘rganing
O‘quvchi belidagi stressni kamaytirishning usullaridan biri yengil materiallardan tayyorlangan papka tanlashdir. Bir nechta modellarni qo‘lingizda ushlab, solishtiring va mahsulot tarkibini o‘rganing: papka uchun ideal mato neylon, qolganlari qo‘shimcha og‘irlik beradi.
Ortiqcha narsa yuklamang
To‘la papka og‘irligi bola vaznining 10 dan 20 foizigacha bo‘lishi kerak. Misol uchun, 27 kilogrammli maktab o‘quvchisi 2,7 dan 5,4 kg gacha bo‘lgan og‘irlikdagi papkani ko‘tarishi mumkin.
Xavfsizlik hamma narsadan ustun
Katta zanjirli va boshqa dekorli modellarni xarid qilmang. Bunday bezaklar potensial xavflidir: agar ular yiqilsa yoki tasodifan yopilgan lift yoki avtobusning eshiklariga qisilib qolsa, bolaga shikast yetkazishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
O‘zbekiston maktablarida odob-axloq qoidalari qayta ko‘rib chiqiladi
Xalq ta’limi vazirligi 2022 yil 1 avgustga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini qayta ko‘rib chiqadi. Bu prezidentning 11 maydagi «Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida qayd etilgan.
Odob-axloq qoidalarida maktab va ota-onaning bola tarbiyasidagi o‘rni va mas’uliyati, ta’lim va tarbiya jarayonidagi ishtiroki va majburiyatlari belgilanadi. Maktablarning tasdiqlangan qoidalarni o‘zining rasmiy veb-sayti hamda «My.maktab.uz» axborot tizimiga joylashtiradi. 1 sentabrdan o‘quvchilar ota-onalari ushbu axborot tizimi orqali tanishtirib boriladi.
Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash vazifasi yuklatildi.
Qolaversa, Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda 2022 yil 1 sentabrga qadar 2023−2024-yillarda maktablarda ma’nan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash bo‘yicha dasturni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Moliya vazirligiga 2023−2024-yillarda maktablarda ma’nan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash bo‘yicha dasturni moliyalashtirish uchun respublika budjeti hisobidan 200 mlrd so‘m, mahalliy budjetlar hisobidan 200 mlrd so‘m miqdorda mablag‘lar ajratish vazifasi yuklatildi.
2022/2023 o‘quv yilidan 400 nafargacha o‘quvchisi bo‘lgan maktablarda Internet tezligi kamida 40 Mbit/s, o‘quvchilar soni 400 nafardan ko‘p bo‘lsa — kamida 100 Mbit/s etib ta’minlanadi. Buni amalga oshirishga AKT va Xalq ta’limi vazirliklari javobgar bo‘ladi, hokimliklar esa maktablarni yuqori tezlikdagi internetga ulash uchun zarur mablag‘larni ajratadi.
XTV 2023 yildan boshlab har yili 1 avgustga qadar ITSV va Moliya vazirligiga maktablarda ma’nan eskirgan kompyuter texnikasi to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etib boradi. ITSV va Moliya vazirligi shunga ko‘ra 2024 yildan maktablarni zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlash bo‘yicha moliyalashtirish manbalarini aniqlaydi.
Qiziqarli malumotlar
Maktab papkasini xarid qilishda ota-onalarga asqatadigan foydali maslahatlar