Hech qachon kechasi yemasligingiz kerak bo‘lgan 7 xil mahsulot

Hech qachon kechasi yemasligingiz kerak bo‘lgan 7 xil mahsulot

Ketchup

Siz o‘ylagandan-da foydali 7 mahsulot

Sog‘lom ovqatlanish haqida ma’lumotlar shu qadar ko‘pki, ularning qaysi biri haqiqatan ham foydali ekanini bila olmay qolasan ba’zan. Ko‘p mahsulotlar umuman “aybsiz aybdor”dek bo‘lib qolgan: sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari o‘z ratsionlarida ularni bekorga chetlab o‘tishmoqda. “Layfxaker” nima uchun ketchup, makaron va shokoladlar ko‘pchilik o‘ylaganidan yaxshiroq ekaniga doir ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Kartoshka

Foto: pixabay.com

Kartoshka to‘g‘ri ovqatlanish va ozish foydasiga ratsiondan olib tashlanishi kerak bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatida ko‘p bor qayd etiladi. Albatta, agar har kuni katta likopchani to‘ldirib qovurilgan kartoshka iste’mol qilib, vaznni kamaytirishga umid qilish noto‘g‘ri. Shunday bo‘lsa-da, kartoshka talay foydali xususiyatlarga ega.

Kartoshka – organizmda namlik muvozanatini saqlash va miyaga kislorod yetkazib berishni yaxshilash uchun muhim bo‘lgan kaliy manbai. O‘rtacha hajmdagi kartoshkada 20 foizgacha kundalik kaliy normasi bo‘ladi. Bu elementning maksimal miqdoriga erishish uchun pechda pishirilgan kartoshkani po‘sti bilan iste’mol qiling. Tabiiyki, bunda uning po‘stini oldindan yaxshilab yuvish shart.

Mahsulot tarkibidagi sellyuloza C va B6 vitaminlari bilan birga xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Shunday ekan, o‘choq yoki gaz pechida po‘sti bilan pishirilgan kartoshkani xush ko‘ruvchilar o‘z yurak va qon tomirlari uchun xotirjam bo‘lishlari mumkin.

Shokolad

Foto: pixabay.com

Bu yerda to‘g‘ri ovqatlanish tarafdorlari qisman haq. Agar normal tushlikni har kuni shokolad batonchasiga almashtirilsa yoki kuniga bittadan sutli shokolad iste’mol qilinsa, organizmingiz sizdan minnatdor bo‘lishi qiyin. Sutli shokoladni achchig‘iga almashtiring. U qadar shirin bo‘lmasligi mumkin, lekin foydali ekani aniq.

Birinchidan, shokolad iste’moli yurak-qon tomir kasalliklari xavfini qisqartiradi: teobromin va katexin qon tomirlari faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shokoladda kakao qirindisi qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. Bu borada sutlidan ko‘ra achchiq shokolad maqsadga muvofiq, oq shokoladni esa umuman jiddiy qabul qilmagan ma’qul.

Ikkinchidan, flavonoidlar miqdori yuqori bo‘lgan shokolad terini ultrafiolet nurlar ta’siridan himoyalaydi. Albatta, bu quyoshdan muhofazalovchi kremni ham unutib, kuni bo‘yi shokolad yeb sohilda yaltoqlanib yotish kerakligini bildirmaydi, biroq shokoladni ratsionga qaytarish uchun arzirli sababdir.

Qahva

Foto: pixabay.com

To‘g‘ri ovqatlanish tarafdorlari “Kofeindan voz keching”, “Qahva emas, choy iching” deyishadi. Bu ichimlikning “dushmanlari”ga ishonishga shoshilmang.

Tadqiqotlar teri saratonining turlaridan biri bo‘lgan bazal hujayrali katsinomaning paydo bo‘lish xavfining kamayishini aynan qahva iste’moli bilan bog‘laydi. Shuningdek qahva jigar uchun ham foydali: kuniga ikki shinjon qahva sirrozdan himoyalanishga yordam beradi.

Qahva dofamin miqorining oshishi hisobiga depressiyaga qarshi kurashishga yordam beradi, ikkinchi toifadagi diabetning paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi. Dalillar yetarlimi? Faqat yodingizda bo‘lsin, hamma narsada me’yorga rioya qilgan ma’qul, qahvada ham shunday.

Sariyog‘

Foto: pixabay.com

Sariyog‘ maksimal darajadagi nosog‘lom yegulikdek tuyuladi. Butkul yog‘ bo‘lsa, nimasi foydali deyishingiz mumkin. Biroq bu mahsulotdan voz kechishga shoshilmang, u siz o‘ylaganingizdan ancha foydali.

Sariyog‘ ko‘rish qobiliyati, moddalar almashinuvi va jinsiy gormonlar sintezida muhim bo‘lgan A vitaminiga ega. Bu vitamin yog‘da eruvchan bo‘ladi, shunday ekan, sariyog‘ ushbu vitaminning mukammal manbai bo‘la oladi.

Shuningdek, mahsulot E (immunitetni mustahkamlaydi), K (kalsiyni o‘zlashtirishda ishtirok etadi va buyraklarning normal ishlashiga yordam beradi) hamda D (saraton va yurak-qon tomir kasalliklari profilaktikasida juda muhim) vitaminlariga boydir. Darvoqe, bu vitaminlarning barchasi yog‘da eruvchan. Bu nimani anglatishini tushungandirsiz? To‘g‘ri, sariyog‘ iste’mol qilish kerak.

Makaronlar

Foto: pixabay.com

O‘z taomnomasi haqida qayg‘uradiganlar uchun yana bir dahshat. Likopcha to‘la makaron – bu axir dahshat, qanchadan-qancha kaloriya. Yoki unday emasmi?

Qanday makaron tanlanishiga bog‘liq! Bug‘doyning qattiq navlaridan tayyorlangan pasta ovqatni yaxshi hazm qilish uchun kerak bo‘lgan sellyulozaga boy. Tsellyuloza hatto ozishga yordam beradi: u anchagacha to‘qlik hissini beradi. Boz ustiga sifatli makaron qondagi qand miqdorini oshirmaydi.

Kepakli makaronlar homilador ayollarda homilaning yaxshi rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan foliy kislotasi (B9)ga ega bo‘ladi. Bu vitamin erkaklar uchun ham foydali: u jismoniy quvvatni oshiradi.

Bundan tashqari, selen. U moddalar almashinuvini nazoratida ishtirok etadi, qalqonsimon bez va immun tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Kepakli makaron doimiy ratsionga qo‘shish kerak bo‘lgan selen manbaidir.

Semirishdan qo‘rqsangiz, yog‘li va to‘yimli souslardan voz keching. Ularning o‘rniga makaronlarga biroz sifatli ketchup qo‘shing.

Yong‘oqlar

Foto: pixabay.com

To‘g‘ri ovqatlanish tarafdorlarida yong‘oqlar iste’moliga qarshi ikki asosiy dalil bor: ular haddan tashqari kaloriyali va yog‘li. Shunda bo‘lsin ham deylik, ammo yong‘oqlarni ratsiondan butkul o‘chirib bo‘lmaydi.

Yong‘oqlar – bu sellyuloza va oqsillar. Tsellyuloza ovqatni yaxshi hazm qilish uchun kerak bo‘lsa, oqsil – “qurilish” materiali, usiz organizm normal faoliyat yurita olmaydi. Bodom va funduqda immunitetni mustahkamlovchi va miyani kislorod yetishmovchiligidan asrovchi E vitamini ko‘p. Bundan tashqari, bodom ichaklar mikroflorasi uchun ham foydali.

Oddiy yong‘oqlar esa miya faoliyati uchun yaxshi, yeryong‘oq yurak-qon tomir tizimidagi muammolarni bartaraf etish xususiyatiga ega.

Ketchup

Foto: pixabay.com

Tomat sousi sog‘lom ovqatlanish tarafdorlari tomonidan bekordan-bekor rad etib kelinadi. Barchasiga vijdonsiz ishlab chiqaruvchilarning nayranglari aybdor, ular kraxmal, bo‘yoqlar va aromatizatorlar aralashmasi haqiqiy pomidorlarning o‘rnini bosa oladi deb o‘ylashadi. Bunisi endi ishlab chiqaruvchilarning vijdoniga havola.

Haqiqiy va foydali ketchup uchun u qadar ko‘p masalliq kerak bo‘lmaydi: tomat pastasi, suv, shakar, tuz va ziravorlar. Bunday ketchuplar kamchilikni tashkil qiladi, lekin aynan shularni tabiiy deb atash mumkin.

Pektin va likopin yana nimasi bilan foydali? Pektin – qondagi qand va xolesterin miqdorini kamaytiruvchi tabiiy enterosorbent. Likopin aterskleroz rivojlanishining oldini oladi va saratondan himoyalaydi. Tomatlardan tayyorlangan yaxshi ketchupda uning konsentratsiyasi sarxil pomidordagidan-da ko‘p bo‘ladi.

Sevimli taomlaringizga sous qo‘shib, bekorga xavotirlanmang: tabiiy ketchupning foydasini inkor etib bo‘lmaydi. Asosiysi, uning tarkibida arzon ketchuplarga qo‘shiluvchi kraxmal bo‘lmasin.

Me’yordan ko‘p iste’mol qilingan har qanday mahsulot foydadan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazadi. Sifatli mahsulotlarni tanlang va uni qancha miqdorda iste’mol qilishga aql bilan yondashing.

Hech qachon kechasi yemasligingiz kerak bo‘lgan 7 xil mahsulot

Bu gazaklar nafaqat vaznga salbiy taʼsir qiladi, balki uxlab qolishga ham xalal beradi. Agar uyqudan oldingi ovqatlanish odatidan butunlay voz kecha olmasangiz, hech bo‘lmaganda kechki menyudan ushbu mahsulotlarni chiqarib tashlang. Ammo shuni yodda tutish kerakki, kunning oxirgi ovqati yotishdan ikki-uch soat oldin qabul qilingan bo‘lishi kerak – albatta, o‘z salomatligingiz uchun.

Yog‘li qovurilgan ovqat

Organizm uglevodlar va hatto, oqsillarni qayta ishlashdan ko‘ra yog‘li ovqatlarni hazm qilish uchun ko‘proq vaqt sarflaydi. Kechki ovqat uchun qovurilgan kartoshka yoki yog‘li baliq isteʼmol qilsangiz, kechasi uxlash o‘rniga organizm kechki ovqatni hazm qilish bilan band bo‘ladi. Ertalab esa uyg‘onish siz uchun qiyin jarayonga aylanadi.

Achchiq taomlar

Birinchidan, achchiq taom va ziravorlar oshqozon shilliq qavatini bezovta qiladi va jig‘ildon qaynashiga olib keladi. Ikkinchidan esa ziravorlar gistaminlarni chiqaradi, bu esa o‘z navbatida uyg‘onishga yordam berib va uyquni buzadi.

Foto: “Noviy ochag”

Tovuq va kurka go‘shti

Parhez bop yog‘siz go‘sht ­— bu kechki tamaddi uchun ajoyib variant bo‘lib tuyuladimi?Boshqacha bo‘lishi mumkinmi?Biz isteʼmol qiladigan protein dopamin ishlab chiqarishga hissa qo‘shadi. Dopamin quvvatlantiruvchi va energiya berish xususiyatiga ega. Shu bois, parranda go‘shtini tushlik vaqtida yegan yaxshiroqdir. Taomdan olinadigan g‘ayratingiz bilan hamkasblarni yoki oila aʼzolaringizni xursand qiling.

Spirtli ichimliklar

Hammasi oddiy: hatto, bir stakan yengil vino ham uyqu sifatini 40 foizga kamaytiradi. Kechqurun qancha ko‘p ichilsa, tungi dam olish shunchalik yomon bo‘ladi. Kamiga ertalab uyg‘onganda esa o‘zimizni yomon his qilamiz.

Foto: “Noviy ochag”

Shokolad tarkibida kofein bor. Uch dona to‘rtburchak qora shokoladda chorak chashka kuchli espresso qahvasidagidan ko‘proq kofein mavjud. Kechasi kofe ichasizmi? Shuning uchun ham shokolad yemang.

Kechqurun namlik balansini to‘ldirishga majbur bo‘lmaslik uchun kun davomida ko‘p suyuqlik iching. Odatda, oxirgi stakan suvni yotishdan ikki soat oldin ichish kerak. Aks holda, kechasi uyg‘onishga to‘g‘ri keladi.

Quvvat beruvchi ichimliklar

Bunday ichimliklar tarkibida kofein mavjud. Shuningdek, sport ichimliklari faol va kuchli mashq qilishga yordam beradi. Tushdan keyin sport zaliga borishga odatlangan bo‘lsangiz, mashg‘ulotlardan oldin va keyin ichadigan ichimliklar tarkibini diqqat bilan tekshiring.

Mavzuga doir:

Kechasi umuman yemasligingiz kerak bo‘lgan 7 mahsulot

Agar uyqudan oldingi ovqatlanish odatidan butunlay voz kecha olmasangiz, hech bo‘lmaganda kechki menyudan ushbu mahsulotlarni chiqarib tashlang. Ammo shuni yodda tutish kerakki, kunning oxirgi ovqati yotishdan ikki-uch soat oldin qabul qilingan bo‘lishi kerak.

Suv — Kechqurun namlik balansini to‘ldirishga majbur bo‘lmaslik uchun kun davomida ko‘p suyuqlik iching. Odatda, oxirgi stakan suvni yotishdan ikki soat oldin ichish kerak. Aks holda, kechasi uyg‘onishga to‘g‘ri keladi.

Achchiq taomlar — Birinchidan, achchiq taom va ziravorlar oshqozon shilliq qavatini bezovta qiladi va jig‘ildon qaynashiga olib keladi. Ikkinchidan esa ziravorlar gistaminlarni chiqaradi, bu esa o‘z navbatida uyg‘onishga yordam berib va uyquni buzadi.

Spirtli ichimliklar — Hammasi oddiy: hatto, bir stakan yengil vino ham uyqu sifatini 40 foizga kamaytiradi. Kechqurun qancha ko‘p ichilsa, tungi dam olish shunchalik yomon bo‘ladi. Kamiga ertalab uyg‘onganda esa o‘zimizni yomon his qilamiz.

Quvvat beruvchi ichimliklar — Bunday ichimliklar tarkibida kofein mavjud. Shuningdek, sport ichimliklari faol va kuchli mashq qilishga yordam beradi.

Tushdan keyin sport zaliga borishga odatlangan bo‘lsangiz, mashg‘ulotlardan oldin va keyin ichadigan ichimliklar tarkibini diqqat bilan tekshiring

Yog‘li qovurilgan ovqat — Organizm uglevodlar va hatto, oqsillarni qayta ishlashdan ko‘ra yog‘li ovqatlarni hazm qilish uchun ko‘proq vaqt sarflaydi.

Kechki ovqat uchun qovurilgan kartoshka yoki yog‘li baliq isteʼmol qilsangiz, kechasi uxlash o‘rniga organizm kechki ovqatni hazm qilish bilan band bo‘ladi. Ertalab esa uyg‘onish siz uchun qiyin jarayonga aylanadi.

Tovuq va kurka go‘shti — Parhez bop yog‘siz go‘sht ­— bu kechki tamaddi uchun ajoyib variant bo‘lib tuyuladimi? Boshqacha bo‘lishi mumkinmi? Biz isteʼmol qiladigan protein dopamin ishlab chiqarishga hissa qo‘shadi.

Dopamin quvvatlantiruvchi va energiya berish xususiyatiga ega. Shu bois, parranda go‘shtini tushlik vaqtida yegan yaxshiroqdir. Taomdan olinadigan g‘ayratingiz bilan hamkasblarni yoki oila aʼzolaringizni xursand qiling.

Shokolad — Shokolad tarkibida kofein bor. Uch dona to‘rtburchak qora shokoladda chorak chashka kuchli espresso qahvasidagidan ko‘proq kofein mavjud. Kechasi kofe ichasizmi? Shuning uchun ham shokolad yemang.

Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin

So‘nggi yuklangan mavzular

Ko‘p o‘qilgan mavzular

Bo‘limlardan birini tanlang

Qiziqarli malumotlar
Hech qachon kechasi yemasligingiz kerak bo‘lgan 7 xil mahsulot