I bob. Kompyuter grafikasi asoslari Kompyuter grafikasi ning informatsion jamiyatdagi

I bob. Kompyuter grafikasi asoslari Kompyuter grafikasi ning informatsion jamiyatdagi

Agar bu ikki omil birbiriga mos kelsa, unda iktisodiy foydali bo’ladi. Buning ustiga, kompyuterlashtirilgan reklamaning iktisodiy samaradorligini aniklab turib, ko’p reklamalar oldida foyda olish maksadi turmaganligi xolini xisobga olmaydipar. Masalan, imij-reklamaning 80%i to’gridan to’gri foyda olish maksadini ko’zlamaydi, chunki bu xolda biror axborot maxsuloti emas, balki umuman interaktiv xizmat reklama kilinadi.

Mavzu Kompyuter tarmoqlari Reja 1 Asosiy tushunchalar 2

1. Asosiy tushunchalar Kompyuter tarmog’i (Computer Net. Work, net–tarmoq, va work– ish) – bu kompyuterlar o’rtasida axborotlar almashinuvi tizimidir. Yoki boshqacha qilib aytsak: Kompyuter tarmog`i– bu ikkita yoki undan ko‘proq kompyuterlarning va boshqa qurilmalarning biriga kabellar bilan ulanishidan hosil bo‘ladigan tarmoqdir. Kompyuter (hisoblash) tarmog’i– aloqa kanallari yordamida ma`lumotlarni tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar va terminallar to’plami bo’lib, u ko’p mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir. Kompyuter tarmog’i “tarmoq abonenti”, “stansiya” va “fizik uzatish muhiti” kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo’ladi. Tarmoq abonenti tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni istemol qiluvchi ob`ektdir. Stansiya– axborot uzatish va qabul qilish bilan bog’liq vazifalarni bajaruvchi ob`ektdir.

Alohida kompyuterlar, kompyuter majmualari, terminallar, sanoat robotlari, programmaviy boshqaruvli dastgohlar va shu kabilar tarmoq abonentlari bo’lishlari mumkin va xar bir abonent stansiyaga ulanadi. Abonent va stansiya birgalikda “abonent tizimi“ deb ataladi. Abonentlarning o’zaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud bo’lishi kerak. Fizik uzatish muhiti– elektr, radio yoki boshqa signallar yordamida amalga oshiriladigan aloqa kanali va ma`lumotlarni uzatish, qabul qilish qurilmalaridir. Fizik uzatish muhiti negizida abonent tizimlari o’rtasida axborot uzatishni ta`minlovchi kommunikasion tarmoq tashkil etiladi. Bunday yondashuv har qanday komppyuter tarmog’ini abonent tizimlari va kommunikasion tarmok yig’indisi sifatida ko’rish imkonini beradi.

Kompyuter tarmoqlari quyidagi belgilari bo’yicha klassifikatsiyalanadi: ÿ ÿ ÿ Geografik (xududiy) joylashuvi bo’yicha; Ishlab chiqarish bo’limlarining miqyosi bo’yicha; Boshqarish usuli bo’yicha; Axborotni uzatish tezligi bo’yicha; Aloqa (ulanish) topologiyasi tuzulishi bo’yicha.

Abonent tizimlarining xududiy joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy turkumga ajratish mumkin: Lokal tarmoqlar- (LAN– Local Area Network); Mintaqaviy tarmoqlar- (MAN– Metropolitan Area Network); Global tarmoqlar- (WAN– Wide Area Network);

Lokal kompyuter tarmog’i uncha katta bo’lmagan xudud chegarasida joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Masalan, korxonalar, tashkilotlar, firmalar, banklar, ofislar miqyosidagi komppyuterlarni o’zaro birlashtiruvchi tarmoqlar lokal kompyuter tarmog’i turkumiga kiradi. Hozirgi vaqtda lokal hisoblash tarmoqlari abonentlarining xududiy joylashuvi bo’yicha qat`iy cheklashlar yo‘q. Mintaqaviy kompyuter tarmog’i bir-biridan ancha uzoq masofada joylashgan komppyuterlarni va lokal kompyuter tarmoqlarini o’zaro bog’laydi. U katta shaxar, iqtisodiy mintaqa va alohida mamlakat doirasidagi abonentlarni o’z ichiga olishi mumkin. Odatda, mintaqaviy hisoblash tarmog’i abonentlari o’rtasida masofa o’nlab, yuzlab kilometrni tashkil etadi. Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlar yoki kit`alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Mazkur tarmoq abonentlar o’rtasidagi aloqa telefon, radio aloqa va kosmos aloqa tizimi negizida amalga oshiriladi.

Tarmoq miqyosi (o’ljami) Masofa (Дистанция) Joyi Turi (Место) (Тип) 1 м Plata Kompyuter 10 м Xona (Комната) LAN 100 м Bino (Здание) LAN 1000 м Qo’shni binolar (Кампус) LAN 100000 м Shahar (Город) MAN 1000000 м Qit`a (Континент) MAN Планета WAN 10000000 м

Ishlab chiqarih, tashkilot miqyosi (масштаби) bo’yicha tarmoqlar quyidacha farqlanadi: : Bo’limlar tamog’i (сети отделов); : Kampuslar tarmog’i (сети кампусов); : Tashkilot, kompaniya tarmoqlari (корпоративные сети).

Bosqarish usullari bo’yicha tarmoqlar quyidagicha bo’lishi mumkin: “Mijoz – server” Mijoz – server tarmoqlari (Клиент–сервер); – Mijoz bu tarmoqqa so’rovlar beruvchi (kompyuter yoki dastur) ob`ektdir. Yoki boshqacha aytganda Mijoz- bu tarmoqni abonenti bo‘lib, faqat tarmoq resurslaridan foydalanadi, ya`ni tarmoq unga xizmat qiladi. – Server–bu tarmoqqa xizmat ko’rsatuvchi (kompyuter yoki Server dastur) ob`ekt. Yoki boshqacha aytganda Server- bu tarmoqni abonenti bo‘lib, boshqa abonentlarga o‘zining resurslarini taqdim etadi, o‘zi esa boshqa abonentlarni resurslaridan foydalanmaydi, ya’ni faqat tarmoqga xizmat qiladi. “Peer–to Peer” Peer (teng huqukli) tarmoqlar (одноранговые сети) bir rangli tarmoqlar, yani tarmoqdagi barcha kompyuterlar bir xil kirish va resurslar huquqiga ega.

Axborotlarni uzatish tezligi Ma`lumotlarni uzatishning kichik tezligi– tezligi bunda ma`lumotlarni uzatish tezligi 10 dan 100 gacha kilobit bo’ladi; kilobit Ma`lumotlarni uzatishning o’rtacha tezligi– tezligi bunda ma`lumotlarni uzatish tezligi, birdan bir necha o’nlab megabit diapazonda bo’ladi; Ma`lumotlarni uzatishning yuqori tezligi– tezligi bunda ma`lumotlarni uzatish tezligi 100 dan yuqori megabit va megabit gegabit diapazonda bo’ladi.

Aloqa, ulanish topologiyasi bo’yicha kompyuter tarmoqlari quyidagicha bo’lish mumkin: ” Umumiy shina topologiyasi (Bus– Общая шина ); ” Yulduz topologiyasi (Star– Звезда); Yulduz topologiyasi ” Halqa topologiyasi (Ring– Кольцо); Halqa topologiyasi ” Daraxtsimon tuzulmali topologiya (Tree– Древовидной); ” Aralash tuzulmali topologiya (Mixed– Смешанной).

“Umumiy shina” topologiyasi Umumiy shina tarmoq tapologiyasi (bus- Общая шина)– шина bunda hamma kompyuterlar bir aloqa liniyasiga parallel ulanadi va har bir kompyuterdan axborot bir vaqtda hamma qolgan kompyuterlarga uzatiladi.

“Yulduz” topologiyasi Yulduz topologiyasi (Star– Звезда)– Звезда bunda bitta markaziy kompyuterga chetda qolgan kompyuterlar ulanadi, shu bilan birga har biri o‘zining alohida aloqa liniyalaridan foydalanadi.

“Halqa” topologiyasi Halqa topologiyasi (Ring– Кольцо)– Кольцо bunda har bir kompyuter axborotni har doim faqat bitta zanjirda kelayotgan kompyuterga uzatadi, axborotni esa faqat zanjirdagi oldinda kelayotgan kompyuterdan oladi va bu zanjir “halqa” bo‘lib birlashgan

Daraxtsimon tuzulmali topologiya

Aralash tuzulmali topologiya

Kompyuter tarmog’ining texnik ta`minoti Kompyuter tarmog’ini tashkil qilish uchun albatta bir nechta tarmoqda ishlatiladigan texnik vositalardan foydalaniladi. Bu vositalar vazifalari har xil bo’lishi mumkin, lekin ularning ayrimlari tarmoqdagi axborot almashinuviga yordam bersa, ayrimlari axborot almashinuvi ishonchligini oshiradi, ayrimlari esa uzatish tezligi va masofasini oshiradi va hakozo. Quyida bu texnik vositalar va ular xaqida ma’lumotlarni keltiramiz.

Kompyuter tarmog’i qurilmali quyidagilar: Aloqa kabellari- Линия связи – Network cable Tarmoq kartasi – Сетевая карта- Network Card Trаnsivеrlаr – Трансивер- Transceiver Takrorlagichlar – Повторитель- Repeater Kоnsеntrаtоrlаr – Концентратор- Hub Ko’priklar – Мост – Bridge Kommutatorlar – Коммутатор- Switch Mashrutlovchilar- Маршрутизатор- Router

Aloqa kabellari Ахbоrоt uzazish muхiti dеb– kоmpyutеrlаr o’rtаsidа ахbоrоt аlmаshinuvini tаminlоvchi ахbоrоt yo’llаrigа (yoki аlоqа kаnаllаrigа) аytilаdi. Ko’pchilik kоmpyutеr tаrmоqlаridа (аyniqsа LANda) simli yoki kаbеlli аlоqа kаnаllаri ishlаtilаdi. Хаmmа ishlаb chiqаrilаdigаn kаbеllаrni uch turgа bo’lish mumkin: 1. O’rаlgаn juft simli kаbеl (Витая пара, twisted pair), ulаr himоyalаngаn ya`ni ekrаnlаshtirilgan (shielded twisted pair-STP) vа himоyalаnmаgаn ya`ni ekrаnlаshtirilmаgаn, (unshielded twisted pair – UTP); 2. Kоаksiаl kаbеllаr (coaxial cable); 3. Оptik tоlаli kаbеllаr (fiber optic). O’ralgan juft kabel Витая пара Koaksial Коаксиал Optik tollali Оптоволокно

O’rаlgаn juft simli kаbеllar (Витая пара, twisted pair)- asosan ikki xil bo’ladi: 1. Himоyalаngаn ya`ni ekrаnlаshtirilgan (shielded twisted pair-STP); – Ekranlangan qatlam Himoya qatlami Izalatsiya qatlami

2. Himоyalаnmаgаn ya`ni ekrаnlаshtirilmаgаn, (unshielded twisted pair – UTP). – Tashqi himoya qatlami – O’ralgan juft sim Rang bilan ajratilgan izalatsiya Maximum cable length: 100 m

Kоаksiаl kаbеllаr (coaxial cable) Outer Jacket – Tashqi himoya qatlami Braided Copper Shielding -To’qilgan mis qatlam Copper Conductor – Mis simli o’tkazgich Plastic Insulation – Plastmassali himoya qatlami

Kоаksiаl kаbеllаrning аsоsаn ikkitа turi mаvjud: 1. Ingichkа (Thin) kаbеl, diаmеtri 0, 5 sm аtrоfidа, аnchа egiluvchаn; 2. Yo’g’оn (Thick) kаbеl, diаmеtri 1 sm аtrоfidа, аnchа qаttiq. Ingichkа kаbеllаr kаm mаsоfаlаrgа ахbоrоt uzаtishdа yo’g’оn kаbеllаrgа nisbаtаn ko’p ishlаtilаdi, chunki ulаrdа signаl so’nishi ko’prоq. Lеkin ingichkа kаbеl bilаn ishlаsh аnchа qulаy, tеz хаr bir kоmpyutеrgа o’tkаzish mumkin. Yo’g’оn kаbеlni хоnа dеvоrlаrigа bir vаziyatdа аniq mахkаmlаb qo’yishni tаqоzо qilаdi. Ingichkа kаbеlgа oddiy rаzеmni ulаsh qulаy vа qo’shimchа mоslаmа tаlаb qilinmаydi, lеkin yo’g’оn kаbеlgа ulаnish qimmаt mоslаmаlаrdаn fоydаlаnishgа to’g’ri kеlаdi, chunki mаrkаziy mis simgа еtish uchun qоplаmаlаrni tеshib o’tа оlish, hаmdа himоya sim to’qimа (ekrаn) bilаn hаm ulаnish lоzim. Yo’g’оn kаbеl ingichkа kаbеlgа nisbаtаn nаrхi ikki bаrоbаr qimmаt. Shu sаbаbli ingichkа kаbеllаr ko’p qo’llаnilаdi.

Оptik tоlаli kаbеllаr (fiber optic). Tashqi himoya qoplamasi Cladding – Shisha qoplamasi Yadro-shaffof shisha tola

Оptik tоlаli kаbеl– bu kаbеlda ахbоrоt elеktr signаli ko’rinishdа emаs, yorig’lik ko’rinishidа uzаtilаdi. Bu turdаgi kаbеlning аsоsiy elеmеnti– shаffоf shishа tоlа bo’lib, u оrqаli yorug’lik judа kаttа mаsоfаlаrgа (o’nlаb kilоmеtrgаchа) kam so’nish bilаn uzаtilаdi. Оptik tоlаning tuzilishi judа оddiy bo’lib u kоаksiаl elеktr kаbеl tuzilishigа o’хshаsh. Fаqаt mаrkаziy mis sim o’rnigа bu kаbеl turidа ingichkа shishа tоlа ishlаtilgаn, ichki himоya qоplаmа o’rnigа esа, yorug’likni shishа tоlа tаshqаrisigа tаrqаtmаydigаn shishа yoki plаstik qоplаmаdаn fоydаlаnilgаn. Оptik tоlаli kаbеlning kаmchiligi uni yig’ish (mоntаj) qilish ishlаrining murаkkаbligidir.

Оptik tоlаli kаbеllаrni ikki turi mаvjud: 1. Ko’p mоdli yoki multimоdli kаbеl, аnchа аrzоn lеkin sifаti pаst; 2. Bir mоdli kаbеl, nаrхi аnchа qimmаt, lеkin yaхshi tехnik ko’rsаtgаchlаrgа egа.

Optik tolali kabellarni ulashda ikki xil konnektorlar ishlatiladi: 1. Subscriber Connector (SC) – multimоdli kаbеllarda qo’llaniladi; 2. Straight Tip (ST) – bir mоdli kаbеllarda qo’llaniladi. Optik tolali kabelning ulanish sxemasi quyidagicha

Tarmoq kartasi- Network Card – Сетевая карта Tаrmоq kartalarini turli аdаbiyotlаrdа yanа kоntrоllеr, аdаptеrlar, plаtаlar, intеrfеyslаr, NIC– Network Interface Card nоmlаr bilаn аtаydilаr. Bu qurilmаlаr mаhаlliy tаrmоqning аsоsiy qismi, ulаrsiz tаrmоq hоsil qilish mumkin emаs. Tаrmоq аdаptеrlаrining vаzifаsi– kоmpyutеrni (yoki bоshqа аbоnеntni) tаrmоq bilаn ulаsh, yanа qаbul qilingаn qоidаlаrgа riоya qilgаn хоldа kоmpyutеr bilаn аlоqа kаnаli o’rtаsidаgi ахbоrоt аlmаshinuvini tаminlаshdir.

Trаnsivеrlаr – Трансивер – Transceiver Trаnsivеrlаr yoki uzаtish vа qаbul qilish qurilmаlаri, ulаr аdаptеr bilаn tаrmоq kаbеli o’rtаsidаgi ахbоrоtni uzаtish uchun хizmаt qilаdilаr yoki tаrmоqning ikki qisimlаri (sеgmеnt) o’rtаsidаgi ахbоrоt uzаtishni аmаlgа оshirаdilаr. Trаnsivеr signаlni kuchаytirish, signаl qiymаtlаrini o’zgаrtirish yoki signаl ko’rinishini o’zgаrtirish (mаsаlаn, elеktr signаlini yorug’lik signаligа vа tеskаrigа) ishlаrini bаjаrаdi. Ko’pinchа аdаptеr plаtаsigа o’rnаtilgаn qаbul qilish vа uzаtish qurilmаsini trаnsivеr dеb hаm yuritilаdi.

Takrorlagichlar – Повторитель – Repeater Rеpeatеrlаr yoki takrorlagich qurilmаsi trаnsivеrgа nisbаtаn аnchа оddiy vаzifаni bаjаrаdi. U fаqаt susаygаn signаlni qаytа tiklаb аvvаlgi ya`ni uzаtilgаn vаqtidаgi ko’rinishgа (аmplitudаsi vа ko’rinishini) kеltirаdi. Signаlni qаytа tiklаshning аsоsiy mаqsаdi, tаrmоq uzunligini оshirishdаn ibоrаt. Rеpeatеrlаr vа trаnsivеrlаr hеch qachon o’zidаn o’tаyotgаn ахbоrоtgа ishlоv bеrmаydilаr.

Kоnsеntrаtоrlаr – Концентратор – Hub Kоntsеntrаtоrlаr bir nеchа tаrmоq qisimlаrini birlаshtirib bir butun tаrmоq hоsil qilishgа хizmаt qilаdilаr. Kоnsеntrаtоrlаrni аktiv vа pаssivgа аjrаtish mumkin. Pаssiv kоntsеntrаtоrlаr kоnstruktiv jiхаtidаn bir nеchа rеpeatеrlаrni o’z tаrkibigа оlgаn bo’lаdi. Ulаr rеpeatеrlаr bаjаrаdigаn vаzifаlаrini o’zini bаjаrаdilаr. Bundаy kоntsеntrаtоrlаrning аlохidа оlingаn rеpeatеrlаrgа nisbаtаn аfzаlligi hаmmа ulаnish nuqtаlаri bir jоygа yig’ilgаnligidir. Bu tаrmоq tuzilishini o’zgаrtirishgа qulаylik to’g’dirаdi, tаrmоqni nаzоrаt qilish vа nоsоzliklаrni tоpishni оsоnlаshtirаdi. Shuningdеk hаmmа rеpeatеrlаr sifаtli vа bir nuqtаdаn elеktr mаnbаyigа ulаnаdilаr. Аktiv kоnsеntrаtоrlаr аnchа murаkkаb vаzifаlаrni bаjаrаdilаr, mаsаlаn, ulаr аlmаshuv prоtоkоllаrini vа ахbоrоtni o’zgаrtirishni аmаlgа оshirаdilаr.

Ko’priklar – Мост – Bridge Ko’priklаr, shlyuzlаr vа yo’nаltirgichlаr turli хildаgi tаrmоqlаrdаn bir butun tаrmоq hоsil qilish uchun ishlаtilаdi, ya’ni turli quyi bоsqich аlmаshish prоtоkоllаri, хususаn, turli fоrmаtdаgi pаkеtlаr, turli kоdlаsh usullаri vа turli tеzlikdаgi uzаtishlаr vа хоkаzоlardan bir butun tarmoq hosil qilinadi. Ko’priklаr – eng sоddа qurilmа bo’lib, ulаr yordаmidа turli ахbоrоt аlmаshish stаndаrtli tаrmоqlаrni birlаshtirishdа, yoki bir tаrmоqning bir nеchа qisimlаrini birlаshtirishdа fоydаlаnilаdi.

Kommutatorlar – Коммутатор – Switch Kommutatorlar (Shlyuzlаr)– bu qurilmаlаr prоtоkоllаri kаttа fаrq qiluvchi, butunlаy biridаn fаrq qiluvchi tаrmоqlаrni birlаshtirishda ishlаtilаdi, mаsаlаn, mаhаlliy, tаrmоqlаrni kаttа kоmpyutеrlаr bilаn yoki glоbаl tаrmоq bilаn ulаshdа qo’llаnilаdi. Bu qurilmаlаr kаm qo’llаnilаdigаn vа qimmаt tаrmоq qurilmаlаrigа kirаdi. Аgаrdа OSI mоdеligа murоjаt qilsаk, shlyuzlаr– OSI modelidagi аnchа yuqоri bоsqichlаr vаzifаlаrini bаjаrаdilаr COMPEX SRX 1216 Dual Speed Switch 16 port 10/100 MBit/S (16 UTP) RM

Mashrutlovchilar – Маршрутизатор – Router Mashrutlovchilar yoki Yo’nаltirgichlаr ko’priklаrgа qаrаgаndа аnchа murаkkаb vаzifаni bаjаrаdilаr. Ulаrning аsоsiy vаzifаsi– hаr bir pаkеt uchun qulаy uzаtish yo’lini tаnlаshdir. Buning uchun tаrmоqning eng ko’p yuklаngаn qisimlаrini vа buzilgаn bo’lаklаrini аylаnib o’tishi kеrаk. Ulаr оdаtdа murаkkаb shохlаmаli (aralash topologiyali) tаrmоqdа ishlаtilаdi, bu хоldа аlохidа оlingаn аbоnеntlаr o’rtаsidа bir nеchа аlоqа yo’li mаvjud bo’lishi mumkin. Cisco 2500

Kompyuter tarmoqlarining dasturiy ta`minoti Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga ko’rsatadigan xizmati bilan o’lchanadi. Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda ko’plab foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lishi kerak. Xozirda shunday dasturiy ta’minot tuzishning ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan. Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan ta’minoti ko’pgina foydalanuvchilarga hamma kirishi mumkin bo’lgan bosh kompyuter resurslarini taqdim etishga mo’ljallangan. U fayl-server deb yuritiladi. Bosh kompyuterning asosiy resursi fayllar bo’lgani uchun u shu nomni olgan. Tarmoqda bir qancha fayl – serverlar bo’lishi mumkin. Fayl-server resurslarini boshqaruvchi va ko’pgina tarmoq foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy tarmoq ta’minoti tarmoqning operasion tizimi deb ataladi.

Ikkinchi tamoyil “klient-server” arxitektura deb ataladi, Uning dasturiy ta’minoti resurslardan jamoa bo’lib foydalanishgagina mo’ljallanib qolmay, ularni qayta ishlash va foydalanuvchi talabiga ko’ra resurslarni joylashtirishga mo’ljallangan. “Klient-server” arxitekturalar dasturi tizimi ikkita bo’linmadan iborat: 1. Serverning dasturli ta’minoti; 2. Foydalanuvchi– mijozning dasturiy ta’minoti. Bu tizimlar ishi quyidagicha tashkil qilinadi: mijoz-dasturlar foydalanuvchining kompyuterida bajariladi va umumiy kirish kompyuterida ishlaydigan dastur – serverga so’rov jo’natiladi. Ma’lumotlarning asosiy qismini qayta ishlash kuchli server tomonidan amalga oshiriladi, foydalanuvchi kompyuteriga faqat bajarilgan so’rov natijalari yuboriladi. Ma’lumotlar bazasi serverlari katta xajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashga mo’ljallangan va ko’p sonli foydalanuvchilar yuqori unumli ishlab chiqarishni, ishonch va himoyalanganlikni ta’minlaydi.

I bob. Kompyuter grafikasi asoslari Kompyuter grafikasi ning informatsion jamiyatdagi

Kompyuter grafikasi (mashina grafikasi) nima degani? Mashina grafikasi deganda ob’ektlarning xajm modellarini yaratish, saqlash, ishlov berish va EHMlar yordamida ularni tasvirlash tushuniladi.

Kompyuter grafikasi yangi informatsion texnologiyalar orasida tuxtovsiz rivojlanib bora etgan yunalishlardan biri xisoblanadi. Bunday rivojlanish texnika soxasida xam (grafika stantsiyalari), programmaviy vositalar sohasida ham (SUPER ANIMATOR yoki 3-D STUDIO ) ko’zga tashlanmoqda. Ular videofilm kadrlari bilan sifat buyicha taqqoslashga loyiq xaqiqiy, xajmli xarakatlanuvchi tasvirlarni yaratishga imkon beradi. Bu programmaviy maxsulotlar reklamalar ishlab chiqaruvchi vositalar xisoblanib, san’at va multimediya texnologiyasi soxalarida kullaniladi. Bundan tashkari namoyish grafikasiga, geometrik modellashtirishga, grafik interfeyslarni loyixalashga, animatsiya (xayvonlar tasviri bilan ishlash)ga va ko’zga ko’rinuvchi (vizualno’y) xarakatni kurishga katta e’tibor berilmokda.

Kompyuter grafikasi iqtisodiet sohasida, aynihsa ihtisodiy kursatgigchlarni tahlil kilishda muvoffakiyatli kullanilishi mumkin.

Kompyuter grafikasi” tugrisida umumiy tushuncha. Kompyuter grafikasi jaxonda yangi fundamental fan xisoblanib, iktisodiyot soxasida kadrlar tayyorlab berishda o’ziga xos mustaqil ahamiyatga egadir.

Maxsus kompyuter programmalari xuddi bir varak ok kogozga kalam yoki ruchka bilan xar xil rasmlarni solish singari kompyuter ekranida sichkoncha yordamida rasm chizish, ya’ni tasvir tuzish, tuzatish va ularni xarakatlantirish imkonini yaratdi. Bu programmalar rasm solish programmalari yoki grafik redaktorlar xisoblanib, ular yordamida rasmning elementlari boshkarib boriladi.

Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va uning texnikaviy va programmaviy vositalarining yangilanib turilishi kursni xamisha takomillashtirishga, bu soxadagi yangi yunalishlarni tinmay urganib borishni takozo etadi. Oxirgi yillarda bu soxada juda katta uzgarishlar (siljishlar) yuz berdi, ya’ni 16 mln.dan ortik rang va rang turlarini (ottenok) uzida aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni (paper part) kirituvchi moslama- skanerlar, grafik ish stantsiyalari; programmaviy vositalar soxasida esa xakikiy kompyuter dunyosini kashf kila oladigan programmalar dunega keldi.

Bundan tashkari jamiyat ongida xam uzgarishlar sodir buldi, endi kompyuter grafikasi kirib bormagan soxa kolmaydi.

  • “Iktisodiy informatika va xisoblash texnikasi”
  • “Kompyuter informatsion sistemalari”
  • “Moddiy resurslarning kompyuter informatsion sistemalari (marketing)”
  • ADP (amaliy dasturlar paketi)
  • “Kompyuter tarmoklari” va boshkalar.

Grafikni tuzish va uni tushunish uchun grafika elementlari ma’nosi va ularni turli xolatlarda qo’shilishini o’rganish zarur.

Grafik yordamida tayyorlanadigan voqeliklarni to’g’ri tushunish uni tashkil etuvchi xamma elementlarini to’plami mavjud bo’lgandagina mumkin. (shkalalar, sarlavxalar va sh.o’.).

Tasvirlashning grafik usuli yoki grafik til – bu fikrni ifodalashning fazoviy tasvirlash, yoki qandaydir tekislikda shartli ravishda aks ettirish usullarining to’plamidir.

Grafik tasvirlashning namunalari – geometrik kartalar,iqtisodiy analizning diagrammalar tizimi, korxonlarning struktura sxemalari va boshqalar.

Qandaydir fikrlar to’plamini ifodalovchi chertejlarni tuzish jarayoni grafiklashtirish deyiladi, uning natijasi esa – grafika deyiladi. Grafik shartli ravishda voqelikni yoki qandaydir jarayonni tasvirlaydi. Grafikada qo’llaniladigan xamma belgilar – bu g’oyalar belgisi, grafikni o’zi yaxlit xolatda g’oyalar to’plamini ifodalashdir.

Grafikada uning ikki xil elementi ajralib turadi: grafik qiyofa va ekslikatsiya.

Grafik qiyofa – bu chizmalar to’plami bo’lib, o’zaro bog’lanishlari bilan birgalikda tushuniladi.

Eksplikatsiya – grafik obrazning ma’nosini ochib beradigan ma’lumotlar to’plami. Grafik obraz simvollik yoki geometrik shaklda bo’lishi mumkin.

Shartli belgilar yordamida tuzilgan, ma’nosi uning geometrik shakliga bog’lanmagan bo’lib, sharoitga bog’liq xolda tushuniladigan obrazlar simvolik obrazlarga tegishlidir.

Shartli belgilar qandaydir tushunchalar (simvollar) bilan puxta bog’langan bo’lishi, aniq bir oblast belgilar to’plami esa simvolikalar bilan ifodalanishi mumkin.

Simvolik ko’rinishdagi ikki o’lchovli grafik obrazlar grafikani tashkil etadi.

Geometrik ma’noga ega bo’lgan, shu shaklda biror tenglamani yoki tengsizlikni ifodalovchi obraz geometrik grafika deyiladi.

Masalan, inflyatsiyani o’sishini ko’rsatuvchi egri chiziq shu ko’rinishda emas, balki iqtisodiy kategoriya sifatida qiziqarlidir.

Grafik obraz koordinat sistemasi yordamida masshtablashtirilgan shkala, o’lchov birligi nomli to’r, grafika umumiy sarlavhasi, umumiy va xususiy tushuntirish usuli, sonlar chizig’i to’ldiruvchisi va qaytariluvchi sonlar sifatida tushuniladi.

Grafik obraz butun son ko’rinishida ifodalanishi mumkin.

Grafika eksplikatsiyasi uch xil ko’rinishga ega bo’lishi mumkin: geometrik, ideografik va xususiylashgan.

Ideografik eksplikatsiya – shartli belgilarni ma’nosini tushuntiradi-figurali, chiziqli, fonli va boshqalar (agar bu belgilar standartlashtirilmagan bo’lsa), bu shartli belgilar grafika elementlariga aniq bir ma’no bag’ishlaydi.

Geometrik eksplikatsiya – koordinat o’qlari, to’r, shkalalar, masshtablar. Ular yordamida geometrik qiyofalar geometrik xususiyatlarga ega bo’ladi, chunki bu vositalar yordamida geometrik yuzalar xossalaridan foydalaniladi.

Xususiylashgan eksplikatsiya – sarlavhalar, tushuntirishlar (chiqish sonlari va belgilarga). Bu tushuntirishlar grafikaning ushbu bilimlar doirasi butun majmuasida qanday joy egallaganini ko’rsatadi va til nuqtai nazaridan grafikaning eng zaruriy elementi hisoblanadi, chunki usiz grafika hech qanday ma’noga ega bo’lmaydi.

Eksplikatsiyadan tashqari grafikada qo’shimcha ma’lumotlar ham bo’lishi mumkin: raqamli ma’lumotlar, takrorlanuvchi qiymatlar va x.k. Grafika bilan ifodalanuvchi mantiqiy qayta ishlash joizdir, uni qandaydir belgisiga ko’ra guruxlash esa butun bir axborot to’plami to’g’risida xukm chiqarishga asos bo’ladi.

Berilgan axborotlarni xronologik ketma ketligi buzilgan taqdirda, grafika butunligi taassuroti buziladi.

Shunday qilib grafika – bu maxsus, fikran yaxlit hayoliy qurilmalarning (ansambllarning) ikki o’lchovli (yoki uch o’lchovli) tasvirda ifodalangan grafik qiyofasi va uning eksplikatsiyasidir.

Grafiklar qurishning texnologik asosini tashkil etish munosabati bilan, ularda ishlatiladigan shartli belgilarni ko’rib chiqamiz.

  • figurali (xarflar, raqamlar, ochiq va yopiq figuralar sxematik va kartina ko’rinishidagi tasvirlar);
  • chiziqlar (nisbatlarni belgilash uchun, aloqa chiziqlari, geometrik o’lchovlarni ko’rsatish uchun (uzunligi, yo’nalishi, ko’rinishi va h.);
  • fon belgilari – maydon va yuzalarni rang bilan yoki shtrixlar bilan ularni xususiyatlarini ko’rsatish uchun qoplash.

Zonal to’ri – berilgan maydonni bo’laklarga bo’lib, har bir bo’lakka maxsus qiymatni biriktirib qo’yish. Xar bir zona gorizontal yoki vertikal polosa shaklida bo’lib, o’z sarlavhasiga ega bo’ladi.

Jadval to’ri – bu o’zaro kesishuvchi zonalarning kombinatsiyasidan iborat.

Grafiklarni tuzishda, uning texnologik asoslarini kurishda uning yuklash muammosini – grafikka chiqariladigan chizmalar sonini ham nazarda tutish kerak. Bu erda qo’yiladigan asosiy talab – grafik tomonidan ko’rsatiladigan kompleksning eng asosiy qismlari birinchi navbatda ko’rsatilib, detallar soyada, ikkinchi navbatda ikkinchi darajali detallar, uchinchi navbatda yordamchi detallar ko’rsatiladi va xakozo.

  1. Ketma ket detallashtirish usuli (bitta grafik o’rniga, dastlabkisiga o’xshash grafiklar seriyasi tuziladi. )
  2. Ulanish usuli (umumiy tizimga birlashtirilgan va bir necha turli xil nuqtalardan olingan tasvir).
  3. Asosiy kontur usuli (umumiy konturga ega bo’lgan grafiklar seriyasini tuzish va har bir grafikka o’z xarakteriga mos keluvchi chizmalar tushirish.)
  4. Oddiy solishtirish usuli (bir biriga bog’liq bo’lmagan va bir xil qoidalar asosida tuzilgan grafiklarni to’plash).

Grafikani yaqqoligini oshiruvchi va uning yuqlama qobiliyatini ko’paytiruvchi vositalardan biri bu rang berish usulidir. Lekin rang grafikada aralash-kuralashlikning keltirib chiqarmasligi kerak. Masalan, alohida regionlarda aholini zichligini ko’rsatishda yoki bolalar o’rtasida o’lim grafikasini ifodalashda turli xil regionlar orasida go’yoki uzilishni ifodalagandek taassurot qoldiradi. Bu xolda bir xil rangni raqamni qiymatiga qarab to’q yoki och holatini ishlatgan ma’kul.

Amaliy dasturlar paketlarini keng tarqalishi shu bilan asoslanadiki, tasvirni kommunikatsiya vositasi sifatida qabul qilish inson uchun tabiiyroq bo’lib bu usulda ham etarli aniqlikka erishish mumkin.

Mashina grafikasini passiv va interaktiv bo’laklarga bo’lish avvaldan ma’lum. Bundan 20 yil avval ulug’ olimlarni, san’at ustalarini, sportchilarni, multiplikatsion filmlar qahramonlarini (masalan, bo’ri, quyon rasmlari), Albert Eynshteyn rasmi alfavit raqamli chop etuvchi qurilmalardan chiqarish keng tarqalgan edi. Bunda rasm ma’lum nuqtalarga bir xil belgilarni tushirish orqali, rang tafovut esa ba’zi bir joylarda shu belgilarni bir necha marta urib (to’q rang uchun), ba’zi bir joylarda bir marta tushirib (och rang uchun) mashina qog’ozi satxida xosil qilinardi. Tasvirni bunday usulda xosil qilish passiv mashina grafikasiga tegishlidir.

Interaktiv mashina grafikasi (IMG) bu shundayki, bunda tasvirning xolati, uning shakli, mazmuni, o’lchamlari va rangi displey ekranida interaktiv qurilmalar yordamida dinamik ravishda uzluksiz o’zgartirilib, boshqarib turiladi.

Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda xosil qilinadigan grafikalar amaliy jixatdan qaraganda xammasi interaktivdir.

Passiv mashina grafikasiga planshetli va barabanli grafik quruvchi qurilmalar yordamida, shuningdek printer, kino va videokameralar yordamida xosil qilinadigan tasvirlar kiritiladi.

Bu qurilmalar yordamida xosil qilinayotgan tasvirga bevosita ta’sir qilib bo’lmaydi. Displey qurilmasi, sichqoncha yordamida kiritish, klaviatura, skaner qurilmalari orqali tasvir xosil qilishda tasvir jarayonini istagancha boshqarish mumkin.

Yuqorida ko’rib o’tilgan xamma tasvir xosil qilish usullari ning umumiy tomoni shundaki, bu erda tasvir raqamli protsessor yordamida xosil qilinadi.

Grafik tasvirni xosil qilishni zamonaviy usullari bilan yaxshiroq tanishish uchun kompyuter grafikasining ikki usulda – rastrli va vektorli usulda xosil qilinishini ko’rib chiqamiz. Bu ikki usulning asosiy farqi ekran yuzasi bo’yicha nurni xaraktlanishini turlichaligidadir.

Vektorli kompyuter grafikasi – bu usulda vektorli displeylardan foydalaniladi. Vektorli qurilmalarda xotirlovchi elektron nurli trubka qo’llanilib , nur ekran bo’yicha berilgan traektoriya bo’yicha bir marta yugurib o’tadi va shu xolat ikkinchi buyruq kelmaguncha trubka xotira qurilmasida saqlanib qoladi.

Rastrli qurilmalarda tasvir uni xosil qiluvchi nuqtalarning yig’indisi sifatida paydo bo’ladi. (piksel va PEL-lar yig’indisi). Rastr – deb gorizontal qatorlarning vaqt birligidagi yig’indisiga aytiladi. Bunda xar bir qator aloxida PELlardan tashkil topadi. Nur ketma-ket xar bir qator bo’ylab yugurib o’tadi. Har bir PELlardan o’tayotganda nurning yorqinlik darajasi o’zgaradi. Displeylar turli rejimda ishlashi mumkin.

Bir qatordagi piksellar sonini ekrandagi qatorlar soniga ko’paytmasi displeyning sezuvchanlik darajasini ko’rsatadi. Sezuvchanlik darajasi qanchalik katta bo’lsa, shunchalik xosil qilinadigan tasvirni sifati xam yaxshi bo’ladi, lekin teskari nisbatda apparatura tannarxi qimmatlashib boradi.

Shaxsiy kompyuterlarda ishlatiladigan displeylar 2-xil sezuvchanlikka ega:

  1. Past sezuvchanlik – 200 vert. Nuqtalar * 320 gorizon.nuqtalar;

1.2. Kompyuter grafikasini qo’llanish sohalari
Kompyuter grafikasi bir necha turlarga bo’linadi: tijorat (ish bo’yicha), tasvirli, namoyish kiluvchi, animatsiyalovchi, muxandislik va ilmiy. Bu sinflarning xar biriga tegishli grafik vositalari asosiy xususiyatlarini ko’rib chikamiz.

Tijorat kompyuter grafikasi. Axborot marketingi kompyuter grafikasi vositalari ko’llanishining eng keng va turli-tuman soxasidir. ShK yordamida kurilgan interaktiv grafiklar, diagrammalar, rasmlardan ko’pincha moliyaviyikgisodiy taxlilni o’tkazish uchun xamda rejalashtirish va marketing karorlarini kabul kilishda kulay vosita sifatida foydalaniladi. Tijorat kompyuter grafikasining dasturiy vositalari tufayli byudjet, tovarlarning mavjudligi, pul mablaglarining xarakati, foydaning mikdorlari, foiz stavkalari, sarmoya kiritishdan daromadlar, buyurtmalar «portfeli»ning xolati xakidagi ma’lumotlarga ega xar xil interaktiv grafiklar va diagrammalarni tayyorlash mumkin.

Illyustrativ kompyuter grafikasi. Tovarni xar tomonlama mos, chiroyli ko’rsata olishlik bozor jamiyati uchun juda xos. Bunda xamma narsa tovarning sifatiga boglik. Masalan, o’zi, o’z tovari yoki kompaniyasi xakidagi axborotni kanday berishning belgilangan madaniyati vujudga kelgan. Xususan, axborot soxasi tovarlarini reklama kilish uchun illyustrativ kompyuter grafikasidan foydalanish maksadga muvofik.

Illyustrativ grafika vositalari sifatli mashina tasvirlari, illyustrativ matnlar, chizmalar, eskizlar, geografik xaritalarni yaratish uchun xizmat kiladi.

Tijorat kompyuter grafikasi sinfining grafik vositalardan farkyairok, illyustrativ grafiklar sinfining dasturiy vositalarida sifatli tasvirlarni olish birdan-bir maksaddir va uni aloxida taxlil kilish talab kilinmaydi. Ushbu sinfning dasturiy vositalari oddiy va tez usudda tarkibiy kismlarni yigishga xamda grafik ob’ektlarni o’zgartirishga imkon beradi.

Hozirda kompyuter grafikasining bu sinfi vositalari keskin rivojlanmoktsa. Kompyuterlashtirilgan reklama reklamaning zamonaviy shakllaridan biri bo’lib, u zamonaviy reklamani kompyuter grafikasi usullari va vositalari yordamida yaratish va tarkatishning tubdan yangi shaklidir.

Zamonaviy reklamada kompyuter grafikasi vositalaridan foydalanish reklama kompaniyasining rolini tubdan oshiradi va undan:

b) xalkaro ko’rgazma va anjumanlarda;

v) AMBdan foydalanish jarayonida;

g) interaktiv o’kitish tizimlarini ishlab chikishda;

d) xalkaro tarmoklarning elektron anjumanlarida;

e) o’kuv jarayonida foydalanish mumkin.

Reklamada sifat o’zgarishlari asosan uch yo’nalishlar bo’yicha sodir bo’lmokda: reklama jarayonini kompyuterlashtirish va uning natijasida unga informatika vositalarini tatbik etish, audio vizual texnikani va kabelli televidenieni rivojlantirii

Illyustrativ grafikaning ADP ko’pincha grafik muxarrirlar bilan tenglashtiriladi, ammo keyingilari ushbu sinfdagi ko’pgina ADPlarning fakat bir kismidir. Masalan, Storyboard Plus ADPdagi grafik muxarrir Picture Maker modellaridan biridir, undan tashkari Story Editor stsenariylar muxarriri, Story Te11er — tayyor slayd filmlarni namoyish etish va Picture Taker — boshka ADPdan tasvirlarni tortib oluvchilar xam mavjud.

Namoyish kiluvchi kompyuter grafikasi. Rivojlangan bozor ikgisodiyotiga ega mamlakatlarda namoyish kilinuvchi grafikaga va ilmiy xamda tijorat natijalarini takdim etish maksadlarida marketing tadkikotlari ko’rsatkichlarini ilmiy ko’rsatishga katta axamiyat berilmokda.

Illyustrativ va tijorat grafikalari sinfi ADPning yanada rivojlanishi uning imkoniyatlarini integratsiyalashuvga olib keladi, shu tufayli namoyish kilinuvchi grafika vujudga kelgan. Buning natijasida tijorat grafikasining ADPga ayrim grafiklarni slayd-film izchilligida kurishga va ularni ekranda bir-birlaridan keyin belgilangan vakt oraligida namoyish kilishga imkon beruvchi Story Editor ga o’xshash modullar ko’shilgan. Bunday turli slaydlarning paydo bo’lishi ko’rinuvchi yoki tovushli samarada (masalan, kanday tovushli) xam namoyon bo’lishi mumkin. Bundan tashkari, keyinrok tayyor grafikani taxrir kilishga imkon beruvchi grafik muxarrirlar ko’shildi. Illyustrativ grafikaning ADPda xam tijorat grafikasi moduli bilan ishlash imkoniyati kengaytirilgan.

Shunday kilib, namoyish kiluvchi grafika xozirda tijorat va illyustrativ grafikaning asosiy vazifalari majmuasiga ega va uch turdagi vazifalarni: grafikalar va diagrammalar bilan ishlash; tasvirlarni taxrir kilish va saklash; namoyish kilinuvchi materialni tayyorlash va rejalashtirishni xal kilishni ta’minlaydi.

Tijorat kompyuter grafikasining dasturiy vositalari bilan ishlash tajribasi shundan darak beradiki, namoyish kilinuvchi material samaradorliganing asosiy siri ma’lumotlarni tatbik etish uchun diagrammalar turini to’gri tanlashdir. Namoyish kilinuvchi grafika vositalarining katta kismi oddiy chizikli, ustunli va sektorli diagrammalarga ko’shimcha sifatida aralash uch o’lchamli diagrammalar, gistogrammalar va kimmatli kogozlar bozorining diagrammalarini ko’llab-kuvvatlaydi. Namoyish kilinuvchi materialni yaratish uchun tijorat kompyuter grafikasining dasturiy vositalarini tanlashda nutki tegishli slaydlarning juda kichik versiyalari bilan kuzatib boriluvchi ma’ruzachi uchun diagrammani bosib chikarishga imkon beradigan rejalashtiruvchi va matn muxarriri mavjudligiga aloxida e’tibor berish kerak.

Tijorat kompyuter grafikasining dasturiy vositalari ko’prok birbiridan fark kiladi, ammo ularni foydali tarzda birlashtirilib turuvchi bitta xususiyati bor, ushbu xodda foydalanuvchi xar kanday texnik murakkabliklardan ishonchli ravishda ximoyalangan, chunki u endi o’z xarakatini bunga kanday erishishga emas, balki nimani olish kerakligiga karatishi mumkin. Namoyish kilinuvchi kompyuterli grafikasining dasturiy vositalariga Power Point, Harvard Graphics, Freelanse, Arrlause, Holliwood va boshkalar kiradi.

Animatsion kompyuter grafikasi. Bo’sh vaktda televideniening reklama e’lonlarini ko’zdan kechira turib, biz ularda animatsiya elementlaridan foydalanilganligining guvoxi bo’lamiz. Bundan 50 yil mukaddam Vold Disney studiyasi «Okkiz va etti gnomlar» multfilmini yaratgan. U animatsiya tarixida munosib o’rin egallagan. Bu 1,5 soat davom etuvchi birinchi animatsiyali tasma bo’lgan. U rassom animatorlarning bir necha yillik mashakkatli mexnatini ta’riflaydi. 1991 yilda ushbu kompaniyaning Silicon Graphics kompaniyasi IRIS INDIGO grafik studiyasida tayyorlangan «Go’zal kiz va maxluk» animatsion filmi katta muvafakkiyatlar bilan namoyish kilindi. Bu barcha filmlar animatsion kompyuterli grafikasi tufayli amalga oshirilgan edi.

Animatsion grafik o’zida rang, tasvir va illyustrativ grafika stsenariyasi bilan ishlashdagi muvaffakiyatlarni muxandislik grafikasi uch o’lchamli ob’ektlarning yutuklari bilan birlashtirgan. Xozirda o’z televizorlarimiz ekraniga karab, biz kompyuter reklama kliplari va teleeshittirishlarning bezaklari ko’rinishidagi ushbu unumdor ittifokning mevalarini o’z ko’zimiz bilan ko’ramiz.

Animatsiya — bu, ob’ektlar, kameralar, yoruglik manbalarini o’zaro joyini almashtirish yoki ularning parametrlarini vakt bo’yicha o’zgarishiga ega vazifa, topshirik.

Xozirgi vaktda kompyuterli grafikasi vositalarini ko’llashning ushbu soxasi goyat kuchli rivojlanishni boshdan kechirmokda. Xorijiy tajribaning ko’rsatishicha, xozir dunyoning ko’pgina mamlakatlarida kompyuterlashtirilgan reklama axborotlarining manbalari, ixtisoslashtirilgan kompyuter tizimlarining ma’lumotlar bazasi mavjud, ularga reklama beruvchilar belgilangan to’lovlar xisobiga o’z firmalari va ular tomonidan ishlab chikarilgan tovarlar (xizmatlar) xakidagi ma’lumotlarni kiritadi. U yoki bu axborot maxsulotini xarid kilishga kizikkan bo’lajak xaridorlar ushbu ma’lumotlar banklariga telefonlar yoki maxsus terminlar yordamida xisobli sotsiyalar davomida o’zlari uchun kerakli axborotlarni oladi.

Tanishtirishlar, ko’rgazmalar, anjumanlar va videozallarda kompyuterlashtirilgan reklamani namoyish kilishning eng samarali vositasi video proektsion tizimlardan iborat bo’ladi. Reklamalarni katta ekranli video tizimlar orkali tarkatish odamlarning axborot extiyojlarini kanoatlantirishga imkon beradi, bu o’z navbatida, yangi xaridorlarni jalb kiladi. Ko’pgina ekspertlar televideniega yukori aniklikdagi katta ekranli tizimlarni tezrok tatbik etilishi kompyuterlashtirilgan reklamani tarkatishda xal kiluvchi rolni o’ynaydi deb faraz kiladilar.

Zamonaviy reklamani ishlab chikishni takomillashtirish va marketing tadkikotlari natijalarini taxlil kilishning kurol sifatida xudtsi animatsion kompyuterli grafikasi vositalari tanlanishining sabablarini tadkik kila turib, ushbu soxaga butun dunyoda xisoblash texnikasini ko’llashning eng yukori akliy va yukori texnologik soxasi sifatida karalishi xakidagi xulosaga kelish mumkin, ammo bu xam ShKlarda video tasvirlar bilan to’lakonli ishlashning ta’minlovchi texnik va dasturiy echimlarining murakkabligi va xam kompyuterli grafikasining zamonaviy usullari asosida yotgan jiddiy matematik baza bilan boglik. Bundan tashkari, xozirgi kunda yukori sifatli kompyuterlashtirilgan reklamani xisoblash vositasi yordamida tayyorlash faoliyatining etarlicha foydali turi bo’ladi.

Bugun garbda kompyuterlashtirilgan reklamaning bir dakikasi shakli va ishlab chikishning murakkabligiga karab Z000dan 50000 AKSh dollarigacha turadi. Bizning respublikamizda kompyuterlashtirilgan reklamaning bir dakikasi ancha arzon turadi.

Animatsion kompyuter grafikalarining dasturiy vositalariga, eng avvalo, ZD—Studio, Animator Rgo va boshkalar kiradi.

Animatsion grafika kuyidagilarga imkon beradi:

1) sinchli ZD ob’ektni modellashtirish va ko’rishga, uni zamonaviylashtirish va u bilan manipulyatsiya kilishga;

2) kurilgan sinchli ob’ektning sirtini koplash uchun materialni kutubxonadan tanlash yoki yaratish (bunday material tekstura deb ataladi);

3) oddin yaratilgan modellarni bo’shliktsa joylashtirish, ya’ni bu ob’ektlar uchun saxna, xarakat joyini kurish (masalan, stol, unda pichok yordamida «bekiyos mazali apelsinni» kesish mumkin);

4) tekstura ob’ektlarini ulash;

5) yoritishning xarakterini belgilash, yoruglik manbalari va kameralarni saxnada joylashtirish;

6) kadrlarning izchilligini belgilash, ob’ektlarni kadrdan kadrga joyini o’zgartirish yoki zamonaviylashtirish (yana kameralar va yoruglik manbalari uchun xarakatlarni xam berish mumkin);

7) yakka kadr yoki bir necha kadrning palitra, yoruglik, soyalar, ko’rish burchagi, ob’ektlarning o’zaro joylashuvi va ularni kadrdan kadrga o’zgarishlarini xisobga olish bilan xisoblash; bunday xisoblash rendering (inglizcha «rendering»dan) deb ataladi. Bu animatsiyaning oxirgi boskichi, bunda tayyor ayrim ob’ektlar, epizodlar va pallalardan yaxlit reklama kadri olinadi;

8) ekranga yakka tasvirlar va kadrlarning film ko’rinishidagi olingan izchilligini chikarish.

MDX mamlakatlarida kompyuter grafikasi ustida ishlayotgan ko’pgina jamoalar xatto tegishli texnika va dasturiy ta’minlashga ega bo’lmay xam, yakin kelajakda zamonaviy reklama, eng avvalo, uning video va tele tasvirlar sintezi bilan belgilanishini yaxshi tushunadilar. O’zbekistonda xozir yukori sifatli va texnik darajada bajarilgan ko’pgina ajoyib ishlarni sanab o’tish mumkin. Bu, xususan, «Axborot», «Respublika mulk birjasi», «Avto birja», «50G’50», «Sarik suv osti kemasi» kabi eshitgarishlarning kompyuterlashtirilgan reklamasi.

Kompyuterlashtirilgan reklamani ishlab chikish kompyuter grafikasining texnik va dasturiy vositalarini xarid kilish uchun katta moliyaviy xarajatlarni talab kiladi. Agar firma vazifani anik shakllantirsayu, reklama byudjetiga, reklama vositalarini tanlashga nisbatan etarlicha muloxaza kilinmagan karorini kabul kilsa, reklama faoliyati natijalarini baxolashni xisobga olmasa, bu xarajatlarni xavoga uchirib yuborishi mumkin. Shuning uchun reklamaning iktisodiy samaradorligi ushbu reklama tadbirini o’tkazishda ko’yiladigan maksadlar va uni o’tkazish uchun ajratiladigan moliyaviy mablaglar summasi yakindan bogliktsir. Ya’ni, boshkacha kilib aytganda, ushbu savollar tugiladi:

1. Reklamaga ajratilgan mablaglar ko’yilgan maksadlarga mos keladimi?

2. Reklama tadbirini o’tkazish natijasida ko’yilgan maksadga erishiladimi?

Agar bu ikki omil birbiriga mos kelsa, unda iktisodiy foydali bo’ladi. Buning ustiga, kompyuterlashtirilgan reklamaning iktisodiy samaradorligini aniklab turib, ko’p reklamalar oldida foyda olish maksadi turmaganligi xolini xisobga olmaydipar. Masalan, imij-reklamaning 80%i to’gridan to’gri foyda olish maksadini ko’zlamaydi, chunki bu xolda biror axborot maxsuloti emas, balki umuman interaktiv xizmat reklama kilinadi.

Kompyuterlashtirilgan reklamani yaratish texnologiyasi zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirish va marketingning axborot kommunikatsion, bazasini takomillash-tirish ishida fundamental tadkikotlarni o’tkazishning yangi shaxobchasini yaratish uchun kudratli ragbat bo’ladi. Reklama tarkatishning radio va televidenie kabi vositalaridan foydalanishda efirga buyurtma berish va sifatli reklama syujetini yaratishga ko’shimcha xarajatlar mavjud, agar mavjud bo’lgan xisoblash texnikasidan kompyuterlashtirilgan reklamani tarkatishda foydalanilsa, bu xarajatlardan chetlash mumkin.

Axborot maxsulotlari va xizmatlarining reklama vositalari va usullarini taxlil kilish ularni kompyuter grafikasi vositalari bilan takomillashtirish yo’llarini belgilashga imkon beradi, ya’ni:

a) animatsiya elementlariga jonli video va audio materiallarini kiritish;

b) telekommunikatsion kompyuter tarmogi orkali tarkatish;

v) reklama axboroti iste’molchilariga ruxiy ta’sir ko’rsatuvchi, oldin erishib bo’lmaydigan ko’rish samaraligini olish imkoniyatini ta’minlash;

g) tasvirlarning anikligiga, 16 mln. va undan ortik rang-tuslardan foydalanish imkoniyatlariga erishish;

d) kerak bo’lgan xolda tabiiy suratga olishni to’ldirish (masalan, axborot maxsulotlari va xizmatlarining xususiyatlarini ko’rsatishda);

e) iste’molchilarni reklama kommunikatsiyalarining faol ishtirokchilariga aylantiruvchi reklamani tarkatish vositalarini yaratish;

j) grafik axborotning yangi manbalaridan foydalanish.

Qiziqarli malumotlar
I bob. Kompyuter grafikasi asoslari Kompyuter grafikasi ning informatsion jamiyatdagi