Kitob bilim manbai maqollar
Har hunarning o’z siri bor,
Har ishning o’z yeri bor.
Kitob bilim manbai maqollar
Maqol deb xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli soʼzlarga aytiladi. Maqol oʼzbek tilida maqol, tojiklarda zarbulmasal, ruslarda poslovitsa, arablarda (jonli soʼzlashuvda) naql, turklarda ata soʼzi atamasi bilan yuritiladi. Maqol atamsi arabcha [قوڶ] – qavlun – gapirmoq, aytmoq soʼzidan olingan. Ushbu sahifada Ilm, kasb-hunar va ilmsizlik haqida maqollar keltirilgan
Аvval bil, keyin qil.
Аvval oʼrgan, keyin oʼrgat.
Аvom tabib — ofati jon.
Аvrasang, oqil boʼlar,
Bovrasang, botir boʼlar.
Аql koʼpga yetkazar,
Hunar — koʼkka.
Barakat — magʼizda,
Hunarli qoʼl — ogʼizda.
Baxt belgisi — bilim.
Behunaming hunari — yalqovlik.
Bilagi zoʼr birni yiqar,
Bilimi zoʼr — mingni.
Bilak bilan bitmagan
Bilim bilan bitar.
Bilgan bilganin ishlar,
Bilmagan barmogʼin tishlar.
Bilgan bitirar,
Bilmagan yitirar.
Bilgan oʼzar,
Bilmagan toʼzar.
Bilgan oʼqir,
Bilmagan toʼqir.
Bildirish uchun bihsh kerak.
Bilim — aql chirogʼi.
Bilim baxt keltirar.
Bilim — davlatdan qimmat.
Bilim — kuchda,
Kuch — bilimda.
BilimJi — olim.
Bilimsiz — zohm.
Bilimliga dunyo yorugʼ,
Bilimsizga — qorongʼu.
Bilimlining bilimi yuqar,
Bilimsizning nimasi yuqar.
Bilishim,
Bilishimga tushar bir ishim.
Bilimsiz kishiga ish yoʼq,
Ilmsiz kishiga osh yoʼq.
Bilimsiz mulladan ustiga yuk ortilgan eshak yaxshi.
Bilimsiz xalfa — ekinsiz dala.
Bilmagan ayb emas,
Bilishga tirishmagan ayb.
Bilmagan ishga urinma,
Urinib tuzoqqa ilinma.
Bilmagandan bilgan yaxshi,
Toʼgʼri ishni qilgan yaxshi.
Bilmaganni soʼrab oʼrgangan olim,
Orlanib soʼramagan oʼziga zolim.
Bilmaganning bilagi tolmas.
Bilmas tabib jon olar.
Bilmasang, bilgandan soʼra.
Bir yigitga yetmish hunar oz.
Bir yigitga qirq hunar oz.
Bol tutgan barmogʼini yalar,
Hunari bor — ermagini.
Goʼzallik — ilm-u maʼrifatda.
Davlat tugar, bilim tugamas.
Didli yigit — ilmli yigit.
Dorboz dordan oʼlar,
Morboz — mordan.
Joni borning gʼami bor,
Kasbi-kori nomi bor.
Zehn qoʼysa, ong qoʼnar,
Hunar ortsa, ish unar.
Zehn qoʼysang bilimga,
Ilm tomar dilingga.
Ilm — aql bulogʼi,
Аql — yashash chirogʼi.
Ilm baxt keltirar,
Bilim taxt keltirar.
Ilm — yorugʼlik,
Jaholat — zuimat.
Ilm izlagan yetar,
Izlamagan — yitar.
Ilm istasang, takror qil.
Ilm koʼp, umr oz,
Keragini oʼqi.
Ilm olish — nina bilan quduq qazish.
Ilm olishning erta-kechi yoʼq.
Ilm topmay, maqtanma.
Ilm — tubsiz quduq.
Ilm — egarlangan ot,
Bilganga — doʼst,
bilmaganga — yov.
Ilm oʼlchovi — aql,
Zehn oʼlchovi — naql.
Ilm qogʼoz qatida emas, miya qatida.
Ilmi borni yosh dema,
Ilmi yoʼqni bosh dema.
Ilmi yoʼqning koʼzi yumuq.
Ilmli odam — ilikli suyak.
Ilmli olar, Ilmsiz oldirar.
Ilmli uy — charogʼon,
Ilmsiz uy — zimiston.
Ilmlining soʼzi — oʼq.
Ilmni mehnatsiz egallab boʼlmas.
limning avvali achchiq,
Soʼngi — totli.
Ilmsiz bir yashar,
Ilmli ming yashar.
Ilmsiz bosh qashir,
Xushomadgoʼy gap tashir.
Ilmsiz imomdan tuxum qilmaydigan tovuq yaxshi.
Ilmsiz kishi oʼlimga yaqin.
Ilmsiz olim — toʼqimsiz eshak.
Ilmsizga ishonch yoʼq,
Hunarsizga quvonch yoʼq.
Ilm-u hikmat suvni yondirar.
Ilm-u hunar yelga emas, elga.
Imoni yoʼqning burdi yoʼq.
Yigit husni — hunar.
Kasbning yomoni yoʼq.
Kitob — aql qayrogʼi.
Kitob koʼrmagan kalla —
Giyoh unmagan dala.
Kitobsiz aql — qanotsiz qush.
Koʼrib bilish yaqinni,
Oʼqib bilish uzoqni.
Meros moli toʼzadi,
Merosli hunar oʼzadi.
Miltiq koʼtargan bilan ovchi boʼlmas,
Dagʼdagʼa solgan bilan — dovchi.
Mulla bilganin oʼqir,
Boʼzchi bilganin toʼqir.
Mulla bilganin oʼqir,
Tovuq koʼrganin choʼqir.
Mulla boʼlsang, takror qil,
Dehqon boʼlsang, shudgor qil.
Ogohlikni koʼrdan oʼrgan,
Donolikni — ilmdan.
Oz-oz oʼrganib usta boʼlur.
Ozdan yigʼilib daryo boʼlar,
Soʼrab-soʼrab dono boʼlar.
Oltin olma, bilim ol,
Bilim olsang, bilib ol.
Ota kasbi — davlat kasbi.
Ota hunari — bolaga meros.
Otolmagan yoy tanlar.
Otolmagan ovchi yoyidan koʼrar.
Piligi yoʼq chiroq yonmas,
Biligi yoʼq yigit yaramas.
Piling kuchli boʼlguncha,
Biliming kuchli boʼlsin.
Poxoldan somon chiqmas,
Qoʼpoldan olim chiqmas.
Saʼva ishi — sayramoq,
Hoʼkiz ishi — xirmon yanchmoq.
Tasbeh agʼdarganning bari mulla emas,
Tayoq tutganning bail choʼpon emas.
Tekin boylik axtarguncha,
Oʼzingga bop hunar top.
Teshik idish suvda bilinar,
Bilimi oz kishi — sinovda.
Tikansiz gul boʼlmas,
Mashaqqatsiz — hunar.
Tikkan chevar emas,
Bichgan — chevar.
Til bilgan yoʼlda qolmas.
Usta, ishni qilar puxta.
Usta koʼrmagan shogird
Har maqomga yoʼigʼalar.
Ustadan shogird oʼzar.
Ustani shogird sindirar,
Pistani — poʼchoq.
Ustoz koʼrgan xat tank.
Ustozsiz shogird — jonsiz kesak.
Uchishga qanot kerak,
Oʼqishga — toqat.
Uchqundan qoʼrqqan temirchi boʼlmas.
Uquvsiz ishboshi boʼlsa,
Baqir-chaqirdan chiqmas.
Chalasavod — chirik rabot.
Chechanning — tili,
Chevarning — qoʼli.
Chumchuq soʼysa ham, qassob soʼysin.
Shayxning hunari boʼlmasa, xonaqoh tang.
Shogird ustadan oʼtmasa, ish yitar.
Shogirdiga tosh bergan tosh olar,
Bosh bergan bosh olar.
Shogirding oqil boʼlsa, boshingda toj,
Shogirding erka boʼlsa, boshga tayoq.
Shogirdning befarosati
Ustozni muttaham qilar.
Er yigit deb kim aytar,
Yovda yalov yiqmasa.
Chechanhgin kim maqtar,
Dovda uni chiqmasa.
Er koʼrki — bilik,
Suyak koʼrki — ilik.
Yuz tuman oltindan hunar yaxshi.
Yuz hunarni chala bilgandan
Bir hunarni toʼla bil.
Yuzga kirsang, yuz yil oʼqi.
Yuzga kirsang ham, hunar oʼrgan.
Yuziga qarama, bilimiga qara.
Yamoqchining ishini suvoqchi bilmas.
Yaxshi bilsang ishingni,
Yaxshilar silar boshingni.
Oʼlmagan — qoʼshiqchi,
Erinmagan — eshikchi.
Oʼnga olgin, birga sot,
Oting chiqsin savdogar.
Oʼrganish — bir hunar,
Oʼrgatish — ikki hunar.
Oʼrdak boʼlmay, gʼoz boʼl,
Bilim olib, soz boʼl.
Oʼqigan — guliston,
Oʼqimagan — goʼriston.
Oʼqigan — yorugʼ,
Oʼqimagan — choriq.
Oʼqigan — olim,
Oʼqimagan — oʼziga zolim.
Oʼqigan oʼqdan oshar,
Nodon turtkidan shoshar.
Oʼqigan oʼqigan emas,
Uqqan — oʼqigan.
Oʼqigan oʼgʼil otadan ulugʼ.
Oʼqiganning oshi — pishirigʼlik.
Oʼqiganning oshigʼi — olchi.
Oʼqiganning tili — ikki.
Oʼqimagan shu damda,
Turtinar har qadamda.
Oʼqimagan — yalang oyoq,
Baayni bir quruq tayoq.
Oʼqimay mulla boʼlgan,
Choʼqimay qargʼa boʼlar.
Oʼqish boshqa, uqish boshqa.
Oʼqish — jafoli, keti — vafoli.
Oʼqish yaxshi,
Uqish undan ham yaxshi.
Oʼquvi bor ulgʼayar,
Uquvi yoʼq sargʼayar.
Qadam qoʼy asta-asta,
Qadam yetguncha ilm ista.
Qaigʼaning hunari boʼlsa, tezak yemasdi.
Qattiq baqirgan bilan qoʼshiqchi boʼlmas.
Qiz bilagini shimarar,
Turli ipakhimarar.
Qizning koʼrki — noz,
Yigitning koʼrki — hunar.
Qirsiz yer boʼlmas,
Hunarsiz — er.
Quyma aql boʼlmasa,
Turtma aql hech boʼlar.
Qunt bilan oʼrgan hunar,
Hunardan rizqing unar.
Qoʼyingni qassobga soʼydir,
Oʼlikni murdashoʼga yuvdir.
Qoʼyni qassob soʼysin,
Oshni oshpaz pishirsin.
Qoʼli hunarsiz — non gadoyi.
Har ish oʼz ustasidan qoʼrqar.
Har ishning bir ustasi bor,
Har ustaning bir ustozi bor.
Har kasbning oʼz gashti bor.
Har kimning ishi emas uloq ulamoq,
Madrasaga borib tuproq yalamoq.
Har kimning kasbi — oʼziga.
Har hunarning oʼz siri bor,
Har ishning oʼz yeri bor.
Hunar oshatar,
Mehnat yashnatar.
Hunar — bir, pardoz — qirq.
Hunar boʼlsa qoʼlingda,
Non topilar yoʼlingda.
Hunar — zar, hunarsiz — xar.
Hunar oshxoʼrga osh berar,
Nonxoʼrga — non.
Hunar — oqar buloq,
Ilm — yonar chiroq.
Hunar tagida hunar bor.
Hunar — tuganmas xazina.
Hunar toʼygʼizar,
Ot mindirib, toʼn kiygizar.
Hunar, hunardan unar.
Hunari borning oltin bilagi bor.
Hunari yoʼq kishidan
Bigizi bor yamoqchi yaxshi.
Hunari yoʼq kishining,
Mazasi yoʼq ishining.
Hunari yoʼq erkakdan ignasi bor xotin yaxshi.
Hunarli yigit — mevali daraxt.
Hunarli kishi och qolmas.
Hunarli moy oshar,
Hunarsiz loy oshar.
Hunarli er xor boʼlmas,
Doʼst-dushmanga zor boʼlmas.
Hunarli oʼlmas,
Hunarsiz kun koʼrmas.
Hunarlining hunari
Murodiga yetkazar.
Hunarsizning yurari
Qaro yerga yetkazar.
Hunarmandning noni — butun.
Hunarni oʼrgan,
Oʼrganda, chiran.
Hunarni oʼrganib qoʼysang,
Sendan osh-non tilamaydi.
Hunarsiz tezdan, hunarli xez yaxshi.
Hunarsizning qirqimi uzun,
Hunarlining — bichimi.
Kitob haqida maqollar Kitobsiz uy qalbsiz tanaga o’xshaydi
Kitob haqida maqollar
1.Kitobsiz uy – qalbsiz tanaga o’xshaydi;
2.Kitobdek aqlli va sodiq do’st yo’q;
3.Kitob – aql qayrog’i;
4.Kitob ko’rmagan kalla – giyoh unmagan dala;
5.Kitobsiz aql – qanotsiz qush;
6.Kitoblar aql farzandlaridir;
7.Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do’stlardir;
8.Kitob bilim bulog’i – o’quvchining o’rtog’i;
9.Kitob – xazina, bilim – boylik.
10.Kitobdan yaxshi do’st yo’q;
11.Kitob – beminnat do’st;
12.Kitob bilim beradi, bilim baxt keltiradi;
13.Kitob – bilim manbai;
14.Kitob – aql chirog’I;
15.Yaxshi kitob – misli oftob;
16.Kitob o’qimaydigan odam – qoqiladigan odam;
17.Inson yashar – kitob yashar;
18.Kitonxon inson – bilimdon inson;
19.Kitobni sevish – o’zlikni sevish;
20.Kitob – eng buyuk kashfiyot.
1. O’zbekiston – hur Vatan,
Baxtimiz ayvonidir.
Armiyamiz mustahkam,
Ona yurt qalqonidir.
Ushbu she’riy parcha qaysi she’rdan olingan? Javob: Bu parcha “Yurt qalqonlari” she’ridan olingan.
2. Maqolni davom ettiring: Ona yurting – ….. Javob: Ona yurting – oltin beshiging.
3. “Baxtli bolalar o’lkasi” she’rining muallifi kim? Javob:“Baxtli bolalar o’lkasi” she’rining muallifi Anvar Obidjon.
4. “Osmondagi yo’limiz” hikoyasi nima haqida? Javob: Toshkent yer usti metrosi haqida
5. “Qor bosgan dala” hikoyasining qahramonlari kimlar? Javob: ”Qor bosgan dala” hikoyasining qahramonlari Sohibjon va uning singlisi Lola.
6. Topishmoqning javobini toping:
Qishda terlab ishlaydi,
Boshqa mahal qishlaydi.
Javob: topishmoqning javobi pech.
7. Amir Temur bobomizning uzugida qanday so’zlar yozilgan edi? Javob: Uzukda “Kuch – adolatda” so’zlari yozilgan edi.
8. Alisher Navoiy hikmatlaridan namuna ayting. Javob: Bilmaganni so’rab o’rgangan olim, orlanib so’ramagan o’ziga zolim.
9. Abu Ali Ibn Sino bemorlarga shunday degan: “ Biz uch tarafmiz – men, sen va kasallik …” fikrni davom qildiring. Javob: Agar sen men tarafga o’tib olsang, u yengiladi. Agar u tomonga o’tib olsang, ikkalangni yengishim qiyin.
10. Amir Temurning nevarasi kim? Javob: Amir Temurning nevarasi Mirzo Ulug’bek.
11. – Bolajonim! – jilmaydi onasi. – Momiq emas-ki, qo’l bilan tutib bo’lsa. Ular suv zarralari-ku.
Ushbu parcha qaysi hikoyadan olingan? Javob: G’iyos Komilovning “Ona sabog’i” hikoyasidan olingan.
12. Topishmoqning javobini toping.
Makoni – osmon-dengiz,
Kemadek suzar, izsiz.
Javob: Bulut.
13. “Bahor kelgach” she’rining muallifi kim? Javob: “Bahor kelgach” she’rining muallifi Tursunboy Adashboyev.
14. Navro’z bayrami qachon nishonlanadi? Javob: Navro’z bayrami 21-martda nishonlanadi.
15. “Kitobim, jon kitobim” she’ridan parcha aytib bering.
Javob: Nur, ziyoga kon o’zing,
Do’st-u qadrdon o’zing,
Ma’no to’la har so’zing,
Kitobim, jon kitobim!
16. Maqolni davom ettiring: Chumchuq so’ysa ham, …
Javob: Chumchuq so’ysa ham, qassob so’ysin.
17. Topishmoqning javobini toping.
Toping-chi, uning nomin,
Sichqonning berar dodin.
Javob: Mushuk.
18. “Shamol va quyosh” masalida shamol va quyoshning bahsi qanday tugadi? Javob: Bahsda oliyjanobligi uchun quyosh g’olib bo’ldi.
19. “Rostgo’y bola” ertagida bola nega gulni o’stira olmabdi? Javob: Chunki podshoh gul urug’ini qaynattirgan edi. Agar urug’ qaynatilsa, u o’sib chiqmaydi.
20. Tez aytishni aytib bering:
Sa’va saharda sadada sayraydi.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Kitob bilim manbai maqollar
Avval bil, keyin qil.
Avval o’rgan, keyin o’rgat.
Avom tabib — ofati jon.
Avrasang, oqil bo’lar,
Bovrasang, botir bo’lar.
Aql ko’pga yetkazar,
Hunar — ko’kka.
Barakat — mag’izda,
Hunarli qo’l — og’izda.
Baxt belgisi — bilim.
Behunaming hunari — yalqovlik.
Bilagi zo’r birni yiqar,
Bilimi zo’r — mingni.
Bilak bilan bitmagan
Bilim bilan bitar.
Bilgan bilganin ishlar,
Bilmagan barmog’in tishlar.
Bilgan bitirar,
Bilmagan yitirar.
Bilgan o’zar,
Bilmagan to’zar.
Bilgan o’qir,
Bilmagan to’qir.
Bildirish uchun bihsh kerak.
Bilim — aql chirog’i.
Bilim baxt keltirar.
Bilim — davlatdan qimmat.
Bilim — kuchda,
Kuch — bilimda.
BilimJi — olim.
Bilimsiz — zohm.
Bilimliga dunyo yorug’,
Bilimsizga — qorong’u.
Bilimlining bilimi yuqar,
Bilimsizning nimasi yuqar.
Bilishim,
Bilishimga tushar bir ishim.
Bilimsiz kishiga ish yo’q,
Ilmsiz kishiga osh yo’q.
Bilimsiz mulladan ustiga yuk ortilgan eshak yaxshi.
Bilimsiz xalfa — ekinsiz dala.
Bilmagan ayb emas,
Bilishga tirishmagan ayb.
Bilmagan ishga urinma,
Urinib tuzoqqa ilinma.
Bilmagandan bilgan yaxshi,
To’g’ri ishni qilgan yaxshi.
Bilmaganni so’rab o’rgangan olim,
Orlanib so’ramagan o’ziga zolim.
Bilmaganning bilagi tolmas.
Bilmas tabib jon olar.
Bilmasang, bilgandan so’ra.
Bir yigitga yetmish hunar oz.
Bir yigitga qirq hunar oz.
Bol tutgan barmog’ini yalar,
Hunari bor — ermagini.
Go’zallik — ilm-u ma’rifatda.
Davlat tugar, bilim tugamas.
Didli yigit — ilmli yigit.
Dorboz dordan o’lar,
Morboz — mordan.
Joni borning g’ami bor,
Kasbi-kori nomi bor.
Zehn qo’ysa, ong qo’nar,
Hunar ortsa, ish unar.
Zehn qo’ysang bilimga,
Ilm tomar dilingga.
Ilm — aql bulog’i,
Aql — yashash chirog’i.
Ilm baxt keltirar,
Bilim taxt keltirar.
Ilm — yorug’lik,
Jaholat — zuimat.
Ilm izlagan yetar,
Izlamagan — yitar.
Ilm istasang, takror qil.
Ilm ko’p, umr oz,
Keragini o’qi.
Ilm olish — nina bilan quduq qazish.
Ilm olishning erta-kechi yo’q.
Ilm topmay, maqtanma.
Ilm — tubsiz quduq.
Ilm — egarlangan ot,
Bilganga — do’st,
bilmaganga — yov.
Ilm o’lchovi — aql,
Zehn o’lchovi — naql.
Ilm qog’oz qatida emas, miya qatida.
Ilmi borni yosh dema,
Ilmi yo’qni bosh dema.
Ilmi yo’qning ko’zi yumuq.
Ilmli odam — ilikli suyak.
Ilmli olar, Ilmsiz oldirar.
Ilmli uy — charog’on,
Ilmsiz uy — zimiston.
Ilmlining so’zi — o’q.
Ilmni mehnatsiz egallab bo’lmas.
limning avvali achchiq,
So’ngi — totli.
Ilmsiz bir yashar,
Ilmli ming yashar.
Ilmsiz bosh qashir,
Xushomadgo’y gap tashir.
Ilmsiz imomdan tuxum qilmaydigan tovuq yaxshi.
Ilmsiz kishi o’limga yaqin.
Ilmsiz olim — to’qimsiz eshak.
Ilmsizga ishonch yo’q,
Hunarsizga quvonch yo’q.
Ilm-u hikmat suvni yondirar.
Ilm-u hunar yelga emas, elga.
Imoni yo’qning burdi yo’q.
Yigit husni — hunar.
Kasbning yomoni yo’q.
Kitob — aql qayrog’i.
Kitob ko’rmagan kalla —
Giyoh unmagan dala.
Kitobsiz aql — qanotsiz qush.
Ko’rib bilish yaqinni,
O’qib bilish uzoqni.
Meros moli to’zadi,
Merosli hunar o’zadi.
Miltiq ko’targan bilan ovchi bo’lmas,
Dag’dag’a solgan bilan — dovchi.
Mulla bilganin o’qir,
Bo’zchi bilganin to’qir.
Mulla bilganin o’qir,
Tovuq ko’rganin cho’qir.
Mulla bo’lsang, takror qil,
Dehqon bo’lsang, shudgor qil.
Ogohlikni ko’rdan o’rgan,
Donolikni — ilmdan.
Oz-oz o’rganib usta bo’lur.
Ozdan yig’ilib daryo bo’lar,
So’rab-so’rab dono bo’lar.
Oltin olma, bilim ol,
Bilim olsang, bilib ol.
Ota kasbi — davlat kasbi.
Ota hunari — bolaga meros.
Otolmagan yoy tanlar.
Otolmagan ovchi yoyidan ko’rar.
Piligi yo’q chiroq yonmas,
Biligi yo’q yigit yaramas.
Piling kuchli bo’lguncha,
Biliming kuchli bo’lsin.
Poxoldan somon chiqmas,
Qo’poldan olim chiqmas.
Sa’va ishi — sayramoq,
Ho’kiz ishi — xirmon yanchmoq.
Tasbeh ag’darganning bari mulla emas,
Tayoq tutganning bail cho’pon emas.
Tekin boylik axtarguncha,
O’zingga bop hunar top.
Teshik idish suvda bilinar,
Bilimi oz kishi — sinovda.
Tikansiz gul bo’lmas,
Mashaqqatsiz — hunar.
Tikkan chevar emas,
Bichgan — chevar.
Til bilgan yo’lda qolmas.
Usta, ishni qilar puxta.
Usta ko’rmagan shogird
Har maqomga yo’ig’alar.
Ustadan shogird o’zar.
Ustani shogird sindirar,
Pistani — po’choq.
Ustoz ko’rgan xat tank.
Ustozsiz shogird — jonsiz kesak.
Uchishga qanot kerak,
O’qishga — toqat.
Uchqundan qo’rqqan temirchi bo’lmas.
Uquvsiz ishboshi bo’lsa,
Baqir-chaqirdan chiqmas.
Chalasavod — chirik rabot.
Chechanning — tili,
Chevarning — qo’li.
Chumchuq so’ysa ham, qassob so’ysin.
Shayxning hunari bo’lmasa, xonaqoh tang.
Shogird ustadan o’tmasa, ish yitar.
Shogirdiga tosh bergan tosh olar,
Bosh bergan bosh olar.
Shogirding oqil bo’lsa, boshingda toj,
Shogirding erka bo’lsa, boshga tayoq.
Shogirdning befarosati
Ustozni muttaham qilar.
Er yigit deb kim aytar,
Yovda yalov yiqmasa.
Chechanhgin kim maqtar,
Dovda uni chiqmasa.
Er ko’rki — bilik,
Suyak ko’rki — ilik.
Yuz tuman oltindan hunar yaxshi.
Yuz hunarni chala bilgandan
Bir hunarni to’la bil.
Yuzga kirsang, yuz yil o’qi.
Yuzga kirsang ham, hunar o’rgan.
Yuziga qarama, bilimiga qara.
Yamoqchining ishini suvoqchi bilmas.
Yaxshi bilsang ishingni,
Yaxshilar silar boshingni.
O’lmagan — qo’shiqchi,
Erinmagan — eshikchi.
O’nga olgin, birga sot,
Oting chiqsin savdogar.
O’rganish — bir hunar,
O’rgatish — ikki hunar.
O’rdak bo’lmay, g’oz bo’l,
Bilim olib, soz bo’l.
O’qigan — guliston,
O’qimagan — go’riston.
O’qigan — yorug’,
O’qimagan — choriq.
O’qigan — olim,
O’qimagan — o’ziga zolim.
O’qigan o’qdan oshar,
Nodon turtkidan shoshar.
O’qigan o’qigan emas,
Uqqan — o’qigan.
O’qigan o’g’il otadan ulug’.
O’qiganning oshi — pishirig’lik.
O’qiganning oshig’i — olchi.
O’qiganning tili — ikki.
O’qimagan shu damda,
Turtinar har qadamda.
O’qimagan — yalang oyoq,
Baayni bir quruq tayoq.
O’qimay mulla bo’lgan,
Cho’qimay qarg’a bo’lar.
O’qish boshqa, uqish boshqa.
O’qish — jafoli, keti — vafoli.
O’qish yaxshi,
Uqish undan ham yaxshi.
O’quvi bor ulg’ayar,
Uquvi yo’q sarg’ayar.
Qadam qo’y asta-asta,
Qadam yetguncha ilm ista.
Qaig’aning hunari bo’lsa, tezak yemasdi.
Qattiq baqirgan bilan qo’shiqchi bo’lmas.
Qiz bilagini shimarar,
Turli ipakhimarar.
Qizning ko’rki — noz,
Yigitning ko’rki — hunar.
Qirsiz yer bo’lmas,
Hunarsiz — er.
Quyma aql bo’lmasa,
Turtma aql hech bo’lar.
Qunt bilan o’rgan hunar,
Hunardan rizqing unar.
Qo’yingni qassobga so’ydir,
O’likni murdasho’ga yuvdir.
Qo’yni qassob so’ysin,
Oshni oshpaz pishirsin.
Qo’li hunarsiz — non gadoyi.
Har ish o’z ustasidan qo’rqar.
Har ishning bir ustasi bor,
Har ustaning bir ustozi bor.
Har kasbning o’z gashti bor.
Har kimning ishi emas uloq ulamoq,
Madrasaga borib tuproq yalamoq.
Har kimning kasbi — o’ziga.
Har hunarning o’z siri bor,
Har ishning o’z yeri bor.
Hunar oshatar,
Mehnat yashnatar.
Hunar — bir, pardoz — qirq.
Hunar bo’lsa qo’lingda,
Non topilar yo’lingda.
Hunar — zar, hunarsiz — xar.
Hunar oshxo’rga osh berar,
Nonxo’rga — non.
Hunar — oqar buloq,
Ilm — yonar chiroq.
Hunar tagida hunar bor.
Hunar — tuganmas xazina.
Hunar to’yg’izar,
Ot mindirib, to’n kiygizar.
Hunar, hunardan unar.
Hunari borning oltin bilagi bor.
Hunari yo’q kishidan
Bigizi bor yamoqchi yaxshi.
Hunari yo’q kishining,
Mazasi yo’q ishining.
Hunari yo’q erkakdan ignasi bor xotin yaxshi.
Hunarli yigit — mevali daraxt.
Hunarli kishi och qolmas.
Hunarli moy oshar,
Hunarsiz loy oshar.
Hunarli er xor bo’lmas,
Do’st-dushmanga zor bo’lmas.
Hunarli o’lmas,
Hunarsiz kun ko’rmas.
Hunarlining hunari
Murodiga yetkazar.
Hunarsizning yurari
Qaro yerga yetkazar.
Hunarmandning noni — butun.
Hunarni o’rgan,
O’rganda, chiran.
Hunarni o’rganib qo’ysang,
Sendan osh-non tilamaydi.
Hunarsiz tezdan, hunarli xez yaxshi.
Hunarsizning qirqimi uzun,
Hunarlining — bichimi.
Qiziqarli malumotlar
Kitob bilim manbai maqollar