Kitob va kitobxonlik inson ma’naviyati ko’zgusi

Kitob va kitobxonlik inson ma’naviyati ko’zgusi

Bizni ijtimoy tarmoqlarda kuzating

Kitob va kitobxonlik — inson ma’naviyati ko‘zgusi

Hozirgi globallashuv davrida, inson ongi va qalbi uchun kurash kuchayayotgan davrda turli g‘oyaviy tahdid va xurujlar jamiyatimizning manaviy hayotiga ta’sir ko‘rsatishga urinishlari soni ortib bormoqda. Bunday murakkab vaziyatda turli ma’naviy buzg‘unchiliklar, vayronkorlik harakatlarini oldini olish, aholi, ayniqsa, yoshlarimizda ularga nisbatan immunitetni shakllantirish, ezgu g‘oyalarni targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratish zarur bo‘ladi.

Olmazor tumanidagi “Qorasaroy” mahalla fuqarolar yig‘inida bunyod etilgan yangi kutubxona ochilishiga bag‘ishlab, “Kitob va kitobxonlik — inson ma’naviyati ko‘zgusi” mavzusida madaniy-ma’rifiy kecha tashkil etildi. Tadbir Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamda tuman hokimligi hamkorligida o‘tkazildi.

Unda olimlar, ziyolilar, bolalar yozuvchilari, shoirlar, yel suygan san’atkorlar, nuroniy otaxon va onaxonlar, yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda kitobxonlikka qaratilayotgan ye’tibor, yoshlarni kitobga mehrini oshirish borasidagi sa’y-harakatlarga to‘xtalib o‘tib, bunga yoshlarimiz ham munosib javob qaytarayotganliklarini e’tirof etishdi.

Jumladan, pedagogika fanlari doktori, professor, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Oynisa Musurmanova mahallalarda bunyod yetilayotgan ma’rifat o‘choqlari-kutubxonalar aholi ma’naviy olamini yanada boyitishga, farzandlarimizni yezgu g‘oyalar asosida, kitobga mehrli yetib tarbiyalashda yaqindan ko‘mak berishini e’tirof etdi hamda ilmiy, badiiy, shu bilan birga tarbiyaviy ahamiyatga yega bo‘lgan 10 dan ortiq turdagi kitoblar jamlanmasini kutubxonaga sovg‘a qildi.

Tadbir bahonasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan mazkur ko‘rkam va zamonaviy kutubxona fondiga yuzga yaqin nomdagi o‘zbek va jahon adabiyayoti durdonalaridan iborat qariyb 1000 nusha badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.

Madaniy-ma’rifiy tadbirda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, pedagogika fanlari doktori, professor Zuhra Ismoilova, pedagogika fanlari nomzodi, dosent Musallam Abdujabborova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Otaboyev, Muqumiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri aktyori Rasulxon Qodirxonov va Baxtiyor Ahmedov, kino aktrisasi Oydin Abdurahmonova, Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli xonandalari Adolat Ismoilova hamda Rustam Mirminov, O‘zbekiston davlat Satira teatri aktyori Sherzod Boymurodov ishtirok yetdi. Ularning chiqishlari madaniy-ma’rifiy tadbirga ko‘tarinki kayfiyat baxsh yetdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Dilshod Rajab yesa o‘z ijodidan namunalar o‘qib berdi.

Shuningdek, ziyolilar, olimlar tadbirlar davomida mamlakatimizda kezib yurgan yangilanish nafasi, izchil islohotlar ortida turgan inson manfaati, olib borilayotgan obodonchilik ishlari har bir yurtdoshimizning ko‘ngliga ko‘chayotgani haqida alohida to‘xtalib o‘tishdi.

— Mahallamizda 1160 ta xonadonda 7 607 nafar aholi vakillari istiqomat qiladi, deydi mahalla faoli Nigora Xolmatova. — Shundan 2000 nafardan ortig‘i 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolardir. Shu mahallaning bir vakili sifatida biz yashayotgan go‘shada kutubxona tashkil yetilganidan juda xursandman. Yendi farzandlarimiz bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazib, foydali mashg‘ulot bilan band bo‘lishadi.

— Sevimli ijodkorim Xudayberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” asari ham kutubxonamizdan joy olibdi, — dedi Ibrohim ismli bolakay. — Bugun mahallamizga ko‘p san’atkorlar, xonandalar keldi. Kunimiz juda mazmunli va qiziqarli o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Olmazor tumanidagi o‘tkazilishi belgilangan bu kabi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari joriy yilning yakuniga 12 ta yo‘nalish bo‘yicha tashkil yetiladi. Shuningdek, 33 ta turli ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar doirasida 20 000 nafardan ortiq aholi qamrab olinadi. Tumanda tashkil yetilayotgan har bir tadbir davomida aholi kayfiyatini ko‘tarish, hududda ijtimoiy-ma’naviy holatni yanada yaxshilash, yoshlarni milliy qadriyatlar asosida Vatanparvarlik ruhida tarbilashga alohida e’tibor qaratiladi.

Kitob va kitobxonlik inson ma’naviyati ko’zgusi

О‘zbekiston Respublikasi Xalq yozuvchisi, Toxir Malik bilan “Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyati kо‘zgusi” mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi.

2019 – yil 6 – aprel kuni Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi tarmoq markazi ma’muriyati, professor-о‘qituvchilari va tinglovchilari bilan О‘zbekiston Respublikasi Xalq yozuvchisi, Toxir Malik bilan “Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyati kо‘zgusi” mavzusida uchras h uv о‘tkazildi. Uchrashuvni tarmoq markazi direktori professor N.Muslimov kirish sо‘zi bilan ochib berdi.

Shundan sо‘ng Xalq yozuvchisi, Toxir Malikga sо‘z navbati berildi. Adib bugungi kunda yosh avlodni kitob о‘qishga qiziqtirish bunda ta’lim tizimida pedagogik faoliyat olib borayotgan professor-о‘qituvchilarning roli katta ekanligi ta’kidlab о‘tildi.

Uchrashuv davomida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga О‘zbekiston Respublikasi Xalq yozuvchisi Toxir Malik batafsil javob berdi. Davra suhbati mazmunli о‘tdi. Tinglovchilar uchrashuv tashkillashtirilganlidan mamnun bо‘lishdi.

Bizni ijtimoy tarmoqlarda kuzating

Yangiliklar

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish hamda ularning kitobxonlik madaniyatini oshirish yo‘nalishi bo‘yicha bugun Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan harbiy xizmatchi va xodimlar o‘rtasida “Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazildi. Ushbu, tanlov viloyat Milliy gvardiyasining bo‘linmalari o‘rtasida belgilangan test savollariga javob berish asosida olib borildi. Shu bilan birga, musobaqaga tashrif buyurgan harbiy xizmatchi va xodimlar, ushbu muassasadagi kitoblar zaxirasi hamda badiiy adabiyotlar bilan ham yaqindan tanishdilar. Musobaqa yakuniga ko‘ra, 1 o‘rinni, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi, 2 o‘rinni Qo‘riqlash boshqarmasi Shofirkon tumani qo‘riqlash bo‘limi, 3 o‘rinni Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasiga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchi va xodimlari egallashdi. Musobaqa yakunida, g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

20 Yanvar 2022 1509

Yangiliklar

Respublika miqyosida oʻtkazilgan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqalarida Milliy gvardiya harbi…

13 Mart 2023 106

Bugun Samarqand shahridagi Yakka kurash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida “Qo‘l jangi” sp…

10 Mart 2023 197

Davlat rahbarining hududlarda aholining ijtimoiy muammolarini yechimi hamda kriminogen vaziyat barqa…

10 Mart 2023 189

Toshkent viloyatida benzin mahsulotini o‘g‘irlashda gumon qilingan shaxslar aniqlandi

10 Mart 2023 340

Poytaxtimizda Surxondaryo viloyati huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan sh…

10 Mart 2023 268
O’zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Burch, Sadoqat, Jasorat

Matnda xato topsangiz, uni tanlang va administratorni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmasini bosing

2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group

Ovozli o’qish

Saytda ovozli oʼqish imkoniyati mavjud, Matnni ovozli eshitish uchun matinni belgilang va paydo bolgan tugmani ustiga bosing

Qiziqarli malumotlar
Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyati ko‘zgusi