Kitob do konini ochish asoslarini bilib oling

Kitob do konini ochish asoslarini bilib oling

Achchiq bir haqiqatni tan olaylik, ayni paytda ko‘pchilik mutolaa qilishga ajratiladigan vaqtini bemaza qovunning urug‘iday ko‘payib ketgan seriallarga, ko‘ngilochar gazetalar, ularda bosilayotgan oldi-qochdi, badiiylikdan ming chaqirim yiroq “hikoya”larga sarflamoqda. Ular milliy va jahon mumtoz adabiyotiga mansub asarlarnigina emas, umuman har qanday kitobni agar u andak o‘yga toldiradigan, tafakkurga chorlaydigan jiddiyroq bo‘lsa, o‘qishni xohlashmayapti.

Kitob do’konida matn tuzish

1. Kitob odamda chin insoniy fazilatlarni shakllantiradi.

2. Kitob mutoalasi.

3. Kitob tafakkur qanotidir.

Ayni kunda kitob mutolaasi kerakmi, yo‘qmi, degan savolni qo‘yish xuddi tashna odamga suv ichasanmi, degan savolni berishga o‘xshaydi. Zero, o‘qish, ilm olishga intilish azal-azaldan xalqimiz fitratida mavjud. Davrlar evrilishi g‘alati, bizlar kitob o‘qishga mukkasidan ketgan 70-yillarda, ota-onalarimiz “Ko‘p kitob o‘qima, miyang suyulib ketadi”, deb tanbeh berishardi. Bugungi yoshlarga kitob o‘qishni gapirsang, ensasi qotadi. Ammo biz bu o‘rinda yoshlarni mutlaqo ayblamoqchi emasmiz, agar jamiyatda bilim-ma’rifat, adabiyot qadr-qimmat topsa, albatta, aziz bolalarimiz kitobga qaytishlariga ishonaman. Bugun kitoblarni chop etish, ularni tarqatish tizimini takomillashtirish va eng muhimi, kitob chiqarish va kitobxonlikning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotganidan quvonishimiz kerak.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi ta’bir joiz bo‘lsa, hayotimiz, tafakkurimiz va ma’naviyatimizda g‘oyat ulkan voqea bo‘ldi. Ushbu sa’y-harakat milliy adabiyotimiz va ma’naviyatimiz ravnaqida katta siljishlarning debochasi bo‘lishiga astoydil ishonib turibmiz. Ayniqsa, bu o‘rinda xorij tajribasini o‘rganish, yoshlar o‘rtasida badiiy jihatdan yuksak, intellektual saviyani o‘stirishga xizmat qiladigan kitoblarga talabni o‘rganish kabi masalalarning ko‘tarilgani g‘oyatda tahsinga loyiqdir.

Darhaqiqat, har bir inson dunyoga kelar ekan, atrof-muhitga, o‘zi o‘sib-ulg‘aygan jamiyatga tafakkur nigohi bilan boqib, undan ibrat oladi, xulosalar, fikr-tushunchalar bilan boyiydi va shularga tayangan holda inson bo‘lib shakllanadi. Chinakam badiiy adabiyot ana shu fikru xulosalarni benihoya go‘zal bir tarzda ifoda etadi, eng ta’sirchan, unutilmas voqealar vositasida teranlashtiradi, mustahkamlaydi. Bir so‘z bilan aytganda, adabiyot odam bolasida chin insoniy fazilatlarni shakllantiradi. Unutmasligimiz kerakki, shaxsiyati mazkur mezon va fazilatlardan mosuvo kimsa halol va yaxshi ishchi yoki xizmatchi tugul, tom ma’nodagi inson ham bo‘la olmaydi. Fuqarolarida ushbu mezon va fazilatlar shakllanmagan jamiyatda esa sof ma’naviy-iqtisodiy taraqqiyotning bo‘lishi mumkin emas. Bunday jamiyatni bir-birini aldovchi, talovchi, bir-birining haqini yeyishdan qo‘rqmaydigan beshafqat olomon, desak, sira-sira xato qilmaymiz.

Achchiq bir haqiqatni tan olaylik, ayni paytda ko‘pchilik mutolaa qilishga ajratiladigan vaqtini bemaza qovunning urug‘iday ko‘payib ketgan seriallarga, ko‘ngilochar gazetalar, ularda bosilayotgan oldi-qochdi, badiiylikdan ming chaqirim yiroq “hikoya”larga sarflamoqda. Ular milliy va jahon mumtoz adabiyotiga mansub asarlarnigina emas, umuman har qanday kitobni agar u andak o‘yga toldiradigan, tafakkurga chorlaydigan jiddiyroq bo‘lsa, o‘qishni xohlashmayapti.

Yana bir gap, bugungi kunda biz farzandlarimiz kitobdan uzoqlashib borayapti, degan gapga yopishib olib, bunda darrov zamonaviy texnika va texnologiyalarni, internetni ayblashga tushamiz. Holbuki, globallashayotgan dunyoda butun insoniyat texnikadan unumli foydalanmoqda, lekin ular kitoblarni, ayniqsa, mumtoz adabiyotni aslo chetga surib qo‘yishayoganlari yo‘q. Kitobxonlik darajasi borasida jahon mamlakatlari reytinglarini ko‘rib chiqib, bunga ishonch hosil qilasiz. Xorijda ushbu muammoni hal qilish yo‘llari avvalgidan qizg‘inroq, jiddiyroq yo‘sinda olib borilmoqda. Turli anjumanlar, muhokamalar, adiblar bilan uchrashuvlar, kitob bayramlari sifati ortib bormoqda. O‘rta maktablar dasturiga mutolaa bo‘yicha maxsus darslar kiritilmoqda. Bu darslarda o‘quvchilarda kitobga muhabbat, matnni tushunib, to‘g‘ri talqin qilish, eslab qolish ko‘nikma va malakalari shakllantirilmoqda. Buning natijasida AQSh, Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya, Finlyandiya mamlakatlarida kitobxonlar soni ancha ko‘paygan.

Bugun kitob do‘konlarimizda, axborot resurs markazlaridagi kitoblar orasida durdona milliy yodgorliklarimizdan – “Qutadg‘u bilig”, “Devonu lug‘otit turk”, “Temur tuzuklari”, “Xamsa”, “Boburnoma” singari asarlarni uchratish amrimahol. Zamonaviy, iste’dodli shoirlarimizning she’riy kitoblari ham sotuvlarda deyarli yo‘q hisobi. Alisher Navoiyning yigirma jilddan iborat asarlari ma’lum bir tirajlarda bosilib chiqdi. Ammo nazarimizda bular kam, chunki Navoiy nafaqat maktab va institut kutubxonalari, balki har bir o‘zbek xonadonida bo‘lishi zarur. Navoiyni qo‘ya turing, hatto Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani har yuzta o‘quvchidan bir yoki ikkitasiga to‘g‘ri kelayotganiga nima deysiz?! Qodiriyning eng mashhur asari shunchalik kam tirajda bosilayotgan ekan, boshqalar haqida gapirmay qo‘ya qolaylik.

Kitob savdosi va narxi eng og‘riqli nuqtamizga aylangan, desam aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Ammo kitob kartoshka yoki piyoz emas, kitob bu kitob. Uni bir kunda yoki bir oyda sotib, ayniqsa, undan tezda foyda ko‘rib bo‘lmaydi. Kitoblar taqchilligi borasida gap ketganda avvalo narx muammosiga duch kelamiz. Ochig‘i, bizda kitoblar qimmat, qolaversa, hammasi kelishilgan narxlarda. Toshkentda o‘n ming so‘m turgan kitob Buxoro yoki Surxondaryoda ikki-uch baravar qimmat sotilyapti. Bu ham kitobxonlarnng shashtini ancha pasaytiradi, kitob narxi siyosatida ko‘plab chalkashliklarni keltirib chiqaradi. Bundan kelib chiqadigan xulosa, demak, kitoblar mazmunan yuksak saviyada, sifatli, arzon hamda qat’iy narxlarda bo‘lishi kerak.

Hozir televizor va matbuotda chiqish qilayotgan ko‘pgina noshirlar, mutaxassislar bu borada aniq takliflar berishga ojizlik qilishyapti. Bizningcha, buning yechimi bor, bu ham bo‘lsa, adabiy doirada e’tirof etilgan, mutaxassislar tavsiya etgan kitoblarni yirik tirajlarda chop etish. Takror bo‘lsa-da aytamizki, muallif, kitob va kitobxon o‘rtasidagi uzilishni tiklash uchun bosilayotgan kitoblarning adadini qo‘rqmasdan oshirgan holda kitob bahosini tubdan arzonlashtirish lozim. Bunday kitoblar do‘konlarda uzoq vaqt turib qolmaydi. Qolaversa, kitob mualliflari bo‘lgan zahmatkash ijodkorlar ham mehnatiga yarasha qalam haqi, ya’ni rag‘bat oladi. Moddiy va ma’naviy rag‘bat esa ularni yanada yaxshi asarlar yozishga, kerak bo‘lsa, o‘z asarlari bilan dunyo adabiyotiga chiqishga undashi turgan gap.

Xullas, kitob chiqarish va sotish borasida murakkabliklar va chalkashliklar juda ko‘p. Oddiygina misol, bir ijodkor tanishimiz o‘tgan yili nufuzli nashriyotda o‘z hisobidan kitob chiqardi. Nashriyot kitoblarni chiqarib berishga berdi-yu, ammo muallif bir necha yillar mehnat qilib yozgan kitobini endilikda kimga, qaerda sotishni bilolmay hayron. Albatta, muallif bir necha kitob do‘konlariga ham murojaat qildi, lekin kitob do‘konlari ham jismoniy shaxsdan kitob olishni ma’qul ko‘rmadi, shekilli, sotib olishni istashmadi. To‘g‘risi, bunday misollarni juda ko‘plab keltirish mumkin. Shu o‘rinda aniq taklif shuki, respublika bo‘yicha kitob savdosi bilan shug‘ullanadigan, shuning uvol-savobiga javob beradigan muassasa bo‘lishi lozim.

Bizda hozir ta’lim tizimida o‘n mingdan ziyod maktab, 1800 ta kollej, 60 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari bor. Xo‘sh, bugun Xalq ta’lim vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, ularning joylardagi boshqarmalari tomonidan insonni tafakkurga chorlaydigan birorta nasriy yoki she’riy kitobga o‘n ming yoki yigirma ming nusxada buyurtma tushayaptimi? Holbuki, nashr etilayotgan kitoblardan o‘n mingtasini Xalq ta’limi tizimi olganda ham har bitta maktabga atigi bittadan kitob to‘g‘ri keladi.

Shu o‘rinda kitoblar saviyasi va albatta, mualliflar masalasiga ham to‘xtalib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Bugun axborotlar oqimi nihoyatda katta, cheksiz. O‘quvchi shu axborotlar orasidan eng saralarini, o‘ziga ma’qulini, muhimini tanlab, saralab olib o‘qishi kerak. Buning uchun eng yaxshi asarlar yuzasidan xolis ilmiy munozaralar, amaliy mashg‘ulotlar olib borilishi maqsadga muvofiq. Yaxshi kitoblarning televidenie, OAVdagi targ‘ibot va taqdimotlari ham ayniqsa, katta samara beradi. Albatta, qaysi asarni o‘qish har kimning shaxsiy ishi. Birovni zo‘rlab bunga qiziqtirib bo‘lmaydi. Lekin afsuski, bugun iste’dodli shoir yoki adib kitobini chiqarolmay, chiqargan taqdirda ham sotolmay o‘tirgan bir paytda adabiyotga mutlaqo aloqasi yo‘q kimsalar badiiyatdan yiroq, hatto insoniy odob-axloqqa zid bo‘lgan jild-jild kitoblarni chop etib, do‘konlaru maktab va kollej o‘quvchilarini o‘z “ijod”laridan bahramand etishmoqda. Ko‘plab xususiy nashriyotlar kitobning nonday aziz va pokligiga putur yetkazib, maza-matrasiz, imloviy xatolar g‘ij-bij kitoblarni chiqarish ishiga o‘z “hissa”larini qo‘shishmoqda. Alal-oqibatda bu bir jihatdan zukko yoshlarni kitobdan bezdirib qo‘ysa, ikkinchidan odamlarning tarbiyasiga, ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunga esa aslo loqayd qarab bo‘lmaydi. Bizningcha, umuman, ta’lim maskanlaridagi kutubxonalarga badiiy adabiyot niqobi ostida soxta va sayoz narsalarni turli yo‘llar bilan kirib kelishiga zinhor yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Nazarimizda, kitobga, kitob mutolaasiga munosabatni tubdan o‘zgartirish uchun avvalo, ziyoli o‘qituvchilarga suyanishimiz kerak. Ya’ni kitob targ‘ibotchilari qanchalik bilimli, ziyoli bo‘lsa, shuncha ijobiy natijaga erishish mumkin. Aytish kerakki, kitob chiqarish va sotish bu cho‘ntakni qappaytirish yoki biznes qilish emas. Kitoblar qaysi janr yoki mavzuda bo‘lishidan qat’i nazar, u ma’naviyat quroli ekanini mas’uliyat bilan to‘la-to‘kis anglashimiz lozim. Iqtisodiy zararni hamma vaqt to‘ldirish mumkin, lekin ma’naviy ziyonni qoplab bo‘lmaydi. So‘zning, adabiyotning qadrini qanchalik yuksak ko‘tarsak, madaniyatimiz, ma’naviyatimiz shunchalik yuksaladi. Mana shunda chalasovodlikdan xalos bo‘lamiz, mana shunda bolalarimiz jinoyatchilik, turli bema’ni oqimlar ko‘chasidan ming chaqirim uzoqda bo‘ladi. O‘zining kimligini, o‘zligini bilgan inson ota-ona, ona Vatan, vatanparvarlik degan muqaddas qadriyatlarning tub mohiyatini anglashga qodir bo‘ladi.

Kitob tafakkur qanotidir, degan edi alloma adibimiz Oybek. Biz bugun yangi davrga qadam qo‘ydik. Dunyo yana ilmga, tafakkur — intellektga intilmoqda. Zero, insoniyat uchun faqat va faqat tafakkurgina najot bo‘la oladi. Chindan ham ulug‘ va mo‘’tabar kitoblar insoniylik, halollik, shafqat va imon urug‘larini qalbimizga ekadi. Bizni olamshumul kashfiyotlar, buyuk bunyodkorliklar sari da’vat etadi. Mushkul onlarimizda bizga hammaslak va do‘st bo‘lib to‘g‘ri va oqil yo‘lni ko‘rsatadi. Shu boisdan hayotimizda “o‘qimishli inson” degan ibora boshqacha jaranglaydi.

Olim, ziyoli insonlarni izzat-hurmat yuzasidan uyimizning to‘riga o‘tkazsak, bilimsiz kishidan biror xatolik o‘tganda “ha, endi, kitob ko‘rmagan bir bechora-da”, deya aybini kechirib yuboramiz. Dunyo bizga havas bilan boqadigan o‘qimishli va kitobxon mamlakat bo‘lishimiz uchun kitoblar shunchaki javon bezagi emas, balki ko‘nglimizning bebaho mulkiga aylanishi kerak. Shundagina farzandlarimiz qalbiga ezgu g‘oyalarni singdirib, ularni komil inson qilib tarbiyalashimiz mumkin.

Kitob do’konini ochish asoslarini bilib oling

Ko’pgina kitoblar uchun kitob do’konini ochish orzuimga o’xshaydi. Mustaqil kitob sotuvchilari jamiyatning bir qismi bo’lishni, kattalardagi o’qish zavqini rag’batlantiradilar va umrboqar o’quvchilarni bolalardan tashqariga chiqarishga yordam berishadi.

Kitob do’konini ochish

Albatta, har qanday biznes bilan bir qatorda, kitob do’konini ochishning haqiqatlari kitoblar orzuidan ko’ra ancha murakkabroq. Agar siz kitob do’konini sotib olish yoki sotib olishni o’ylab ko’rsangiz, bu erda kitoblar haqida ba’zi ma’lumotlar bor.

Kitoblarni chakana savdo qilish – bu chakana biznes

Mustaqil kitob sotuvchilar uchun kitob do’konini ochish, asosan, bosma kitoblarni sotish bilan bog’liq. Barcha “g’isht va ohak” chakana savdogarlar singari, muvaffaqiyatli kitoblash uchun:

  • Istagan joy – boshqa perakendecilerin atrofida va bir joyda juda ko’p oyoq trafigi bo’ladi. Umuman olganda, joyning qanchalik yaxshi ekanligi, kvadrat metrli lizing qancha qimmat bo’lishi mumkin.
  • “Chakana savdo” (ya’ni ba’zan uzoq vaqt) – bu sizning joyingiz uchun ijara haqini to’laysiz va bugungi chakana saviyasini ko’paytirasiz, xaridor do’konlarni xarid qilish uchun qulay bo’lganda do’konlarni ochiq bo’lishini kutadi. Bu deyarli har doim kechqurun, kechki dam olish kunlari va hatto ko’plab bayramlarni bildiradi.
  • Muvaffaqiyatli kitob sotuvchisi – qimmatbaho kitob sotuvchisi o’z mijozlariga o’z mijozlarini jalb qilish va ularni “sotish” uchun tayanadi. Bu vaqtni ishga olish, mashq qilish, yoqimli va kitobli ma’lumotlarga ega bo’lganlarni anglatadi. Shuningdek, siz kitob do’koni xodimlarini qiziqtiradigan va o’zingizni qiziqtirgan narsalaringizni ushlab turishingizni ta’minlaydi, shuning uchun kitob do’konining uzluksizligini saqlab qolish va o’z vaqtida, pul va energiya sarf-xarajatlarini o’zingizning qimmatli vaqtingizga sarflash uchun o’z xizmatlarini imkon qadar uzoq tutasiz.
  • Kitobni samarali sotib olish – kitoblar uchun kitob sotib olish har bir mavsumda juda qiziqarli va juda ko’p ish bo’lishi mumkin. Bu nashriyotlarning mavsumiy ro’yxatini ko’rib chiqishni, siz hech qachon o’qimagan kitoblar haqida fikr yuritishni va turli xil ta’mlarga murojaat qilgan nomlarni sotib olishni (shu jumladan, siz shaxsan o’quvchi sifatida).
  • Samarali kitob inventarizatsiyasini boshqarish – kichik kitob do’konlari do’konda tanlash tanlovini eng yuqori darajaga ko’tarish va aktsiyalarni almashtirishni ta’minlash uchun turli xil “mahsulot” larni sotishning sotish tezligi va boshqalar uchun tahlil qilinishi kerak. Boshqa omillar orasida “shrinkage” (aka shoplifting) inventarizatsiyasini boshqarish kiradi! Esda tutingki, kitoblarning kartonlari juda og’ir bo’lib, ularni ko’tarish va ularni o’rash qiyin ishdir (aslida siz istagan mahoratli xodimlar ro’yxatiga “kuchli” bo’lishni xohlaysizmi, yuqorida, kerak bo’ladi!)

Kitoblarni sotish past darajali biznesga aylanadi

Kitoblarni sotish foyda ko’pincha boshqa chakana bizneslarga qaraganda ancha nozik. Ba’zi kitob sotuvchilari, ularning “yordamchi” savdosi, tee ko’ylaklari, kupalar, sovg’alar va, albatta, ularning kafe-tarmoqlari haqiqiy kitob savdosidan ko’ra kvadrat-kv. Ko’plab kitoblar va kitoblarni sevishgani uchun kitob sotuvchisi biznesga kirib kelgan bo’lsa-da, buxgalteriya va moliya muhabbati kitob sotuvchisi uchun ajoyib xususiyatdir. Bu ko’nikmalarga ega bo’lishni taqiqlash, kitob sotuvchisi ushbu sohada vakolatli kishilar uchun shartnoma tuzishi juda muhim.

Kitoblar raqobatbardosh biznesdir

Agar siz boshqa g’ishtxonalar do’konlaridan yaqin raqobatga ega bo’lmasangiz ham, Amazon.com, bn.com, Apple iBookstore kabi bosma kitoblar va elektron kitoblar onlayn-perakendecileridan raqobat bor va hatto ko’plab nashriyotlar o’z kitoblarini omma oldida sotadiganlar.

Bestsellers bilan aloqada bo’lishdan tashqari, raqobatbardosh bo’lish uchun mustaqil kitob sotuvchisi on-layn buyurtma berish, elektron o’qiydigan qurilmalar va elektron kitoblarni ko’chirib olish kabi tez o’zgaruvchan texnologiyalari, shuningdek, xaridorgir uskunalar va imkoniyatlarni saqlab qolishi kerak.

Matnni tarqatish texnologiyalaridan tashqari, ijtimoiy media marketing texnologiyalari bilan shug’ullanadigan mijozlar o’z mijozlariga ulangan kitob sotuvchisini ushlab turadilar. Kitob do’koni uchun Facebook sahifasi, mijozlarga muntazam elektron xabarlar (masalan, RJ Julianing egasi tomonidan yozilgan) va hattoki Twitter aktsiyalari kitob sotuvchilari uchun an’anaviy kitob imzolari va boshqa do’kon ichidagi tadbirlar uchun juda muhimdir.

Chakana biznesning barcha elementlari sizni qiziqtirsa va kitoblar bilan ishlash g’oyasi sizga quvonch baxsh etadi, shundan keyin kitob do’koniga ega bo’lish siz uchun to’g’ri martaba bo’lishi mumkin.

Agar kitob do’konini ochish haqida o’ylayotgan bo’lsangiz foydali bo’ladi resurslari haqida o’qing.

Kitob do’konida matn tuzish

Kitob insonning eng yaxshi do‘sti va maslahatchisi, uning donolik va bilim manbaidir. Kitob tafakkur quroli, xazina kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun xalqimiz uni qadrli, obro‘li, muqaddas deb bilgan. Shu bois kitobga muhabbat, qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Inson madaniyati uning kitobida aks ettirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PK-5050-son qarori hamda Ichki ishlar vazirligining “Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘qishi tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida “Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘qishi tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida kitob yarmarkasi tashkil etildi. Kitobni targ‘ib qilish va mutolaa qilish vazirligining Malaka oshirish instituti.

Yarmarkada taniqli adiblarimizning badiiy va tarixiy asarlari, jahon adabiyoti durdonalari, eng ko‘p sotilgan kitoblar va barcha kodlarning yangi nashridagi kitoblar namoyish etildi.

Yarmarkada kitobsevar huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘zlari sevib mutolaa qiladigan yozuvchi va yozuvchilarning asarlarini xarid qildi.

Kitob mutolaasi, asarlar mazmun-mohiyatini anglash insonni komil, zukko, teran tafakkur sohibiga aylantirishi shubhasiz

Qiziqarli malumotlar
Kitob do konini ochish asoslarini bilib oling