Bolalar uchun badiiy kitoblar
«Mani ismli it»
Bolani tadbirkor qilib tarbiyalashda yordam beradigan 10 ta kitob
Har bir ota-ona o‘z farzandining baxtli va mustaqil kelajagi haqida orzu qiladi. Bunga erishish usullaridan biri – o‘z ishini tashkil etish. Biroq buning uchun ham qator omillar zarur: moliyaviy savodxonlik, maqsad sari intilish, oilaning ko‘magi. Omadni qarangki, endilikda har bir ota-onada o‘z farzandida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish uchun o‘ziga xos yo‘l xaritasini tuzish imkoniyati mavjud.
Rb.ru nashriyotlarga murojaat qilib, bolada tadbirkorlik ko‘nikmalarini topish va rivojlantirishda yordam beradigan kitoblarni tavsiya etishlarini so‘ragan. O‘nta foydali kitobdan iborat ro‘yxat esa quyidagicha:
«Qanday qilib 21 kunda film yozish mumkin? Ichki film usuli»
Viki King kitobi – mualliflik konsepsiyasi va ssenariy yozish mohirligini qadam-baqadam o‘rgatish. Gap shundaki, hech kim 21 kunda film yoza olmaydi. Biroq yurak va miya hamkorligi yo‘lga qo‘yilsa, imkonsiz narsani amalga oshirish mumkin. Birinchi navbatda, bu kitob filmga ssenariy yozishni o‘rgatsa, ikkinchidan esa mashaqqatlardan qo‘rqmaslik va orzuga erishish yo‘lida bahonalar topmaslikni o‘rgatadi.
«Bolani fikrlashga o‘rgating»
Edvard de Bono bolani fikrlashga o‘rgatish zarur, deb hisoblaydi. To‘g‘ri, ayrim ota-onlar konstruktiv fikrlash va zakovatni adashtiradilar. Biroq muallif ushbu tushunchalar o‘rtasidagi farqlarni ko‘rsatadi hamda bolalarning aqliy faolligini rivojlantirish uchun ko‘plab o‘yin va mashqlarni taklif etadi.
«O‘smirlar uchun boy ota, kambag‘al ota»
Robert Kiyosaki – g‘aroyib tajribaga ega inson. Uning asarlari mana bir necha yildirki, o‘zining dolzarbligini yo‘qotmayapti. Bu kitob o‘smirlarga moliyaviy savodxonlik asoslarini beradi, dunyoda o‘z o‘rnini topish va haqiqatan ham badavlat bo‘lishda ko‘mak ko‘rsatadi.
«Mani ismli it»
Bodo Shefer kitobida gapira oladigan Mani ismli labrador haqida so‘z yuritiladi. G‘aroyib it moliya sohasida daho bo‘lib chiqadi va «kattalarga» xos murakkab tushunchalarni oson o‘yin tarzida tushuntiradi.
«Bolalar uchun psixologiya: uy, maktabda va sayohatda»
Ertami yoki kech, har bir bola jamiyatga kirib keladi va tushunmaslik muammosi bilan yuzma-yuz kelishi mumkin. Qanday qilib to‘g‘ri do‘stlashish mumkin? Qanday qilib muloqot qilish, o‘ynash kerak? Larisa Surkovaning kitobi bolalar har bir murakkab vaziyatda o‘zlarini dadil tutishlari uchun eng zarur psixologiik haqiqatlar haqida hikoya qiladi.
«Videobloger bo‘l»
Agar farzandingiz videobloger bo‘lish va ana shu sohada pul topishni istasa, bunday ensiklopediya aynan siz uchun. U sizga eng asosiy narsalar – roliklarni tasvirga olib, ularni montaj qilishni o‘rgatadi. Yana unda faoliyatini endigina boshlagan blogerlarning eng keng tarqalgan xatolari haqida batafsil so‘zlab beriladi. Endi barini to‘g‘ri bajarish mumkin.
«Qanday qilib bolani moliyaviy dahoga aylantirish mumkin?»
Kitob «3 yoshdan 23 yoshgacha farzandi bo‘lgan ota-onalar uchun» yozilgan. Shunday ekan, uning tili tushunarsiz atamalarga boy, murakkab ekanidan cho‘chimang. Bet Koblayner – moliyaviy maslahatchi, uning kitobi inflatsiya va birjadagi o‘yinlarni sodda tilda tushuntirishga yordam beradi.
Nashr bolalarga buvi va buvalar tomonidan sovg‘a qilingan pullarni saqlash (yoki sarmoya sifatida kiritish) usullarini ko‘rsatadi. Agar farzandingizdan tadbirkor kishini shakllantirishni istasangiz, hozirning o‘zidan boshlash kerak. U holda Koblayner – must-read (o‘qish shart bo‘lgan) kitob ekani aniq.
«Bolalar va pul»
Adam Xo va Keon Chi bolalarda pulga nisbatan to‘g‘ri munosabatni shakllantirishni biladilar. Mualliflar ota-onalarga bolalar bilan moliyaviy savodxonlik hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishni donolarcha tushuntiradilar.
Dunyodagi jami marketing xarid va yana xarid qilishni taklif etayotgan bo‘lsa-da, xarajatlarni amalga oshirishda bolada mas’uliyat va mo‘’tadillik kabi jihatlarni rivojlantirishni zarur, deb hisoblashadi. Bularning barini mualliflar shaxsiy tajriba, u qadar murakkab bo‘lmagan testlar va g‘aroyib komikslarga asoslangan holda maslahat berishadi.
«Kira va kulcha siri»
Bodo Shefer bolalarning moliyaviy savodxonligida to‘xtab qolgani yo‘q. Kira ismli qizaloq haqidagi kitob nafaqat pul, balki shaxs sifatida rivojlanish haqida. Qahramon murakkab vaziyatlarga duch kelib, ularni muvaffaqiyatli yengishga erishadi. Kitob qiyinchiliklarni yengish, o‘z-o‘ziga ishonish, muvaffaqiyatlarga erishishni o‘rgatadi. Bu esa har bir bola uchun muhim.
«Orzu qil va amalga oshir!»
Polina Grens – «Fizruk» serialidagi aktrisa. Ushbu kitobda u haqiqatan ham muvaffaqiyatli bo‘lish, blogni to‘g‘ri yuritish va u orqali pul ishlab topish haqida hikoya qiladi.
Bolalar uchun badiiy kitoblar
13 tadan 1–9 lar ko’rsatilyapti
Yosh bola demang ularni.
Oq nilufarlar yurtida
Baqirmaydigan onalar
Qor odam
Mumu
Bolalik va o’smirlik ko’chalari
Bo‘ri bolalarini qanday o‘rgatadi?
Olim yetishtirgan onalar
Yosh bola demang ularni.
Taniqli turk pedagogi va yozuvchisi hissoblangan Adam Gunesh o’zining bolalarga oid psixologik , tarbiyaviy asarlari bilan barcha kitobxonlar qalbidan joy ola olgandir. Guneshning “Jazosiz tarbiya”, “Farzand tarbiyalash siri” , “Chinakam ota-onalik san’ati ” kabi mashxur asarlari siz-u bizga juda tanish va ma’lum-u mashxur. Yana bir shunday asarlaridan biri “Yosh bola demang ularni”. Asari bo’lib bu ham bola tarbiylashda yosha ota-ona , ona bo’lish arafasida turganlar har bir kitobxon uchun yaxshigini qo’llanma bo’la oladi.
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
Baqirmaydigan onalar
Turk yozuvchisi hissoblangan Xadicha Kubro Tongar bizga o’zining ona va bola o’rtasidagi o’zaro tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’la oladigan asarlari bilan juda yaxshi tanish. Adibaning “Baqirmaydigan bolalar”asarini o’qimagan yokida nomi qulog’iga chalinmagan kitobxon bo’lmasa kerak. Ana shunday asarlardan yana biri “Baqirmaydigan onalar” turkcha nomi esa, “Bağırmayan Anneler” dir. Bu asar o’z nomi bilan bolalarni tarbiyalashda yosh onalarga va ona bo’lish bo’sag’asida turgan har bir ayolga juda yaxshi qo’llanma bo’la oladi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Qor odam
Andersenning ertaklari bugungi kunda ham eng ko‘p o‘qilayotgan asarlar sarasiga kiradi. Ularda bolalalarga xos bo‘lgan beg‘ubor kechinmalar, ezgulikning g‘alabasi, orzu-umidlarning ushalishi, yorug‘ olamda har birimiz har qadamda duch kelib, kundalik hayotimizda yuz berayotgan oddiy voqea, hodisalarning o‘zgacha talqini tilga olinadi. Mazkur ertaklar katta-kichik yoshdagi o‘quvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, ular tasavvuringizni boyitadi, aqlingizni charxlaydi. Olis manzillardagi ertaklarning mo‘jizaviy ohangi Siz, aziz kitobsevarlarni maftun etadi.
Mumu
Ivan Sergeyevich Turgenev mashxur rus yozuvchisi bo’lib, u tabiat manzaralarini, hodisalarini, inson qalbi va tabiatini mohirona tasvirlagan so’z rassomi hissoblanadi. «Mumu» asarida soqov Gerasim o’zi begona xonadonda xizmat qilgani holda kichkina kuchukchani boqib oladi. Ammo boy xotin uni sig’dirmaydi. Xizmatkorga kuchukni suvga cho’ktirishni buyuradi. Gerasim o’zi parvarish qilgan jonivorni suvga cho’ktiradimi yoki yo’qmi, buni hikoyani o’qish davomida bilib olasiz. Mazkur kitobdan I. Turgenevning «Bejin o’tlog’i» hikoyasi ham o’rin olgan. Sizga tengdosh bo’lgan o’smir yigitlar tun qo’ynida, olov atrofida bir-birlariga qiziqarli, dahshatli va qo’rqinchli voqealarni gapirib beradilar. Rus tilidan Yoʻldosh Shamsharov, Madamin Ibrohimov tarjimasi
Bolalik va o’smirlik ko’chalari
Erkin Malik qalamiga mansub bo’lgan ushbu “Bolalik va o’smirlik ko’chalari” qissasi barcha yoshdagi kitobxonlar uchun birdek manzur kela oladi . Ushbu asar o’quvchilarga qulay bo’lishi uchun ikki xil yozuvda nashr qilingan bo’lib yosh-u qari uchun muommo tug’dirmaydi . Asar Tohir Malik so’zlari bilan boshlangan va qisqa qisqa har xil hikoyachalardan tashkil topgan bularga misol qilib: U qanday bolalik edi? , Acha hola va radiokarnay va boshqalar.
Garryi Potter va hikmatlar toshi boshqacha nomi esa Garri Potter va afsonaviy tosh hissoblanadi. Inglizcha nomi bo’lsa ” Harry Potter and The Philosopher’s stone” . Asar ingliz bolalar yozuvchisi Joanna Ketlin Rouling qalamiga mansub. Fantezi janrida yozilgan roman boʻlib, adibaga kofta muvaffaqqiyat olib keegan. Harry Potter romanlari turkumiga kiruvchi ilk kitob hisoblanadi. Roman birinchi marotaba 1997-yil 26-iyunda Birlashgan Qirollikning Bloomsbury nashriyotida chop etildi va jahon boʻylab 120 million nusxada sotildi. Buning natijasida eng koʻp sotilgan uchinchi kitob boʻldi. Kitobga asoslanib 2001-yili film suratga olindi va Electronics Art kompaniyasi tomonidan video oʻyin . Harry Potter va h ikmatlar toshi romani tanqidchilar tomonidan ijobiy baholanib, koʻplab mukofotlarga sazovor ha m boʻldi.
Bolalar badiiy asarlari O`zbekistonda
Siz “Bolalar badiiy asarlari” toifasidan O`zbekistonda tovarlarni sotib olmoqchisiz, bu ishonchli va isbotlangan sotuvchilar tomonidan taklif qilinadi. Bunda tovar.uz katalogimiz sizga yordam beradi! Faqat eng yaxshi narxlar!
“Bolalar badiiy asarlari” O`zbekistonda sotib olish
Tovar.uz savdo platformamizga xush kelibsiz. Ushbu sahifada siz tez va osonlik bilan tasdiqlangan va ishonchli etkazib beruvchilardan “Bolalar badiiy asarlari”ni tanlashingiz va sotib olishingiz mumkin. “Bolalar badiiy asarlari O`zbekistonda” sarlavhasidagi tovarlar uchun barcha narxlar sotuvchilar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan shaxsan tasdiqlangan. Biroq, mos pozitsiyani tanlab, mahsulot sotilganmi, yoki o’tgan vaqt ichida narx o’zgarganmi, yoki yo’qligini aniqlash uchun sotuvchiga murojaat qilishingiz kerak.
Filtrlarning keng diapazoni, sizga O`zbekistonda “Bolalar badiiy asarlari” O`zbekistonda guruhidagi ideal variantni sotib olish uchun so’rovingizni iloji boricha aniqroq aniqlash imkonini beradi. Filtrlar yordamida ishlab chiqaruvchining mamlakatini, narx oralig’ini, siz uchun qulay bo’lgan to’lov turini (naqd pul, pul o’tkazish, Payme(Peymi), Click (klik), mahsulot turi, to’lov turi (chakana, ulgurji) va uning asosiy parametrlari va xususiyatlari aniqlab olish mumkin. Shuningdek, pozitsiyalarni narx, yangilik yoki mashhurlik bo’yicha guruhlanadi. Bundan tashqari, sotib olishdan oldin, siz taklif qilingan barcha variantlar orasida “Bolalar badiiy asarlari” bo’limidan o’xshash takliflarni solishtirishingiz mumkin. Bizning platformamiz samarali qidirish va vaqtingizni tejash uchun barcha qulayliklarni taqdim etadi.
Agar siz o’z mahsulotlarini “Bolalar badiiy asarlari O`zbekistonda” sahifasida taklif qilmoqchi bo’lgan tadbirkor bo’lsangiz, u holda, bizning Tovar.uz internet platformamiz, siz uchun savdo qilish uchun ajoyib maydon bo’ladi. Buning uchun siz saytda bepul ro’yxatdan o’tishingiz va xaridorlarni kompaniyangiz va tijorat takliflaringiz bilan tanishtirish uchun shaxsiy sahifani tashkil qilishingiz kerak. Siz “Bolalar badiiy asarlari” bo’limiga, fotosuratlarni, batafsil tavsiflarga va potentsial xaridor siz bilan bog’lanishi mumkin bo’lgan aloqa ma’lumotiga qo’shishingiz mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, O`zbekistonda tadbirkorlar o’rtasidagi raqobatni hisobga olgan holda, “Mahsulotlar” bo’limida sizning mahsulotlaringiz haqidagi barcha ma’lumotlar eng foydali tarzda taqdim etilishi kerak (asl fotosuratlarni yuklang, jozibali tavsif yozing, batafsil tavsiflarni ko’rsating), shunda sayt tashrif buyuruvchilari “Bolalar badiiy asarlari” sarlavhasi ostida sizning taklifingizni tanlashlari kerak.
Sotuvchi “Bolalar badiiy asarlari O`zbekistonda” sarlavhasi ostida keltirilgan ma’lumotlar uchun javobgardir!
Qiziqarli malumotlar
Bolalar uchun badiiy kitoblar