Технология дарсликлари. 1-9-синфлар учун технология электрон дарсликлар
10. Ta’lim beruvchining yakunlovchi so’zi. Mashg’ulot bo’yicha xulosalar chiqarish.
“Aqliy hujum” va “Keys study” metodlarini texnologiya darslarida qo‘llash Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»
Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Oygul Olimovna Xalloqova
Ushbu maqolada muammoli ta’lim texnologiyalaridan “Aqliy xujum” va “Keys stadi” metodlari yordamida Texnologiya faninig mavzularini o‘qitishda qo‘llash namunalari keltirilgan. Avvalo, shu ikki metod bo‘yicha umumiy ma’lumotlar, yutuq va kamchiliklari o‘rganilgan. Berilgan topshiriqlar yechimlari bilan birga tahlil qilinib, dars maqsadiga erishish yo‘llari o‘rganilgan. Jarayoni o‘rganishda Ta’lim oluvchilarning aktiv qatnashganliklari tufayli mavzu xotiralarida uzoq saqlanib, faol bilim zahirasini tashkil etishi xaqida aytib o‘tilgan.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по наукам об образовании , автор научной работы — Oygul Olimovna Xalloqova
“AQLIY HUJUM” VA “KEYS STUDY” METODLARI YORDAMIDA “FUNKSIYA HOSILASI” MAVZUSINI O‘QITISH
ZAMONAVIY TA’LIM METODLARI – TA’LIM SAMARADORLIGI KAFOLATI
TA’LIM SIFATI: ISLOHOTLAR, MUAMMOLAR, YECHIMLAR VA ISTIQBOLLARI HAQIDA FIKR VA MULOHAZALAR
MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYASINING MOHIYATI
Ingliz tilini o’rgatishda loyixa ishini tashkil qilishning afzalliklari
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Текст научной работы на тему «“Aqliy hujum” va “Keys study” metodlarini texnologiya darslarida qo‘llash»
”Aqliy hujum” va “Keys study” metodlarini texnologiya
Oygul Olimovna Xalloqova Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada muammoli ta’lim texnologiyalaridan “Aqliy xujum” va “Keys stadi” metodlari yordamida Texnologiya faninig mavzularini o’qitishda qo’llash namunalari keltirilgan. Avvalo, shu ikki metod bo’yicha umumiy ma’lumotlar, yutuq va kamchiliklari o’rganilgan. Berilgan topshiriqlar yechimlari bilan birga tahlil qilinib, dars maqsadiga erishish yo’llari o’rganilgan. Jarayoni o’rganishda Ta’lim oluvchilarning aktiv qatnashganliklari tufayli mavzu xotiralarida uzoq saqlanib, faol bilim zahirasini tashkil etishi xaqida aytib o’tilgan.
Kalit so’zlar: “Keys stadi” metodi, “Aqliy hujum” metodi, muammoli ta’lim, texnologiya fani, ta’lim, ta’lim oluvchilar.
Use of Brainstorming and Case Study in Technology Lessons
Oygul Olimovna Khallokova Pedagogical Institute of Bukhara State University
Abstract: This article provides examples of problem-based learning technologies used in the teaching of Technology using the Brainstorming and Case Study methods. First of all, the general information, advantages and disadvantages of these two methods are studied. The assignments are analyzed along with the solutions, and ways to achieve the objectives of the lesson are explored. It was noted that due to the active participation of learners in the study of the process, the topic is stored in the memory for a long time and forms an active reserve of knowledge.
Keywords: Case Study, Brainstorming, Problem-Based Learning, Technology, Education, Learners.
Muammoli ta’lim – o’quvchilarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga kelish kabi ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan ta’limdir.
Asosiy yo’nalishlar quyidagilardan iborat:
Muammoli ta’limning bosh maqsadi – o’quvchilarning muammoni to’liq tushunib yetishiga erishish va ularni hal eta olishga o’rgatishdan iborat. Muammoli ta’limni amaliyotda qo’llash asosiy masalalardan biri o’rganilayotgan mavzu bilan bog’liq muammoli vaziyat yaratishdan iborat. Turli o’quv fanlari bo’yicha o’qituvchilar darslar jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilishni va ularni yechish usullarini oldindan ko’zda tutishlari kerak. Shunday muammoli texnologiyalardan biri – “Aqliy hujum”dir.
“Aqliy hujum” biror muammo bo’yicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr-mulohazalarni to’plab, ular orqali natijada ma’lum bir echimga kelinadigan metoddir. “Aqliy hujum” metodining yozma va og’zaki shakllari mavjud. Og’zaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri o’z fikrini og’zaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar o’z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar o’z javoblarini qog’oz varaqcha (kartochka)lariga qisqa va barchaga ko’rinarli tarzda yozadilar. Ta’lim oluvchilarda o’z fikrini faqat og’zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko’nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli g’oyalar shakllanishiga olib keladi.
“Aqliy hujum” metodining o’tkazilish tartibi quyidagilardan iborat:
1. Ta’lim oluvchilar e’tiboriga savol tashlanadi va ularga shu savol bo’yicha o’z javoblarini (fikr, g’oya va mulohaza) bildirishlari so’raladi.
2. Ta’lim oluvchilar savol bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirishadi.
3. Ta’lim oluvchilarning fikr-g’oyalari to’planadi.
4. Fikr-g’oyalar ma’lum belgilar bo’yicha guruhlanadi.
5. Yuqorida qo’yilgan savolga aniq va to’g’ri javob tanlab olinadi. Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
“Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qo’yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi, ya’ni:
1. Ta’lim oluvchilarning boshlang’ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo’yilganda, bu metod darsning mavzusiga kirish qismida amalga oshiriladi.
2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog’lash maqsad qilib qo’yilganda, yangi mavzuga o’tish qismida amalga oshiriladi.
3. O’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo’yilganda, mavzudan so’ng darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
“Aqliy hujum” metodini qo’llashdagi asosiy qoidalar:
• bildirilgan fikr-g’oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi;
• bildirilgan har qanday fikr-g’oya, u hatto to’g’ri bo’lmasa ham inobatga olinadi;
• jarayonda har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart.
«Aqliy hujum» metodining afzalliklari:
• natijalar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli fikr-g’oyalarning shakllanishiga olib keladi;
• ta’lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi;
• fikr-g’oyalar vizuallashtirilib boriladi;
• ta’lim oluvchilarning boshlang’ich bilimlarini tekshirib ko’rish imkoniyati ortadi;
• ta’lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg’otadi. «Aqliy hujum» metodining kamchiliklari:
• ta’lim beruvchi tomonidan savolni to’g’ri qo’ya olmaslik;
• ta’lim beruvchidan yuqori darajaga erishish qobiliyatining talab etilishi. “Aqliy hujum” metodini Texnologiya fanidan takrorlash darslarida mavzusini
o’qitish jarayonida quyidagicha amalga oshirish mumkin:
1-savol Applikatsiya nima? Javob: lotincha so’z bo’lib, yopishtirish degan ma’noni anglatadi, ya’ni bu bir material turini ikkinchisining ustiga qo’yib tikish yoki yopishtirishdir
2-savol Defekt nima? Javob: kamchilik, nuqson.
3-savol Fason nima? Javob: kiyimdagi detallar shaklini, chiziqlarini, turli bezaklarni aniqlaydigan detal shakli
4-savol Kant nima? Javob: ag’darma chokdagi bir detal ikkinchi detalga nisbatan baxyaqator zihidan surilgan joy
5-savol Maket nima? Javob: maket biror joy, narsa, bino, mashina va hokazolarning kichraytirib tayyorlangan fazoviy tasviri, nusxasi.
6-savol Material nima? Javob: material, xomashyo, narsa. Biror buyum, inshoot va hokazolarni tayyorlash uchun zarur bo’lgan ashyo.
7-savol Moda nima? Javob: ma’lum bir davrda, ma’lum muhitda kishilarning ta’biga, didiga mos bo’lgan va keng tarqalgan kiyim-kechak
8-savol Model nima? Javob: (lot. modulus – o’lchov, me’yor so’zidan – namuna, andaza, nusxa.)Biror narsa, ayollar kiyimi, mashina, bino, inshoot va hokazolarning kichraytirib yoki kattalashtirib tayyorlangan namunasi, masalan, aviamodel-samolyot yokiboshqa uchish apparatining uchadigan modeli.
9-savol Tabiiy ipak nima? Javob: ipak qurti o’raydigan ingichka ip
10-savol Yaltiroq nima? Javob: gazlama ustida namlab-isitib ishlov berish natijasida hosil bo’lgan joy
Muammoli texnologiyalardan yana birtasi – “Keys-stadi” bo’lib, (inglizcha keys – to’plam, aniq vaziyat, study -ta’lim) keysda bayon qilingan va o’quvchilarni muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini izlashga yo’naltiradigan aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan ta’lim uslubidir. Keys-stadi –
ta’lim, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qo’yilgan ta’lim maqsadini amalga oshirish va keysda bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida bashorat qilinadigan o’quv natijalariga kafolatli yetishishni vositali tarzda ta’minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat bo’lgan ta’lim texnologiyasidir [1-30]. Keysda tavsiflangan aniq vaziyat o’rganishni voqelikka bog’lab qo’yadi: sizga muammoni hal etish bo’yicha vaziyatni tahlil qilish, tahminlarni shakllantirish, muammolarni aniqlash, qo’shimcha ma’lumotni yig’ish, tahminlarni aniqlashtirish va aniq qadamlarni loyihalashtirish imkonini beradi. O’quv uslubi sifatida quyidagilarni ta’minlaydi:
• o’rganilgan o’quv mavzu, kursi bo’yicha (nazariy ta’limdan so’ng) bilimlarni mustahkamlashni;
• muammolarni tahlil qilish va qarorlarni yakka tartibda va guruhli qabul qilish ko’nikmalarini egallashni;
• ijodiy va o’rganish qobiliyatlar, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishni;
• yangilikka, qarorlarni mustaqil qabul qilishga tayyorgarlikni;
• mas’uldorlik, mustaqillik, kommunikativlik va empatiya, refleksiyaning shakllanishini; o’quv ma’lumotlarini o’zlashtirish sifatini o’z tekshirishini (o’quv dasturi yakunida).
O’quv mashg’ulotlarida keyslarni hal qilish algoritmi quyidagicha:
1. Topshiriqni berish. Doimo ijobiy javobga erishadigan murakkab mulohaza tuza olasizmi?
2. Ta’lim beruvchining kirish so’zi. Asosiy savollarning qo’yilishi – teng kuchli formulalarga doir teoremalardan foydalanib, tavtologiya bo’ladigan kamida ikkita propozitsional o’zgaruvchi qatnashgan formulani tuzish.
3. O’quvchilarni 4-6 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratish. 24 ta o’quvchi qatnashgan guruhni 4 ta 6 tadan o’quvchi qatnashgan kichik guruhga ajratamiz.
4. O’quvchilarning mikroguruhlardagi faoliyatini tashkil qilish. 4 ta teng kuchli formulalarga doir teorema taqsimlab beriladi.
5. Mikroguruhlardagi javoblar bilan tanishishini tashkil qilish.
Masalan: 6-sinf Texnologiya darslarida
Qatlama pishirish ketma-ketligini aytib bering?
Ushbu savolga o’quvchilar Qatlama pishirishni ketma-ketligini tushuntirib beradilar.
1. Un, suv va tuzni qo’shib, yaxshilab xamir qorib, yoyish mumkin bo’lgan darajada tindiriladi, tinishi uchun 15-20 daqiqa kifoya qiladi.
2. Tingan xamirni juda ham yupqa bo’lmagan qalinlikda yoyiladi.
3. Yoyilgan xamirni yarmiga, margarinni yumshoq bo’lsa qo’lda ezib, sal qattiq bo’lsa qirib surtiladi .
WWW.OPENSCIENCE.UZ 1129 | M^^WI
4.Margarin surtilgach, xamirning yuqo ridagi bo’sh qismi past qismining ustiga yopiladi
5. Margarin chiqib ketmasligi uchun ikkin chi qavatning past qismi ustiga qayriladi.
6. Endi ikki yon tarafi o’rtaga tax lanadi.
7. So’nggi bosqichda chap bo’limdagi qatlam o’ng tarafga taxlanadi, aksi ham bo’lishi mumkin.
8. Shu taxlangan xamirni yelim xaltaga solib, 20-30 daqiqaga muzlatkichda tindiriladi. Tingan xamir bosib, yana yoyiladi va xuddi shunday taxlanadi, ammo bu safar margarinsiz. Ikkinchi marta yoyib, taxlangan xamirni yana 20-30 daqiqaga muzlatkichda tindirib qo’yiladi.
9. Tingan xamir uchinchi marta yoyiladi va kesiladi. Kesish uchun xa mir yupqa bo’lmagan qalinlikda yoyilib, enini 3-4 sm dan tasma qilib kesiladi.Har bir xamir tasmani 30-40 sm uzunligida o’raymiz va bir uchini ostiga bos tirib qo’yamiz
10. O’ralgan xamirni jo’va bilan diametri 20-25 sm, qalinligi 0,5-1 sm bo’lgunga qadar yoyiladi.
11. Qizdirilgan qozonda yoki tovada atrofiga yog’ surtib, avval bir tomoni, so’ngra ikkinchi tomoni qizartirib pishiriladi. Ba’zan pishgan qatlamaning yuziga ta’bga ko’ra shakar yoki qand upasi sepiladi.
12. Pishgan qatlamalarni likopchalarga solib, dasturxonga tortiladi
6. Mikroguruhlararo munozarani tashkil qilish. Keltirib chiqarilgan formulalar tushuntiriladi va isbotlanadi. Boshqa formulalarni keltirib chiqarish usullari munozara qilinadi.
7. Ta’lim beruvchining umumlashtiruvchi so’zi, uning vaziyat yechimi to’g’risidagi fikri.
8. O’quvchilarni baholanishi.
9. O’quvchilarning mashg’ulot haqidagi fikrlari.
10. Ta’lim beruvchining yakunlovchi so’zi. Mashg’ulot bo’yicha xulosalar chiqarish.
Keyslarni hal qilishda ta’lim beruvchi o’quvchilarni yo’naltirib turishi va ulardagi faollikni qo’llashi, hal qilinayotgan muammoga nisbatan qiziqish uyg’otib turishi darkor.
Keyslardan ta’lim jarayonida foydalanish o’quvchilar shaxsida quyidagi professional-pedagogik zaruriy sifatlarni shakllantiradi:
– mustaqil, ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi;
– haqqoniy bo’lishiga o’rgatadi;
– nazariya va amaliyot o’rtasida uzviy bog’liklikni shakllantiradi;
– muammoli vaziyatni yangicha shakllantirishga yordam beradi;
– vaziyatlarni hal etishda, unga ta’sir etuvchi omillarning mavjudligi va ularning ta’sirini e’tiborga olishga imkon beradi;
– boshqalar fikrini ham qabul qila olish malakasini shakllantiradi;
– savol berish madaniyatini tarkib toptiradi;
– qabul qilingan qaror uchun mas’ullik hissini tarbiyalaydi.
Keyslarni hal qilishda quyidagilarga e’tibor berish zarur: asosiy muammoni va unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, asosiy va ikkinchi darajali omillarni ajratish, muammoni hal qilishning muqobil yechimini ham ko’rib chiqish, eng maqbul qaror qabul qilish.
1. O.O.Xalloqova. A.Sh.Rashidov. Пороговое собственное значение модели Фридрихса. “Молодой учёный” 2015 год №15, С 1-3
2. O.O.Xalloqova. Пороговый резонанс для модели Фридрихса с одномерным возмущением. “Молодой учёный” 2015 год №15, С 3-6
3. A.Sh.Rashidov Ijtimoiy-gumanitar ta’lim yo’nalishi talabalari uchun matematik fanlar bo’yicha amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish. Science and Education 2 (9), 283-291
4. A.Sh. Rashidov. Matematika fanlaridan talaba yoshlar ijodiy tafakkurini rivojlantirish. Fan va jamiyat 2 (2), 45-46
5. A. Rashidov, H. Latipov. Amaliy mashg’ulot darslarda to’liq o’zlashtirish texnologiyasini joriy etish. Pedagogik mahorat 7 (1), 117-119
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
6. A.Rashidov. Yoshlar intellektual kamolotida ijodiy tafakkur va kreativlikning o’rni. Pedagogik mahorat 7 (1), 114-116
7. А.Ш.Рашидов. Резольвента модели Фридрихса с одномерным возмущением. Науного журнал «УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА» 2018, №4-1, с 6-7
8. А.Ш.Рашидов. Математика фанидан компетенциявий ёндашувга асосланган тажриба дарсларни утказиш методикаси // Педагогик махррат. -Бухоро, 2019. – №5. – 126-128 б.
9. T.H.Rasulov, A.Sh.Rashidov. The usage of foreign experience in effective organization of teaching activities in Mathematics // International journal of scientific & technology research. – India,2020 – Vol 9. – №4. – P. 3068-3071
10. A.Sh.Rashidov. Development of creative and working with information competences of students in mathematics // European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. – London, 2020. – Vol.8. – №3. – P. 10-15
11. A.Sh.Rashidov. Use of differentiation technology in teaching mathematics // European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. – London, 2020. – Vol.8. – №7. – P. 163-167.
12. А.Ш.Рашидов. Масофавий таълим моделлари ва уларни такомиллаштириш истикболларини эксперт бахолаш усули оркали аниклаш // Педагогик махорат- Бухоро, 2020. – №2. – 163-171 б.
13. A.Sh.Rashidov. Matematika darslarida tа’limning shахsgа уо’паШг%ап tехnоlоgiyasi // Pedagogik mahorat, Maxsus son – Buxoro, 2020. – 46-52 b.
14. А.Ш.Рашидов. Замонавий таълим ва инновацион технологиялар сохасидаги илгор тажрибалар // Илм сарчашмалари. – Урганч, 2020 – №10. – 8386 б.
15. О.О. Халлокова, Э.Э.Мирзаев. Определитель возмущения для обобщенной модели Фридрихса. Молодой учёный №23 (103) декабрь-1 2015 г. c.16-19
16. О.О. Халлокова, Д.Ф. Асланова. словия существования собственных значений одной операторной матрицы 2х2. Молодой учёный №23 (103) декабрь-1 2015 г. c.13-16
17. Жураев А.Р. Метод эффективного использования технических средств обучения в организации учебного процесса в направлении «технологическое образование». Научно-методический журнал «Вестник науки и образования». Москва, 2020- г. № 19 (97). Часть 2. С 38 – 41.
18. Zhuraev A.R. Types of education and importance of ensuring the coherence of education content in terms of subject. “Science and world” International scientific journal. № 7 (35) / 2016, Russia Volgograd. Pg, 67-69.
19. Zhuraev A.R. Methods of applying virtual laboratories in teaching hydraulics and heat technology // “European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences”. -Great Britain. 2019. №7 (7). – P. 35-40.
20. Жураев А.Р. Методика применения виртуальных лабораторий в обучении предметам гидравлики и теплотехники // LXII International correspondence scientific and practical conference «International scientific review of the problems and prospects of modern science and education» (Boston. USA. September 22-23). 2019. -P. 48-50
21. Zhuraev A.R.Using Electronic Teaching Materials for Training Future Teachers // “Eastern European Scientific Journal”. Auris Kommunikations – und Verlagsgesellschaft mbH. Journal ausbage 1 – 2019. Germany. Pg, 432-435.
22. Жураев А.Р.Выбор оптимизированного содержания трудового образования и методика его обучения (5А112101-Методика трудового обучения). Ташкент – 2014 г. с 107.
23. Расулова З.Д. (2021). Талабаларнинг креативлигини ривожлантиришда масофавий таълимнинг урни. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 439-448 бетлар.
24. Rasulova Z.D. (2021). Muammoli vaziyatlar orqali talabalarning o’quv-bilim faoliyatlarini rivojlantirish. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 481-491 betlar.
25. Расулова З. (2021). Технология дарсларида интерфаол таълим технологияларидан фойдаланишнинг самарали жихдтлари. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 360-369 бетлар.
26. Rasulova Z.D. (2021). Texnologiya darslarida shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanish. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 470-480 betlar.
27. Rasulova Z.D. (2021). Elektron ta’lim resurslaridan foydalanib o’quv jarayonlarini takomillashtirish. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 449-459 betlar.
28. Расулова З.Д. (2021). Таълим жараёнида мультимедиа технологияларидан фойдаланиш. Scientific Progress. Vol. 2, Issue 6, 988-994 бетлар.
29. Rasulova Z.D. (2021). Texnologiya fani amaliy mashg’ulotlarida rolli va ishbop o’yinlardan foydalanish. Scientific Progress. Vol. 2, Issue 6, 972-979 betlar.
30. Rasulova Z.D. (2021). Hamkorlik texnologiyasiga asoslangan ta’lim jarayonini tashkil etish. Scientific Progress. Vol. 2, Issue 6, 964-971 betlar.
Технология дарсликлари. 1-9-синфлар учун технология электрон дарсликлар
1-9-синфлар учун технология фанидан дарсликларнинг электрон вариантини қабул қилинг.
Мазкур дарсликлар технология фани учун электрон дарслик ҳисобланади. Ушбу ўзбек синфлари учун мўлжалланган китоблар Халқ таълими вазирлигининг ахборот таълим порталидан olindi.
Технология фанидан электрон дарсликлар юклаб олиш
1-синфлар учун Технология дарслиги – юклаб олиш
2-синфлар учун Технология дарслиги – юклаб олиш
3-синфлар учун Технология дарслиги – юклаб олиш
4-синфлар учун Технология дарслиги – юклаб олиш
5-синфлар учун Технология дарслиги – юклаб олиш
6-синфлар учун Технология дарслиги – юклаб олиш
7-синфлар учун Технология дарслиги – юклаб олиш
8-синфлар учун Технология дарслиги – юклаб олиш
9-синфлар учун Технология дарслиги – юклаб олиш
Технология ва бошқа барча фанлардан электрон дарсликлар тўплами
Барча синфлар учун мактаб дарсликларини юклаб олишни истасангиз ушбу саҳифага ўтинг: Барча фанлардан мактаб дарсликлари 1-11-синф.
Получить электронную версию учебников по технологии для 1-9 классов.
Эти учебники представляют собой электронные учебники по техническим наукам. Учебники, предназначенные для этих узбекских классов, были взяты с информационно-образовательного портала Министерства народного образования.
Скачать электронные учебники по технологии
Учебник технологии для 1-х классов — скачать
Учебник технологии для 2 класса — скачать
Учебник технологии для 3 класса — скачать
Учебник технологии для 4 класса — скачать
Учебник технологии для 5 класса — скачать
Учебник технологии для 6 класса — скачать
Учебник технологии для 7 класса — скачать
Учебник технологии для 8 класса — скачать
Учебник технологии для 9 класса — скачать
Сборник электронных учебников по технологии и всем остальным предметам
Если вы хотите скачать школьные учебники для всех классов, перейдите на эту страницу: Школьные учебники для всех предметов 1-11 класс.
Sizni ushbu maqolalar ham qiziqtirishi mumkin:
- Бошланғич синф дарсликлари. Бошланғич синфлар учун электрон дарсликлар тўплами
- Мусиқа дарсликлари. Мусиқа фанидан 1-7-синфлар учун электрон дарсликлар
- Физика дарсликлари. 6-11-синфлар учун физика фанидан электрон дарсликлар
- Тарих дарсликлари. Тарих фанидан 5-11-синфлар учун электрон дарсликлар
- Тасвирий санъат дарсликлари. 1-7-синфлар учун тасвирий санъат фанидан электрон дарсликлар
- Ҳуқуқ дарсликлари. Ҳуқуқ фанидан 8-11-синфлар учун электрон дарсликлар
- Информатика дарсликлари. Информатика фанидан 5-11-синфлар учун электрон дарсликлар
- География дарсликлари. География фанидан 5-10-синфлар учун электрон дарсликлар
- Одобнома дарсликлари. Одобнома фанидан 1-4-синфлар учун электрон дарсликлар
- Биология дарсликлари. Биология фанидан 5-11-синфлар учун электрон дарсликлар
Qiziqarli malumotlar
Технология дарсликлари. 1-9-синфлар учун технология электрон дарсликлар